Vazirligi samarqand davlat
Download 164.78 Kb.
|
Tilshunoslik fanining tarmoqlari. Kishilarning eng muhim aloqa vositasi bo‗lgan tilni tilshunoslik fani o‗rganadi. Tilshunoslikning quyidagi tarmoqlari mavjud.
Ekstralingvistika (ekstra – tashqi, lingvistika – tilga xos) tildan tashqarida, ammo bevosita til bilan bog‗liq bo‗lgan xususiyatlarni o‗rganadi. Ekstralingvistika quyidagi tarmoqlarga ajraladi: Sotsiolingvistika. Bunda tilning tabiati va ijtimoiy vazifasi, ijtimoiy taraqqiyot sharoitlari o‗rganiladi. Sotsiologiya va lingvistikaning sintezidan iborat bo‗lgan bu soha til bilan ijtimoiy hayot faktlari aloqasi; ekstralingvistik omillar ta‘sirida til taraqqiyotidagi faol jarayonlar; radio, televidenie, kino kabilarning keng tarqalishi bilan tilning og‗zaki va yozma shakli o‗rtasidagi nisbatning o‗zgarishi, til siyosatini yuritishning vazifa va shakllari; keng xalq ommasi nutq madaniyatini ko‗tarish kabi muammolar bilan shug‗ullanadi. Metalingvistika. Bunda tilning tafakkur bilan, gapning fikr bilan o‗zaro bog‗liqligi, farqli tomonlari, tilning mazmun tomoni, nutq faoliyati, til birliklarining matn va sharoit bilan aloqasi o‗rganiladi. Intralingvistika. Bunda tilning ichki tizimi, uning birliklari va kategoriyalari, tilning fonologik, leksikologik va grammatik qurilishi, taraqqiyot yo‗llari o‗rganiladi. Komparativistika. Bunda tillar qiyosiy tarzda o‗rganiladi. Bu soha uchga bo‗linadi: Qiyosiy tilshunoslik. Bu soha o‗z navbatida qiyosiy- tarixiy va chog‗ishtirma tilshunoslikka bo‗linadi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bir-biriga qarindosh bo‗lgan tillarni o‗rganadi. Turli tizimdagi tillarni qiyosiy o‗rganish chog‗ishtirma tilshunoslik ob‘ektidir. Areal (maydon) tilshunoslik. Tilning tarqalish doirasi, tillar xaritasi, mamlakatlarni til tomondan tasvirlash areal tilshunoslik predmeti sanaladi. V. Tipologik tilshunoslik. Tipologiya tillarning qurilishidagi umumiy, universal holatlarni tekshiradi. Bunda barcha tillar, ularning qarindosh yoki qarindosh emasligidan qat‘iy nazar o‗rganilaveradi. Tilshunoslik fanining sanab o‗tilgan tarmoqlari negizida turli nazariyalar paydo bo‗lgan. Download 164.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling