18-Mavzu. Mavzu: Yarim o'tkazgichli elektr apparatlarining xususiyatlarini ishlash prinsipi. Yarim utkazgichlarning tuzilishi va ishlash prinspini o’rganish


Download 349.41 Kb.
bet3/3
Sana03.09.2020
Hajmi349.41 Kb.
#128334
1   2   3
Bog'liq
18-Maruza Yarim utkazgichlar


Bazada chet moddalar taqsimlanishi natijasida unda asosiy bo’lmagan zaryadlarni emitterdan kollektorga o’tishiga yordam beruvchi elektr maydon bo’o\lsa, bunday tranzistor dreyfli tranzistor deyiladi. Agar bazada xususiy maydon bo’lmasa, asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar baza orqali asosan diffuziya hodisasi tufayli o’tsa, bunday tranzistor dreyfsiz tranzistor deb ataladi. 20.3 – rasmda tranzistorning chiqish tavsiflari keltirilgan. Unda ga mos kelgan tavsif K kalit osiq bo’lgan holni ifodalaydi. Tavsifdan ko’rinadiki, kollektor – bazaga qo’yilgan manfiy kuchlanish qiymati ortishi bilan tokning sezilarli darajada ortishi kuzatilmaydi.

20.3 – rasm. Umumiy baza (UB) va umumiy emmiter sxemada ulangan tranzistorning chiqish tavsiflari


Tranzistordan o’tuvchi toklarning kuchlanishga bog’liqligi statik qolt-amper tavsiflari (VAT) orqali ifodalanadi. Ular kirish va chiqish tavsiflariga ajratiladi.

Kirish tavsifi deyilganda chiqish zanjirining kuchlanishi o’zgarmas saqlangan holda, kirish zaejiridagi tokning kirish kuchlanishiga bog’livlik grafigi tushuniladi. Masalan, umumiy emitter sxemasida . CHiqish tavsifi deyilganda kirish zangjiridagi tok o’zgarmas bo’lganda, chiqish tokining chiqish kuchlanishiga bog’liqligi tushuniladi. Masalan, umumiy emitter sxemada .

Umumiy baza va umumiy emitter sxemaning kirish VAT i 20.4 – rasmda keltirilgan. Tavsifdan ko’rinib turibdiki, tavsiflar diodnikiga o’xshash ko’rinishga ega.



20.4 – rasmda umumiy baza va umumiy emitter sxemalar bo’yicha ulangan tranzistorlarning chiqish tavsiflari keltirilgan. Umumiy baza sxemada, umumiy emitternikiga qaraganda kollektor toki kollektor kuchlanishiga kuchsiz bog’langan. Umumiy emitter sxemada kollektor tokining keskin ortishi umumiy bazanikiga nisbatan kichik kollektor kuchlanishida ro’y beradi.

20.5 – rasm. Tranzistorlarning chiqish tavsiflari:



a – umumiy baza va b – umumiy emitter sxemalarida
Tranzistordan kuchaytirgich sifatida foydalanilganda, ummiy emitterli sxemada signalni kuchlanish bo’yicha 10 – 200 marta kuchaytirish mumkin. SHu sababli umumiy emitterli sxema boshqalarga nisbatan ko’proq qo’llaniladi. Lekin umumiy emitterli sxemada kirish qarshiligi 500 – 1000 Om, chiqish qarshiligi 2 – 20 kOm atrofida bo’ladi. Umumiy kollektorli sxemada kuchlanish bo’yicha kuchaytirish bir atrofida, tok bo’yicha kuchlanish umumiy emitterliniki bilan bir xil. Umumiy bazali sxemada tok bo’yicha bir atrofida, kuchlanish umumiy emitterli niki kabi bo’ladi. Kirish qarshiliga bu sxemada juda kichik, 10 – 200 Om atrofida bo’lganligidan ko’pincha elektr signallarni generatsiyalash va shunga o’xshash qurilmalarda ishlatiladi.


Download 349.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling