Vazirligi samarqand davlat
Download 164.78 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Tilshunoslik aspektlari. Tilshunoslik fani ham ko‗p aspektli fanlar qatoriga kiradi. Uning aniq til faktlariga ko‗ra bir necha turi mavjud:
Amaliy tilshunoslik. Nazariy tilshunoslik. Struktural tilshunoslik. Xususiy tilshunoslik. Umumiy tilshunoslik. Tilshunoslikning lingvistik masalalarini amaliy yo‗l bilan o‗rganuvchi sohalari amaliy tilshunoslik sanaladi. Uning eksperimental fonetika, lingvistik tahlil, leksikografiya kabi yo‗nalishlari mavjud. Nazariy tilshunoslik – tilshunoslikka doir asosiy qarashlar, g‗oyalar, nazariyalar haqidagi tizimdir. Unda til haqidagi asosiy tushuncha va tamoyillar, qarashlar umumlashtiriladi. Tilning asosiy muammolari va dolzarb masalalari haqidagi yangi nazariyalar olg‗a suriladi. Tilshunoslikda til komponentlarining ichki munosabatlarini, o‗zaro bog‗liqligini, tilning struktura tomonini yoritish asosiy maqsad qilib qo‗yilgan yo‗nalish struktural lingvistika deb ataladi. Xususiy (konkret) tilshunoslik har bir konkret tilning fonetik sistemasi, lug‗at sostavi, grammatik qurilishi va ularning taraqqiyot yo‗llari hamda bu tilning boshqa tillarga munosabatini o‗rganadi va shu asosda konkret tilning lug‗at boyligini, fonetikasini sinchiklab tekshiradi, ilmiy grammatikasini yaratib beradi. Umumiy tilshunoslik tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari, tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyati, tilning tuzilishi, til va nutq, til va tafakkur, tildagi belgilar tizimi, til taraqqiyoti, tilshunoslik maktablari va yo‗nalishlari, tillarni ilmiy tadqiq etish usullari haqida ma‘lumot beradi. SHuningdek, bu fan ayrim tillarni, bir guruh tillarni va qardosh tillarni o‗rganish natijasida aniqlangan til hodisalarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi hamda shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi. Nazorat uchun savol va topshiriqlar:―Tilshunoslik nazariyasi‖ fanining maqsadi nima? ―Tilshunoslik nazariyasi‖ fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? Ekstralingvistikaning tarmoqlarini aytib o‗ting. 4.Intralingvistikaning ekstralingvistikadan asosiy farqi nimada? Tillarni qiyosiy tarzda o‗rganadigan tilshunoslik tarmoqlarini keltiring. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi qanday? 7.Tilshunoslikning aspektlarini sanab o‗ting. 8. Umumiy tilshunoslik va xususiy tilshunoslikning farqi nimada? Download 164.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling