18-noyabr kuni tasdiqlangan
Download 1.95 Mb.
|
СЛАЙД
O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil, 18-noyabr kuni tasdiqlangan. 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun. 1991-yil 18- noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8- sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. “Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun” 13 moddadan iborat bo‘lib, bayroqning tuzilish semasi, qayerlarga va qay tarzda o‘rnatilishi, bayroqqa nisbatan hurmatda bo’lish, aks holda, belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida to’xtalib o’tilgan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi. O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi. Bugun milliy bayrog‘imiz davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqid a hilpirab turibdi. Turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a’zolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrog‘imiz Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirmoqda. Qadimdan yurtimiz davlatchiligida bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur saltanatida davlat tug‘i adolat, buyuk kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Jangu jadallarda yuksak mardlik va jasorat belgisi sifatida eng kuchli bahodirlarga hadya qilingan. Bobomiz Najmiddin Kubro yov qo‘lida shahid bo‘lsa-da, changalida mahkam tutgan yalovni hech kim ololmagan. E’tiboringiz uchun rahmat Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling