18 variant Quyidagi savollarga yozma javob bering
Download 122.99 Kb.
|
1 2
Bog'liqVariant 18 Maxmudova Gulbahor
Taqdimot yaratish. Ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish metodikasi
Bolani jamiyatda qabul qilingan qonunlarga, tartib-qoidalarga va axloqiy normalarga rioya qilishga o’rgatish avvalo oiladan boshlanadi. Farzandning axloq-odobi, xulq atvori dastavval oilada shakllanadi, undagi insoniylikning ilk xislatlari ota-ona bergan tarbiya orqali vujudga keladi. Oilada ota-ona, mahallada qo’ni-qo’shni va maktabda pedagog-tarbiyachilarning doimiy nazorati ostida bo’lgan bolada axloqiy rivojlanish jarayoni ravon kechadi. Bolaning oilada olgan tarbiyasini rivojlantirishda ayniqsa maktab ta’limi alohida o’rin tutadi. Maktab bolaning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va unga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berishda ota-onalar bilan faol hamkorlik qilishi zarur. Maktab va ota-onalarning tarbiyaviy maqsadlardagi hamkorligini mustahkamlash, farzand tarbiyasi bo’yicha ota-onalarga pedagogik-uslubiy yordam ko’rsatish borasida «Ota-onalar majlisi»ning o’rni muhim hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida mazkur tadbirni samarali tashkil etish maqsadida uni quyidagi tartibda tashkil etish tavsiya etiladi. Ta’lim muassasalarida «Ota-onalar majlisi» alohida sinflar va umummaktab miqyosida tashkil etiladi. A) Sinf ota-onalar majlisi – o’quv yili davomida besh marta (o’quv yili boshlanishi oldidan, I, II, III va IV choraklar yakunida) o’tkaziladi. O’quv yili boshlanishidan oldin o’tkaziladigan majlisda ota-onalar maktabning ichki-tartib qoidalari bilan tanishtirilib, o’quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish jarayonida maktab jamoasi bilan amaliy hamkorligi borasidagi majburiyatlari (shartnoma asosida) belgilab beriladi. O’quv yili choraklari yakuni bo’yicha o’tkaziladigan majlislarda o’quvchilarning o’zlashtirishi, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etish holatlari, tarbiya jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatlar muhokama qilinib, ularni hal etish choralari ko’riladi. B) Umumiy ota-onalar majlisi – o’quv yili boshi va oxirida o’tkazilib, unda ota-onalar maktab hayoti, o’quv yili davomida olib boriladigan hamda amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari bilan tanishtiriladi. o’quv yili boshida o’tkaziladigan maktab ota-onalar majlisining umumiy mavzusi o’quvchilarga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlarni (hamkorlikda)yaratishga qaratilishi lozim. o’quv yili oxirida o’tkaziladigan maktab ota-onalar majlisi esa hisobot shaklida tashkil etilib, unda rahbariyat tomonidan ota-onalarga o’quv yili davomida amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari to’g’risida axborot beriladi va maktab«Vasiylik kengashi»ning hisoboti eshitiladi. Sinf ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi: sinf rahbari tomonidan maktab ma’muriyati bilan kelishgan holda sinf ota-onalar majlisining kun tartibi va o’tkazish kuni belgilanadi (bunda ota-onalar majlisining umumiy mavzusi o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasi borasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilishi lozim). sinfdagi barcha o’quvchilarning ota-onalariga yig’ilish o’tkaziladigan kun, vaqti va uning kun tartibi to’g’risida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi. ota-onalar majlisiga kelgan soha mutaxassislari va ishtirokchilar yo’qlama qilinib, yig’ilish boshlanadi (yig’ilish boshlanishidan oldin o’quvchilar tomonidan tayyorlangan qisqa muddatli badiiy dastur tashkil etilishi, ota-onalarga ta’lim sohasidagi islohotlar bo’yicha (slayd yordamida) ma’lumotlar berilishi mumkin). yig’ilish kun tartibidan o’rin olgan mavzular hayotiy misollar, tarbiyaviy ahamiyatga ega rivoyat va hadislar orqali qiziqarli tarzda ochib beriladi hamda ota-onalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob beriladi. sinf rahbari tomonidan har bir o’quvchining o’zlashtirishi va xulqi bo’yicha ota-onalarga umumiy ma’lumot berilib, yuzaga kelgan munozarali vaziyatlar tahlili asosida oilada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish yuzasidan pedagogik, uslubiy yordam ko’rsatiladi. shuningdek, har oy yakunlari bo’yicha e’lon qilingan «Eng faol o’quvchi» hamda «Eng faol sinf»lar to’g’risida ota-onalarga ma’lumot berilib, sinf yoki maktab miqyosida g’olib bo’lgan o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma topshiriladi. Qolgan ota-onalarga kelgusida farzandlari ham ushbu mavqeni egallashlariga amaliy yordam ko’rsatishlari bo’yicha tavsiyalar beriladi. yig’ilish kun tartibiga rejadan tashqari kiritilgan turli masalalar o’rnatilgan tartibda muhokama qilinadi (bunda moliyaviy masalalar muhokama qilinishaga yo’l qo’yilmaydi). yig’ilishning samaradorligini baholash va kelgusi yig’ilishlarda qamrab olinishi lozim bo’lgan dolzarb mavzularni aniqlash maqsadida ota-onalarning fikrlari yozma ravishda olinadi. yig’ilish yakunlanganligi e’lon qilinib, farzandining ta’lim-tarbiyasi yuzasidan alohida axborot olishni xohlagan ota-onalarga yig’ilishdan so’ng suhbatlashish uchun qolishlari mumkinligi eslatiladi. Ota-onalar bilan o’tkaziladigan ilk suhbat chog’ida ota-onalarning farzandlarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash borasidagi faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so’rovlarini o’tkazish mumkin. So’rovnomalar farzandining ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va o’quvchilik madaniyatini shakllantirishga nisbatan ota-onalarning shaxsiy munosabatlarini aniqlashga qaratilishi lozim. Shu o’rinda «Siz qanday ota-onasiz?» deb nomlangan namunaviy test savollari ilova qilinadi. Download 122.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling