18-mavzu. Omborlashtirish logistikasining asosiy vazifalari va funksiyasi


Download 43.75 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi43.75 Kb.
#1402173
1   2
Bog'liq
18-Amaliy mashg\'ulot — копия (3)

Jami

40000

-

966




II variant: omborlashtirilgan holatda

Ishlab chiqaruvchi firmalar

Jo`natma og`irligi (kg)

Taqsimlash markazigacha tashish tarifi (doll./100 kg)

Taqsimlash markazigacha bo`lgan umumiy xarajatlar (doll.)

Omborlashtirish (yiriklashtirish) xarajatlari, doll.

Taqsimlash markazidan iste’molchigacha tashish tarifi (doll./100 kg)

Taqsimlash markazidan iste’molchilargacha tashishda umumiy xarajatlar (doll.)

Umumiy logistik xarajatlar (doll.)

1

2

3

4 = [2] x [3]

5

6

7 = [2] x [6]

8 = [4] + [5] + [7]

A
B
C
D

10000
8000
15000
7000

0.75
0.60
1.20
0.50

75
48
180
35

10
8
15
7

1.00
1.00
1.00
1.00

100
80
150
70

185
136
345
112

Jami

40000
















778

Ko`rilgan misoldan (taqsimlash markazidagi) omborlashtirishda ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini yiriklashtirish uchun bo`ladigan logistik xarajatlarning pastligi ko`rinib turibdi.


Omborlar logistik tizim miqyosida quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi (18.1-rasm).

18.1-rasm. Ombor funksiyalari
Moddiy oqimlar intensivligini tekislash (ya’ni, vaqt birligidagi qayta ishlanadigan yuklar hajmining o`zgarishi) ombor yetkazib beruvchi (yoki ta’minotchi) va iste’molchi orasida shunchaki bufer emasi, balki talab o`zgarishiga ta’minotning muvofiq partiyalari miqdorini boshqarish yo`li bilan tezda moslashishni ham nazarda tutadi.
Moddiy oqim assortimentini talabga muvofiq ravishda omborga shakllantirish mijozlar buyurtmasini bajarish uchun muhim assortimentni hosil qilishni anglatadi.
Bu funksiya savdo assortimenti o`z ichiga bir-biridan vazifasi, o`lchami, shakli, rangi va boshqa parametrlari bilan farqlanadigan tovarlarning katta ro`yxatini oladigan taqsimlash logistikasida alohida ahamiyat kasb etadi. Ombordagi kerakli assortimentni hosil qilish mijozlarning buyurtmasini samarali bajarish va muhim mijozga yanada ko`proq hajmda mahsulot ta’minotini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Zahiraning konsentratsiyasi va saqlanishi mahsulotni ishlab chiqarish va uning iste’moli orasidagi farqni bartaraf etish va uzluksiz ishlab chiqarish hamda hosil qilinayotgan tovar zahiralari bazasida ta’minot imkonini beradi. Taqsimov tizimida tovarlarni saqlash iste’moldagi mavsumiy chayqalishlarni tekislash va iste’mol talabining har qanday o`zgarishiga muvofiq tarzda moslashish uchun muhimdir. Mijozlarga xizmat ko`rsatish darajasini maksimalgacha olib chiqishga intilish ta’minotchining omboridagi zahiralarni sezilarli darajada ko`paytirishni talab qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining nosinxronligini tekislash – ishlab chiqarish (aynan, tugallanmagan ishlab chiqarish ya’ni oraliq mahsulot) omborlarining vazifasi. Gap texnologik va tashkiliy jarayonlar orasidagi va undan tashqari ishlab chiqarish jarayonining alohida ishchi operatsiyalari orasidagi asinxron holatlarni me’yorlashtirish haqida ketyapti.
Yuklanayotgan yuklar partiyasini birlashtirish ko`plab iste’molchilar yuk partiyalarini omborlardan “vagon sig`imidan kam” yoki “treyler sig`imidan kam” sotib olishi bilan bog`liq, bu turdagi tashishlar yuklarni tashishda tranzit normasi ya’ni, transport vositasining yuk ko`taruvchanligi (yuk sig`imi)dan to`liq foydalangandagi holatdan tashuvchining tarifi yuqoriligi tufayli yuklarning tashish xarajatlarini sezilarli darajada oshiradi. Ombor transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida transport vositasi to`liq yuklanguncha uncha katta bo`lmagan yuk partiyalarini birlashtirish funksiyasini amalga oshirishi mumkin.
Omborning asosiy xizmatlari orasida to`rtta asosiy guruhni ajratish mumkin:
1) Moddiy xizmatlar ta’minot tizimidagi iste’molchilar buyurtmasiga binoan ishlab chiqarish iste’moliga mahsulotlarning texnologik tayyorligini oshirish bo`yicha operatsiyalarning bajarilishi bilan bog`liq. Masalan, kichik idishlarga kesib, bo`laklarga bo`lib, qadoqlab solish, jamlanmalarni to`g`ri tanlab berish, bo`yoq kolerlarini tuzib berish va boshqa xizmatlar. Taqsimlash tizimida shu xizmatlar guruhi tovarga tovar ko`rinishini berish va uni sotuvga tayyorlash bilan bog`langan;
2) Tashkiliy-tijoriy xizmatlar - tovar-pul ayirboshlash jarayonlarining samaradorligini oshirishga yo`naltiradi, ortiqcha miqdordagi moddiy qiymatga ega bo`lgan mahsulotlarning sotuvini ham qayta taqsimlash yo`li bilan ham komission boshlanishlarda ham yo`lga qo`yadi, korxona sanoat chiqindilarining sotuvini amalga oshirishni, uskunalarni, texnikalarni, dastgohlar va boshqalarni ijaraga berishni joriy etadi.
3) ombor xizmatlari ayniqsa to`lov evaziga omborlashtirish, moddiy qiymatga ega bo`lgan mahsulotlarni vaqtinchalik saqlashga qabul qilish, ombor hududlarini ijaraga berish operatsiyalarini bajarish bilan bog`langan;
4) transport-ekspeditorlik xizmatlari yuklarni mijozlarga o`z transportida yoki ijaraga olingan transportda olib borib bersih bilan bog`langan.
Download 43.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling