18-mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif 1-§. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar
Download 216.46 Kb.
|
18-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAlpi talab (aggregate demand, AD)
18-mavzu.YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF 1-§. YAlpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. 2-§. YAlpi taklif tushunchasi. YAlpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar. 3-§. YAlpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nisbat va uning o‘zgarishi. YAlpi talab (aggregate demand, AD) - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir. YAlpi talab barcha iste’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan talablaridan tashkil topadi. Biz bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi: aholi iste’mol qiladigan iste’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – kapital va ishchi kuchi. (Biz ishlab chiqarish omillari tarkibida er ham borligini bilamiz. Lekin bizning mamlakatimizda er oldi-sotdi ob’ekti bo‘lmagani uchun uni bu erda yalpi talab tarkibida hisobga olmaymiz va keyingi o‘rinlarda omillarga talab haqida gap ketganda faqat kapital va ishchi kuchi haqida gap boradi). Iste’mol tovarlari esa o‘z navbatida turlig‘tuman moddiy va ma’naviy tovarlardan hamda xizmatlardan tashkil topadi. SHuningdek, tadbirkorlarning (davlat, xususiy, jamoa, korporativ) omillarga, ya’ni investitsion tovarlarga va ishchi kuchiga bo‘lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbobg‘uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg‘i, xom ashyo, materiallar va h.k.). Talabning umumiy miqdori, ya’ni shu aytilgan tovarlarni sotib olishga mo‘ljallangan pul miqdori ularning turlariga, miqdoriga, sifatiga hamda narxiga bog‘liq bo‘ladi. Uni quyidagi chizmada osonroq tushunish mumkin bo‘ladi (1-chizma). Турлари, миқдори ва сифати (ижтимоий нафлилиги) Истеъмол буюмларига Нархи Ялпи талаб, яъни умумий пул миқдори Ялпи талаб Турлари, миқдори ва сифати (ижтимоий нафлилиги) Инвестиция товарлари ва ишчи кучига Нархи Download 216.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling