2-chizma. YAlpi talab egri chizig‘i.
CHizmadan ko‘rinadiki, yalpi talab egri chizig‘i yakka talab egri chizig‘iga o‘xshaydi, biroq o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig‘i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo‘lgan talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig‘i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning real hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
SHuningdek, yakka talab egri chizig‘ining pasayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig‘ining pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lishi narxlar umumiy darajasining o‘zgarishi natijasida ro‘y beruvchi foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi orqali izohlanadi.
Foiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o‘sishi bilan pulga bo‘lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining o‘zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida foiz stavkasining o‘sishi iste’mol va investitsiya sarflari hajmini pasaytiradi. CHunki foiz stavkalarining oshib ketishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olish uchun kredit olishni samarasiz qilib qo‘yadi. SHuningdek, tadbirkorlar ham foizning yuqori darajasida o‘zlarining nisbatan past daromad keltiruvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kechadilar.
Narx o‘zgarishi bilan foiz stavkalarining hamda yalpi talab umumiy miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni 3-chizma orqali osonroq tushunish mumkin.
Истеъмол буюмларига талабнинг пасайиши
Истеъмолчилар пулга талабининг ошиши
Ялпи талабнинг камайиши
Фоиз ставкасининг ўсиши
Нарх даражасининг ошиши
Ишлаб чиқариш омилларига талабнинг пасайиши
Тадбиркорлар пулга талабининг ошиши
Do'stlaringiz bilan baham: |