18-Mavzu. Namatak suyuq ekstraktini sifatini baholash, qadoqlash va o„rash Maqsad
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4. Namatak suyuq ekstraktini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar.
- Laboratoriya mashg„ulotining mavzusini yoritishda “Men senga, sen menga” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.
- TSH 9168- 035 -05783969- 05 Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar
- 2. Sifati va xavfsizligiga bo„lgan talablar
- O’qituvchi 1-talaba savol
- 4-talaba javob: 5-talaba savol: 6-talaba javob
- Ko„rsatkich nomi Ko„rsatkich
- Ko„rsatkich nomi Ko„rsatkich qiymati
- Modda nomi (element nomi) Uning miqdorining yo„l qo„yilgan darajasi, Bk/kg, mg/kg, ko„p emas
- 5. Qabul qilish shartlari
18-Mavzu. Namatak suyuq ekstraktini sifatini baholash, qadoqlash va o„rash Maqsad. Suyuq ekstraktlarhaqida umumiy tushunchaga ega bo„lish. Eritmalarnisifatini baholash, qadoqlash va o„rash borasidagi masalalarni xal etish. Mavzuning ahamiyati. Maxalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan suyuq ekstraktlar tayyorlash uchun zarur bo„lgan xom ashyosining sifatini to„g„ri baholay olish, undan tayyorlangan TDVlarining sifati, turg„unligi va biosamaradorligini ta‟minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Vaziyatli masalalar. 1.Tayyorlangan suyuq ekstrakt tarkibidagi spirtning quvvati ko‟p. 2.Suyuq ekstrakt tarkibidagi og„ir metall tuzlari kam. 3.50% li spirtda tayyorlangan suyuq ekstrakt tarkibidagi spirtni quvvatini aniqlash uchun 60 ml suyuq ekstrakt olindi.
1.Suyuq ekstrakt tarkibidagi spirtni quvvatini aniqlash usuli. 2.Quruq qoldiqni aniqlash mohiyati. 3.Suyuq ekstrakt tarkibidagi spirtni quvvatini aniqlash usuli. 4.Piknometr yordamida distillyat zichligini aniqlash. 5.Na‟matak suyuq ekstrakti taxirlik darajasini aniqlash.
Ekstraktlarda (suyuq, quyuq va quruq) “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko„rsatkichlari o„rganilishi kerak: 1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari 2. Xalqaro patentlanmagan nomi 3. Tarkibi 4. Tavsifi 5. Chinligi 6. Og„ir metallar 7. Miqdoriy tahlili 8. Spirt miqdori yoki zichligi (suyuq ekstraktlar uchun) 9. Quruq qoldiq 10. Quritish jarayonidagi yo„qotish (quyuq va quruq ekstraktlar uchun) 11. Qadoqni to„ldirish me‟yori 12. O„rtacha og„irlik (dozalarga bo„lingan ekstraktlarda) 13. Granulometrik tarkib (quruq ekstraktlarda) 14. Mikrobiologik tozaligi 15. O‟rami, 16. Yorliqlash, 17. Saqlash 17. Asosiy farmakoterapevtik guruhi
Agar suyuq ekstrakt 20% gacha bo„lgan spirtda tayyorlangan bo„lsa tekshirish uchun 75 ml, agar 20% dan 50% gacha bo„lgan spirtda tayyorlangan bo„lsa 50 ml, agar 50% va undan yuqori bo„lgan spirtda tayyorlangan bo„lsa 25 ml suyuq ekstrakt xaydash usuli bo„yicha spirt quvvatini aniqlash uchun namuna sifatida olinadi. Hajmi 200-250 ml bo„lgan yassi shaklli kolbaga aniq o„lchab olingan miqdordagi frangula suyuq ekstrakti solinib (25 ml), 75 ml bo„lgunga qadar tozalangan suv solinadi.
Idishdagi ekstraktni bir me‟yorda qaynashini ta‟minlash maqsadida unga chinni yoki shisha bo„laklari solinadi. Agar ekstrakt qaynaganda ko„piradigan bo„lsa, unga 2-3 ml fosfor yoki sulfat kislota, 2-3 g kalsiy xlorid, parafin yoki mum qo„shiladi. Ekstrakt solingan idishning og„zi maxkam yopilib, shisha naylar yordamida sovutgich va xaydalgan spirt yig„iladigan idish bilan ulanadi. Xaydalgan spirt yig„iladigan idish sifatida 50 ml li o„lchov kolbasidan foydalaniladi va u o„z navbatida sovuq suv solingan idishga botirib qo„yiladi. So„ngra preparat solingan idish toshpaxtali to„r ustiga qo„yib qizdiriladi. Bunda preparatdagi spirt va suv bug„i sovutgichga o„tib, suyuqlikka aylanadi va o„lchov kolbasida 48 ml bo„lguncha yig„iladi. Olingan suyuqlikning harorati tekshiriladi, agar kerak bo„lsa 200S ga etkaziladi va 50 ml ga etguncha suv qo„shiladi. Keyin xaydab olingan suyuqlikning zichligi piknometr yordamida aniqlaniladi. Buning uchun toza, quruq piknometr 0,0002 g aniqlikda tortib olinib, belgisigacha tozalangan suv quyiladi. Qopqog„i berkitilib, 20 daqiqa 200S li termostatda saqlanadi. So„ng piknometr termostatdan olinib, analitik tarozida 10 daqiqa qoldiriladi va 0,0002 g aniqlikda tortiladi. Keyin piknometrdagi suv to„kib tashlanadi va spirt-efir aralashmasi bilan chayiladi. Piknometrdagi efir qoldig„i havo puflash bilan yo„qotiladi. Quritilgan piknometr tekshirilayotgan suyuqlik bilan belgisigacha to„ldiriladi va suv bilan bajarilgan jarayon takrorlanadi. Zichlik ( 20) quyidagi tenglama yordamida xisoblanadi:
Bu erda m - bo„sh piknometrning massasi, g. m1 - suv solingan piknometrning massasi, g. m2 - piknometrni suyuqlik bilan massasi, g. 0,0012 - 760 mm simob ustuniga teng bo„lgan bosimda, 20oS haroratdagi havoning zichligi. 0,99703 - 200S haroratdagi xavo zichligi xisobga olingan suvning zichligi. Topilgan natija orqali XI DF ning birinchi alkogolometrik jadvali yordamida spirtning hajmiy foizi topiladi. So„ng quyidagi tenglama yordamida preparatdagi spirt miqdori topiladi:
bu erda x - preparatdagi spirtning hajmiy foiz miqdori, 50- xaydab olingan suyuqlik miqdori, ml.
a - distillyatdagi spirtning xajmiy foiz miqdori. v - tekshirish uchun olingan suyuq ekstrakt miqdori, ml Eslatma. Preparat tarkibida uchuvchi moddalar bo„lsa, u oldindan qayta ishlanadi. Masalan, agar preparatda efir moyi bo„lsa, u teng hajmda olingan to„yingan natriy xlorid va petroleyn efiri aralashmasi bilan chayqatiladi. Agar ekstraktda uchuvchi kislotalar bo„lsa, ishqor eritmasi bilan neytrallanadi, uchuvchi asoslar bo„lsa, fosfor yoki sulfat kislota bilan ishlov berilib, so„ngra xaydaladi Tekshirish uchun toza va quruq pipetkada 5 ml ajratma olinib, u balandligi 2-3 sm, diametri 5-6 sm li tortilgan byuksga solinadi. Ajratma suv xammomida bug„latiladi va quritgich javonida 2 soat mobaynida 102,5-2,5oS da quritiladi, so„ng 30 daqiqa eksikatorda sovutiladi va yana tortiladi. Quruq qoldiq og„irlik-hajm foizda ifodalanadi 5 ml tekshiriluvchi ajratma tigelda quriguncha bug„latiladi. Quruq qoldiqqa 1 ml konsentrlangan sulfat kislota qo„shib, ehtiyotlik bilan kuydiriladi. Bu qoldiqqa issiq turgan xolda 5 ml to„yingan ammoniy atsetat eritmasi qo„shiladi va kul qoldirmaydigan filtr orqali suziladi, filtr 5 ml suv bilan yuviladi va 100 ml ga etkaziladi. Bu eritmaning 10 ml ga 1 ml suyultirilgan sirka kislotasi, 1-2 tomchi natriy sulfid qo„shib, chayqatiladi va 1 daqiqadan so„ng andoza eritma bilan solishtiriladi. Bunda qo„rg„oshin tuzining ko„p kamligiga qarab natriy sulfid bilan qora cho„kma yoki qo„ng„ir rang xosil bo„ladi. Rangni kuzatish diametri 1,5 sm li probirkada olib 0012 ,
) ( 99703 , 0 ) ( 1 2 20 m m m m
а Х 50 boriladi. Tekshiriladigan eritmada xosil bo„lgan rang andoza rangidan toza bo„lmasligi kerak. Andoza eritma 6-8 sm qalinlikdagi qavatdan qaralganda qo„ng„ir rang kuzatiladi. Ajratmalardagi og„ir metallar miqdori 0,001% dan ortiq bo„lmasligi kerak.
Laboratoriya mashg„ulotining mavzusini yoritishda “Men senga, sen menga” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi. 1-Labortoriya ishi Namatak suyuq ekstrakti (polufabrikat) Texnik shart TSH 9168- 035 -05783969- 05 Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar: 1.Organik ertuvchi 2.Tarozi 3.Vlagamer 4.Kaliy permanganate 5.O‟lchov ko‟lbasi
Mazkur texnik shartlar na‟matak mevalarini issiq suvda ekstraksiyalash va ekstraktni bug„lash orqali olingan suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) ga nisbatan amal qiladi. Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) siroplar, quruq ichimliklar ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Mahsulotga buyurtma berish va (yoki) boshqa hujjatlarda qayd etish misoli: “Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot). TU 9168-035-05783969-05)”.
a. Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) ushbu texnik shartlarning talablariga muvofiq bo„lishi va belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik yo„riqnoma va retseptura bo„yicha, amaldagi sanitar me‟yor va qoidalarga rioya qilingan holda tayyorlanishi lozim. b. Tavsifi
ko’rsaygichlari javob:
javob:Spirt miqdori yoki zichligi savol: Suyuq ekstraktlarni tayyorlash usullari 3-talaba savol: 4-talaba javob: 5-talaba savol: 6-talaba javob: Organoleptik ko„rsatkichlari bo„yicha suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) 1 jadvalda ko„rsatilgan talablarga muvofiq bo„lishi zarur. Jadval 1
Tashqi ko„rinishi SHaffof bo„lmagan suyuqlik, cho„kindi va suspenziya bo„lishi mumkin Hidi, ta‟mi Hidi o„ziga hos, ta‟mi na‟matak sharbati kabi Rangi
To„q qo„ng„ir O„zining fizik-kimyoviy ko„rsatkichlari bo„yicha suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) 2 jadvalda ko„rsatilgan talablarga muvofiq bo„lishi kerak. Jadval 2 Ko„rsatkich nomi Ko„rsatkich qiymati Eruvchan quruq moddalarning umumiy ulushi, % dan kam emas 25
Organik kislotalarning umumiy ulushi (olma kislotasiga nisbatan hisoblanganda), % dan kam emas
2,5 Zichligi, g/sm3 1,08-1,20 CHinligi Flavonoidlar Pushti rang Katexinlar Qizil-malinali rang Taninga nisbatan hisoblanganda katexinlarning umumiy ulushi, % dan kam emas 4,3
Mikrobiologik ko„rsatkichlariga ko„ra suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) 3 javdalda ko„rsatilgan SanPiN 2.3.2.1078-01 (indeks 1.6.5.8.) talablariga muvofiq bo„lishi lozim. Jadval 3
Mezofil
aerobli va
fakultativ-anaerobli mikroorganizmlar miqdori, KOE/g, dan kam emas
3
Modda massasi (g, sm3), quyidagilar bo„lmasligi shart BGKP (koliformlar) 1,0 Patogenlar, shu jumladan salmonellalar 25 Achitqi, KOE/g, dan ko„p emas 2 * 10 3
Mog„orlar, KOE/g dan ko„p emas 5 * 10
2
Zaharli elementlar miqdori bo„yicha suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) 3 javdalda ko„rsatilgan SanPiN 2.3.2.1078-01 (indeks 1.6.5.) talablariga muvofiq bo„lishi zarur. Jadval 4 Modda nomi (element nomi) Uning miqdorining yo„l qo„yilgan darajasi, Bk/kg, mg/kg, ko„p emas
Zaharli elementlar Qo„rg„oshin 0,4 Margimush 0,2 Kadmiy
0,03 simob
0,02 Pestitsidlar Geksaxlorsiklogeksan (α, β, γ – izomerlar)
0,05
DDT va uning metabolitlari 0,1
radionuklidlar Seziy-137 1200
Stronsiy-90 240
Xom ashyoga bo„lgan talab. Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) ni tayyorlash uchun quyidagi xom ashyo va materiallar qo„llaniladi: na‟matak mevalari GF XI bo„yicha, 2 chiq., 38 modda; ichimlik suvi GOST R 51232 bo„yicha, SanPiN 2.1.4.1074-01. Qo„llaniladigan xom ashyoning nazorat qilinishi amaldagi me‟yoriy hujjatlarga muvofiq korxona SNB tomonidan amalga oshiriladi.
Mahsulotni tavsiflovchi markirovka etiketlarga hidga ega bo„lmagan, zararsiz bo„yoq bilan belgilanadi. Etiketkada quyidagilar ko„rsatiladi: - ishlab chiqaruvchi nomi, joylashgan manzili; - ishlab chiqaruvchining tovar belgisi; - mahsulot nomi; - netto vazni; - partiya raqami; - ishlab chiqarilgan sana; - yaroqlilik muddati; - saqlash sharoitlari; - amaldagi TU belgilari Birkada qadoqlovchining familiya va raqami, netto vazni va transport idishining vazni ko„rsatiladi.
Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) mahsulotning tashilishi va saqlanishi vaqtida uning siqati va xavfsizligini ta‟minlovchi qadoq materiallari va qadoqlash usullariga nisbatan qo„yilgan talablarga javob berishi lozim. Qadoqlashda qo„llaniladigan materiallar Rossiya Federatsiyasining davlat sanitar- epidemiologiya xizmati organlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo„llanilishga ruhsat etilgan va xavfsizlik bo„yicha tegishli hujjatlarga ega bo„lishi kerak. Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) plietilen qopchalar solingan GOST 5037 bo„yicha metall flyagalarga 30 kg dan quyiladi. Flyagalar umumiy hajmiga nisbatan 95% ga to„ldiriladi. Nominal miqdordan yo„l qo„yilgan salbiy og„ishlar GOST R 8.579 bo„yicha 1% dan ko„p emas.
To„ldirilgan flyagalar plombalanadi, birka qotiriladi va GOST 7625 bo„yicha etiketka qog„ozi yoki GOST 18510 yozuv qog„ozidan tayyorlangan etiketka yopishtiriladi. Idish toza, quruq, begona hidsiz bo„lishi zarur.
Qabul qilish shartlari – GOST 26313 bo„yicha. Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) topshirish va qabul qilish uchun partiyalab taqdim qilinadi. Partiya bo„lib bir xil ishlab chiqarish sharoitlarida ishlab chiqarilgan, bir xil qadoqlangan, tayyorlanish sanasi bir xil bo„lgan, bitta texnologik siklda tayyorlangan, bir xil vazn nettoga ega bo„lgan, bir vaqtda topshirish va qabul qilish uchun mo„ljallangan va sifat va xavfsizlik to„g„risidagi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan bir turdagi (nomdagi) oziq-ovqat mahsulotining istalgan miqdori hisoblanadi. Ishlab chiqarish nazoratining tartibi va davriyligi: - sifatning organoleptik, fizik-kimyoviy va mikrobiologik ko„rsatkichlarini tekshirish mahsulotning har bir partiyasi uchun amalga oshiriladi; - zaharli elementlar, pestitsidlar va radionuklidlarning miqdorini tekshirish har chorakda kamida bir marta o„tkaziladi; Qabul qilish vaqtida qoniqarli natijalar olinsa har bir mahsulot partiyasi uchun tahlil bayonnomasi tuziladi. Tahlil bayonnomasi asosida har bir mahsulot partiyasi uchun sifat va xavfsizlik guvohnomasi rasmiylashtiriladi. Sifat va xavfsizlik guvohnomasi quyidagilardan iborat: - sifat to„g„risidagi hujjatning raqami va uning manzili; - tayyorlanish sanasi; - mahsulot nomi; - partiya hajmi; - partiya raqami; - mahsulot sifatining ushbu texnik shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi o„tkazilgan tahlil natijalari; - yaroqlilik muddati; - mazkur texnik shartlarining belgisi; - SNB vakilining muhri va imzosi. Nazorat natijalari qo„yilgan talablarga muvofiq bo„lsa ushbu partiya qabul qilinadi. Sifat va xavfsizlik guvohnomasining asli mahsulotning yaroqlilik muddati tugagandan so„ng 30 kun mobaynida ishlab chiqaruvchi korxonada saqlanadi.
Namunalarni olish – GOST 26313 bo„yicha amalga oshiriladi. Namunalarni tayyorlash – GOST 26671 bo„yicha amalga oshiriladi. Eruvchan qurq moddalarning umumiy ulushini aniqlash GF XI, chiq. 2, s 160 bo„yicha amalga oshiriladi. Organik kislotalarning umumiy ulushini aniqlash (olma kislotasiga hisoblaganda) – GOST 25555.0 bo„yicha amalga oshiriladi. Zichlikni aniqlash GF XI, chiq. 1, s 24 bo„yicha amalga oshiriladi. Haqiqiyligi. Preparatning 0,5 g miqdori 5 sm 3 miqdordagi suvda eritiladi, sig„imi 100 sm 3 taqsimlovchi voronkaga o„tkaziladi, 10 sm 3 etilatsetat qo„shiladi va 2-3 daqiqa davomida chayqatiladi. Qavatlangandan so„ng etilatsetatning yuqori qavati bug„lash idishiga qo„yiladi va suv hammomida quruq bo„lganga qadar bug„lantiriladi. Qoldig„ini 2 sm 3 etil spirtida eritiladi, 1 sm 3
quyuq xlorid kislotasi va 0,5 g magniy qirindisi qo„shiladi, asta-sekin pushti rang (flavonoidlar) paydo bo„ladi. 0,1 g preparat bug„lash dishiga solinadi, 1 sm 3 suv qo„shiladi, aralashtiriladi, 1 sm 3
miqdorida quyuq xlorid kislotasida 2% vanilin eritmasi qo„shiladi. Qizil malinali rang (katexinlar) paydo bo„ladi. Katexinlarning umumiy ulushini aniqlash. Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot)ning 2,5 g miqdori (aniq tortilgan) sig„imi 100 ml bo„lgan o„lchov kolbasiga solinadi, suv bilan ko„rsatkichgacha etkaziladi va aralashtiriladi. Olingan 10 ml suyuqlik sig„imi 250 ml konussimon klbaga solinadi, qo„shimcha 50 ml suv va 5 ml indigosulfokislota eritmasi quyiladi va 0,1 M kaliy permanganat eritmasi bilan tilla-sariq rangga aylanganiga qadar titrlang. 0,1 M kaliy permanganat eritmasining 1 ml miqdoriga taninga hisoblangan quyuq oshlovchi moddalar (katexinlar)ning 0,00582 g to„g„ri keladi. SHu bilan bir vaqtda 60 ml suvda indigosulfokislotaning 5 ml miqdori titrlagan holda nazorat tajribasi o„tkaziladi. Taninda hisoblangan katexinlarning umumiy ulushi (X), foizlarda, quyidagi formula orqali hisoblanadi:
( )
Bu erda, V – sinalayotgan eritmani titrlash uchun ishlatilgan kaliy permanganat 0,1 M eritmasining hajmi, ml; V 1 – nazorat tajribasini titrlash uchun ishlatilgan kaliy permanganat 0,1 M eritmasining hajmi, ml; 0,00582 – taninga hisoblaganda koeffitsienti; m – namunaning vazni, grammda; taninga hisoblanganda katexinlarning umumiy ulushi 4,3% dan kam bo„lmasligi lozim. Izoh. Indigosulfokislota eritmasini tayyorlash. 1 g indigokarmin 25 ml quyultirilgan xlorid kislotada eritiladi, so„ngra yana 25 ml quyultirilgan xlorid kislotasi qo„shiladi, 1 l gacha miqdordagi distillangan suvda aralashtiriladi (eritma suvga ehtiyotkorlik bilan quyiladi). Mikrobiologik ko„rsatkichlarni aniqlash – GOST 26668, GOST 26669, GOST R 50474, GOST R 50480, GOST 10444.12, GOST 1044.15 bo„yicha. Zaharli elementlar, pestitsidlar va radionuklidlarni aniqlash GOST 26927, GOST R 30178, GOST R 51301, GOST 26929, GOST 26933, GOST 26930, GOST 26932, GOST 30349, MUK 2.6.1.717-98 bo„yicha. Ko„rsatkichlarning hattoki bittasi bo„yicha qoniqarsiz tahlil natijalari olingan taqdirda, huddi shu partiyadan olingan ikki baravar namunaning takroriy tahlili o„tkaziladi.
Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) zich yopilgan sig„imlarda + 25 ℃ dan yuqori bo„lmagan haroratda saqlanadi. YAroqlilik muddati – 48 soat. ILOVA
(majburiy) Havola hujjatlarning RO„YHATI
GOST R 8.579-2002
GOST R 30178-96
GOST R 50474-93
GOST R 50480-93
GOST R 51232-98
Ishlab chiqarilishi, joylanishi, sotilishi va import qilinishida istalgan turdagi qadoqlargan joylangan tovarlarning miqdoriga qo„yilgan talablar. Oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyo. Zaharli elementlarni aniqlashning atom-absorbsiyali usuli.
Oziq-ovqat mahsulotlari. Ichak tayoqchalari guruhiga kiruvchi bakteriyalar (koliformli bakteriyalar)ning miqdorini aniqlash usuli.
Meva va sabzavotlarni qayta ishlash mahsulotlari. Qabul qilish shartlari, namunalarni olish usullari.
Ichimlik suvi. Nazoratni tashkil qilish va uning usullariga bo„lgan talablar.
Oziq-ovqat mahsulotlari va
xom-ashyosi. Zaharli
elementlarning miqdorini aniqlashning inversiyali- voltampermetrik usullari (kadmiy, qo„rg„oshin, mis va rux).
Sut va sut mahsulotlari uchun mo„ljallangan metall flyaga. Texnik shartlar.
Etiketka qog„ozi. Texnik shartlar
GOST 5037-97
GOST 7625-86
GOST 10444.12-88
GOST 10444.15-94
GOST 18510-87 GOST 25555.0-82
GOST 26313-84
GOST 26668-85
GOST 26669-85
GOST 26671-85
GOST 26927-86
GOST 26930-86
Oziq-ovqat mahsulotlari. Achitqi
va mog„orli zamburug„larni aniqlash usullari.
Oziq-ovqat mahsulotlari. Mezofil aerobli va fakultativ- anaerobli mikroorganizmlar miqdorini aniqlash usullari.
YOzuv qog„ozi. Texnik shartlar Meva va sabzavotlarni qayta ishlash mahsulotlari. Titrlangan kislotalikni aniqlash usullari
Meva va sabzavotlarni qayta ishlash mahsulotlari. Namunalarni olish usullari, qabul qilish shartlari
Oziq-ovqat va ta‟m beruvchi mahsulotlar. Mikrobiologik tahlillar uchun namunalarni olish usullari.
Oziq-ovqat va ta‟m beruvchi mahsulotlar. Mikrobiologik tahlillar uchun namunalarni tayyorlash.
Meva va sabzavotlarni qayta ishlash mahsulotlari, go„sht va go„sht-o„simlik konservalari. Laboratoriya tahlillari uchun namunalarni tayyorlash
Xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari. Simobni aniqlash usullari
Xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari. Namunalarni tayyorlash. Zaharli
elementlarni aniqlash uchun minerallashtirish. Xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari. Margimushni aniqlash usullari
Xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari. Qo„rg„oshinni aniqlash usullari
Xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari. Kadmiyni aniqlash usullari
Meva, sabzavot va ularni qayta ishlash mahsulotlari. Xlororganik pestitsidlarning qoldiq miqdorini aniqlash usullari.
Radiatsiya nazorati. Sr 90 va Cs137. Oziq-ovqat mahsulotlari. Namunalarni tanlash, tahlil qilish va gigienik baholash. Uslubiy ko„rsatmlar.
Ichimlik suvi. Markazlashtirilgan tizimli suv
ta‟minotidagi suv sifatiga nisbatan qo„yilgan gigienik talablar. Sifat nazorati.
GOST 26933-86
GOST 30349-96 MUK 2.6.1.717-98
SanPin 2.3.2 1078-01
GF XI
Oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlari. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va ozuqaviy quvvatiga nisbatan gigienik talablar.
Davlat farmakopeyasi XI nashr
Testlar 1.Quruq ekstraktlar necha % namlik saqlaydi? A.5% B.10%
S.25% D.50%
2. Farmasevtik eritmalarda standartizatsiyasida boshqa dori vositalarida yo‟q ko‟rsatkichlari A.Zichlik , qovushqoqlik B.Miqdor , chinlik S.Zichlik , miqdor D.rn, zaharliligi 3.Na‟matak suyuq ekstraktining zichligi A.7242-21 g/sm 3
3
S.8245-61 g/sm 3
D.2196-78 g/sm 3
4.Suyuq dori vositalarini flakonlarga quyuvchi asbobni ko‟rsating? A.MKS -43 B.NPQ-21 S.KNS-20 DPKS – 12 5. Suyuq ekstarktlarni qopqoqlovchi asbobni ko‟rsating? AKNS – 20 B.PKS -12 S.RST -13 D.NMO-41 6.Ekstrakt ko‟pirishini oldini olish uchun qaysi moddalar qo‟shiladi A.Ilon zaxri B.Asal
S.Mum S.Sirka 7.Na‟matak suyuq ekstrakti tarkibiga kiruvchi zaxarliy elementlar A.Oltingugurt va simob B. Temir va rux S.Qo‟rg‟oshin va margumush D. Qo‟rg‟oshin va oltingugurt
8. Yoriqlarni yopishtiruvchi avtamat rusumi A.F -500 B.NN-350 S. PL – 500 D.T-230 9. Na‟matak suyuq ekstraktini yaroqlilik muddati A. 48 soat B.72 soat S. 96 soat D.102 soat 10. Na‟matak suyuq ekstrakti- A.Oraliq maxsulot B.Spirtliy eritma S.Suvliy eritma D.Farmasevtik eritma Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling