18-mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif 1-§. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


-chizma. YAlpi talabning umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi


Download 216.46 Kb.
bet2/15
Sana15.01.2023
Hajmi216.46 Kb.
#1094484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
18-MAVZU

1-chizma. YAlpi talabning umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi.
YAlpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondoshiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha darslikda yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig‘indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:
,
bu erda:
Yd – yalpi talab;
C – uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari;
I – xususiy sektorning investitsiya sarflari;
G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.1
Akademik V.Kamaev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot unsurlariga bo‘lgan umumiy pul talabi sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini ta’kidlaydi:
,
bu erda:
AD – yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi
P – narx darajasi.2
Bundan ko‘rinadiki, yalpi talab milliy ishlab chiqarish hajmi va narx darajasiga bevosita bog‘liq.
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. SHunday qilib, boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holda narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga yalpi talabning oshishiga olib keladi. YAlpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi.
Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bu teskari bog‘liqlik 2-chizmada aniq ifodalangan.


Narx R
darajasi
AD
0 Y
Ishlab chiqarish real hajmi

Download 216.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling