18-mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif 1-§. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 216.46 Kb.
bet7/15
Sana15.01.2023
Hajmi216.46 Kb.
#1094484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
18-MAVZU

Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o‘zgarishi sof eksportga va demak yalpi talabga ta’sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, ienaning dollardagi narxi o‘sdi. Bu dollarning ienaga nisbatan qadrsizlanganligi va iena kursi ko‘tarilganligini bildiradi. Dollar va iena o‘rtasidagi yangi nisbat natijasida yaponiyalik iste’molchilar ienaning ma’lum summasiga ko‘proq dollar sotib olishi mumkin. Demak, yaponiyalik iste’molchilar uchun amerika tovarlari yapon tovarlariga qaraganda arzonroq bo‘ladi. SHu bilan birga amerikalik iste’molchilar dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSH eksportining o‘sishi, importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko‘payishi o‘z navbatida AQSH iqtisodiyotida yalpi talabning ko‘payishiga olib kelishini bildiradi.


2-§. YAlpi taklif tushunchasi. YAlpi taklif tarkibi va unga
ta’sir qiluvchi omillar.


YAlpi taklif (aggregate supply, AS) – bu mamlakatda muayyan vaqtda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi.
YAlpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlardan hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo‘jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo‘ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdek, investitsiya tovarlarining turlari ham juda ko‘p va turli-tumandir. Lekin yalpi talab o‘zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o‘zining turlari, miqdori va sifati bo‘yicha hamda ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi jamiyat a’zolari talabiga mos kelishi kerak.
YAlpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin (4-chizma).
4-chizma. YAlpi talabning umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi.
YAlpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining qiymat miqdoridan oshishi qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. SHu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.
Bu bog‘liqlik yalpi taklif egri chizig‘ida aniq aks etadi (5-chizma).
I. YOtiq kesma. U ba’zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning tanazzul yoki turg‘unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. YOtiq kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmi (chizmadagi Yt nuqta)dan ancha kam bo‘lgan ishlab chiqarishning real hajmi (chizmadagi Y nuqtaga qadar bo‘lgan hajm)ni o‘z ichiga oladi. YA’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko‘plab ishlab chiqarish quvvatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to‘liq foydalanilmaydi. SHunga ko‘ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. SHunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi o‘zgarmagan holda milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.

Download 216.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling