18-mavzu. Omborlashtirish logistikasining asosiy vazifalari va funksiyasi
Download 43.75 Kb.
|
1 2
Bog'liq18-Amaliy mashg\'ulot — копия (3)
18-MAVZU. OMBORLASHTIRISH LOGISTIKASINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYASI Taʼkidlash joizki, omborlashtirish logistikasi omborni boshqarish bilan emas, balki ombor orqali oʻtuvchi tovar oqimlarini boshqarish bilan shugʻullanadi. Omborlashtirish logistikasidagi asosiy strategik masalasi - bu ombor tarmogʻini shakllantirish. Rejalashtirishning ushbu bosqichida korxona ham yuk oqimini so`nggi iste’molchigacha olib borish bilan bog`liq bo`lgan minimal xarajatlarni, ham har bir mijozga o`z darajasi uchun muhim bo`lgan kafolatlangan xizmat ko`rsatishni ta’minlay oladigan optimal logistik tizimni amalda joriy etadi. Bu bosqichni makroloyihalashtirish bosqichi deb ham atasa bo`ladi. Ombor tarmog`ini shakllantirish strategiyasi quyidagi asosiy masalalarni hal qilishni talab etadi: - zahiralarni omborlashtirish strategiyasining tanlovi omborga egalik qilish shakllarining tanlovi bilan bog`liq; - mijozlarni uzluksiz ta’minlashda butun hudud bo`ylab xizmat ko`rsatishni ta’minlaydigan omborlar sonini aniqlash; - hududdagi omborlar tarmog`ini joylashtirish va har bir omborning konkret o`rnini ko`rsatish; - omborlar tarmog`idagi omborlar ta’minoti shaklini tanlash (markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan). Omborlashtirish logistikasining ikkinchi muammosi ombor xo`jaligi va infratuzilmaning shakllanishi bilan bog`langan. Bu bosqichda o`z ichiga ombor hududlarining tuzilmasi, bosh rejasi va ularning katta hajmdagi rejalashtirilgan yechimlarining ishlanmasini oluvchi mikroloyihalashtirish masalalari hal qilinadi. Quyidagilar ombor xo`jaligining samarali ishlashi kafolati bo`lib xizmat qiladi: - omborlar bosh rejasi sxemasini ishlab chiqish, - ombor shaklini to`g`ri tanlash (bino yoki inshoot-qurilma); - firmaning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda omborning boshlang`ich holatiga qaytarish quvvatini hisoblash; - omborlashtirish tizimining omborlarni joriy etishga bo`lgan umumiy xarajatlarni minimallashtrish sharoitida ombor quvvatidan maksimal foydalanish ta’minlaydigan optimal tanlovi. Ombordagi logistik jarayonlarni boshqarish omborlashtirish logistikasi miqyosida alohida masala hisoblanib, uning yechimi: - ombordagi logistik jarayonlar boshqaruvini ta’minlash; - mahsulotni ombor orqali o`tishini ta’minlaydigan yondosh xizmat ko`rsatish bo`linma (xaridlar, marketing, sotuvlar bo`limi va hokazo) lari bilan muvofiqlashtirish; - ombordagi yuklar qayta ishlovini tashkil qilish bilan bog`langan. Tovar ishlab chiqaruvchi korxona logistik tizimidagi xomashyo manbasidan so`nggi iste’molchigacha bo`lgan moddiy oqim har biri muayyan ko`rinishdagi omborlarning mavjudligi bila tavsiflanadigan logistikaning uch funksional sohasidan o`tadi. Birinchisi, ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan ta’minlash sohasi: moddiy resurslar omborlari (xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar, yordamchi materiallar va hokazo). Ikkinchisi, vazifasi korxona ichidagi texnologik ishlab chiqarish siklining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo`lgan ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash sohasi: moddiy resurslar, asbob-uskunalar, tugallanmagan ishlab chiqarish (oraliq mahsulot), qoldiq mahsulotlar va chiqindilar omborlari hamda tayyor mahsulot omborlari. Uchinchisi, tayyor mahsulotni taqsimlash sohasi: tayyor mahsulot omborlari (taqsimlash-ishlab chiqarish omborlari, ulgurji korxonalar omborlari va hokazo). Ko`p holatlarda logistika faoliyati sohasi omborlarda boshlanib omborlarda tugaydi. Ombor bir vaqtning o`zida ham bu sohalarning chegarasi ham logistika tizimi bo`g`inlari orasidagi moddiy oqimlar harakatining bog`lovchi elementi hisoblanadi. Ombor tizimini shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni ularning yechilishi ketma-ketligi tartibida ajratib chiqish mumkin: - omborga egalik qilish shaklini aniqlash; - omborlar sonini aniqlash va ombor tarmog`ini joylashtirish; - ombor turadigan joyni aniqlash; - ombor kattaligi va turini aniqlash; - omborlashtirish tizimini ishlab chiqish; - ombordagi logistik jarayonni ishlab chiqish. Logistik tizimda omborlardan foydalanishning asosiy sabablari deb quyidagilarni sanash mumkin: - ta’minlash va taqsimlashda talab va taklifni (mahsulotning mavsumiy va xavfsizlik zahiralarini joriy etish hisobiga) tenglashtirish va muvofiqlashtirish; - tashishdagi logistik xarajatlarni (yetkazib berishning optimal partiyalarini shakllantirish hisobiga) kamaytirish; - iste’molchi talablarini maksimal qondirish; - sotuvning faol strategiyasi uchun sharoit qilib berish; - bozor geografiyasini kengaytirish; - so`nggi iste’molchini uzluksiz ta’minlash va ularda tovar zahirasini tashkil etish; - xizmat ko`rsatishning egiluvchan siyosati, xususan mustaqil talabga ega bo`lgan tizimlarda. Bu jihatlarni omborlashtirish ustunliklarini jo`natmalarni konsolidatsiyalashtirilgan (birlashtirilgan yoki yiriklashtirilgan) holatida tavsiflovchi quyidagi misolda aniqlashtiramiz. Mahsulot ishlab chiqaruvchi A, B, C, D, to`rtta firma bor deb, faraz qilamiz. Ularning mahsulotini mijozlarga ikki xil variantda: - omborlashtirishsiz; - va mahsulotlarni biron-bir taqsimlash markazida omborlashtirib (konsolidatsiyalashtirilgan holatda) taqsimlashda xarajatlar o`zgarishini tahlil qilamiz. Boshlang`ich ma’lumotlar va taqsimlashdagi logistik xarajatlarning taqqoslangan hisoblari natijalari 18.1-jadvalda keltirilgan. 18.1-jadval Omborlashtirishdagi potensial xarajatlarning kamayishi namunasi
Download 43.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling