Vazirligi samarqand davlat


Download 164.78 Kb.
bet4/42
Sana13.04.2023
Hajmi164.78 Kb.
#1350017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. Til jamiyatga xizmat qiluvchi vosita, jamiyatning muhim aloqa quroli bo‗lganligi uchun jamiyat tarixi, shu tilda so‗zlashuvchi xalqning tarixi bilan uzviy aloqadadir.

Til va tafakkur bir-biri bilan uzviy bog‗langanligi uchun tilshunoslik bilimi tafakkurni o‗rganadigan fanlar bilan: psixologiya, mantiq, falsafa fanlari bilan ham bog‗liqdir.
Til xalq madaniyatini, hayotini, turli urf-odatlarini o‗zida aks ettirib, shu jihatdan tilshunoslik har bir xalqning kelib chiqishi, tarkibi, urf-odatlari, moddiy, ma‘naviy va ijtimoiy
madaniyatini o‗rganadigan fan – etnografiya bilan ham aloqadadir.
Ma‘lumki, ijtimoiy tuzumga aloqador, hayot bilan va kishilarning jamiyatdagi munosabatlari bilan bog‗langan; ijtimoiy jamiyatning sinflarga bo‗linishi, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini o‗zgartirish bilan bog‗liq qonunlarni sotsiologiya fani o‗rganadi. Bu fan tilshunoslik bilan uzviy bog‗liq holda taraqqiy etadi.
Qadimiy moddiy madaniyat yodgorliklari asosida kishilik jamiyatining o‗tmishini o‗rganuvchi fan – arxeologiya ham tilshunoslik bilan bog‗liqdir.
Tilshunoslik adabiyotshunoslik bilan uzviy bog‗langandir. Ularning aloqasi, stilistika, adabiy til tarixi, badiiy adabiyot muammolarini o‗rganishda yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Garchi tilshunoslik fani ijtimoiy fan bo‗lsa-da, fizika, kibernetika, matematika, fiziologiya kabi tabiiy fanlar bilan ham bog‗liq holda rivojlanadi.
Nutq tovushlari xususiyatlarini tasnif qilish tamoyillarini o‗rganishda fizika fanining akustika bo‗limi tilshunoslikka, uning fonetika sohasiga katta yordam bermoqda.
Chet tillarni o‗qitish, mashina yordamida tarjima qilish, turli tipdagi lug‗atlarni tuzishda tilshunoslik matematik metodlarga va kibernetika fani yutuqlariga tayanadi.
Tovushlar artikulyatsiyasi va eshitish qobiliyatini o‗rganganda, nutqiy qobiliyatning buzilish sabablarini tekshirganda tilshunoslik fiziologiya, tibbiyot singari fanlarning yutuqlariga tayanib ish ko‗radi.
Tilshunoslikning turli fanlar bilan aloqasi natijasida har xil nazariyalar paydo bo‗ldi.
Xullas, tilshunoslik til haqidagi mustaqil ijtimoiy-tarixiy fan bo‗lib, uning ob‘ekti bo‗lgan til tilshunoslikdan tashqari bir necha fanlar tomonidan o‗rganishni talab qiladigan murakkab sohadir.


  1. Download 164.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling