Vazirligi samarqand davlat


Download 164.78 Kb.
bet1/42
Sana13.04.2023
Hajmi164.78 Kb.
#1350017
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA„LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

O.Yusupova


TILSHUNOSLIK NAZARIYASI
(Uslubiy qo‗llanma)


SamDU o„quv-uslubiy kengashi majlisida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan (2018-yil 11-iyul, 10-bayonnoma).

Samarqand – 2018


1


UDK: 494.3
BBK : 81

Tilshunoslik nazariyasi” fanidan II mutaxassislik va sirtqi bo„lim talabalari uchun uslubiy tavsiyalar. Uslubiy qo„llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2018. – 104 b.




Mazkur uslubiy qo„llanmada “Tilshunoslik nazariyasi” fanini o„zlashtirish uchun zarur bo„lgan asosiy mavzular ma‟ruza, amaliy, seminar mashg„ulotlari va mustaqil ish mavzulari ostida berilgan bo„lib, bu asosiy bilimni mustaqil o„zlashtirish orqali egallaydigan II mutaxassislik va sirtqi bo„lim talabalarining tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga, qo„shimcha ma‟lumotlar bilan ta‟minlashga mo„ljallangan.
Oo„llanmadan filologiya ta‟lim yo„nalishi talabalari, ushbu fandan dars o„tuvchi prof-o„qituvchilar va boshqa qiziquvchilar foydalanishi mumkin.


Tuzuvchi: filologiya fanlari nomzodi

Orziboni Yusupova


Mas‟ul muharrir: filologiya fanlari doktori, professor Suyun Karimov
Taqrizchilar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Dilbar O„rinboyeva filologiya fanlari nomzodi, dotsent Xurshid Xayrullayev

ISBN 978-9943-5368-0-7


© Samarqand davlat universiteti, 2018
2

So„zboshi


―Tilshunoslik nazariyasi‖ fani barcha tilshunoslik fanlari rivojlanishiga asos bo‗ladigan, ayni paytda ularning rivojlanish yo‗llarini belgilab beradigan universal fandir. ―Tilshunoslik nazariyasi‖ inson tilini ilmiy o‗rganadigan fan bo‗lib, tilning qator nazariy muammolari: predmeti, maqsad va vazifalari, tilning strukturasi, tilning rivojlanishi, tilni o‗rganish metodlari, tilshunoslik g‗oyalari, oqimi, maktablari va yo‗nalishlari xususida bahs yuritadi. Shuning uchun bu fan filologiya ta‘lim yo‗nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu fanning o‗rganish obyekti birmuncha keng, tilshunoslikning nazariy masalalari tadqiqini o‗z ichiga olgan bo‗lib, fanni yaxshi o‗rganishda asosiy darsliklardan tashqari qo‗shimcha qo‗llanmalarga ehtiyoj seziladi. Ayniqsa, asosiy bilim mustaqil ta‘lim negizida o‗zlashtiriladigan ikkinchi mutaxassislik va sirtqi bo‗limda ta‘lim olayotgan talabalar tilshunoslik sirlarini o‗rganishda ko‗makchi bo‗ladigan alohida bir uslubiy tavsiyalarga muhtojlik sezadilar. Ushbu uslubiy qo‗llanma ana shu zaruratni to‗ldiradigan ishlardan biridir.
Uslubiy qo‗llanmada ma‘ruza, amaliy, seminar mashg‗ulotlari mavzulari berilishidan tashqari, mavzuni mustahkamlash uchun mavzuga doir qo‗shimcha adabiyotlardan fikrlar berilgan. Mavzuni mukammallashtirish uchun zarur bo‗lgan adabiyotlar ro‗yxati har bir mavzudan so‗ng ko‗rsatilgan. Savol va topshiriqlar, test savollari ham mavzulashtirilgan bo‗lib, ayni bir mavzu doirasida bilim darajasining kengayishiga sabab bo‗ladi. Mustaqil ish mavzulari fanni mukammal o‗rganish uchun zarur bo‗lgan mavzular doirasini qamrab olgan bo‗lib, bu mavzularning har biriga qisqacha izoh berilgan. Foydalanish mumkin bo‗lgan adabiyotlar ko‗rsatib o‗tilgan.
Ushbu qo‗lanmani yaratishda S.Usmonov, A.Sodiqov, A.Abduazizov, M.Irisqulov, B.O‗rinboyev, A. Nurmonov, N.Mahmudov, S.Karimov, H.Dadaboyev, B.Yo‗ldoshev,
N.Turniyozov, Sh. Iskandarova, Z.Xolmonova kabi olimlarning yaratgan asarlari, tadqiqotlari, fikr-mulohazalariga tayanildi.
II mutaxassislik va sirtqi bo‗lim talabalariga mo‗ljallangan ushbu qo‗llanmada darsning asosiy mazmuni, bu mavzu bo‗yicha qo‗shimcha ma‘lumotlar, mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar, mustaqil ishlarni bajarish tartibi va talablari, oraliq savollari namunalari va yakuniy nazorat test savollaridan namunalar keltirib o‗tildi.

Download 164.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling