18 yoshli oddiy oiladan chiqqan tijorat bankida kassada kassir bo'lib ishlaydigan


Download 14.27 Kb.
Sana12.12.2021
Hajmi14.27 Kb.
#180029
Bog'liq
250 matn


18 yoshli oddiy oiladan chiqqan tijorat bankida kassada kassir bo'lib ishlaydigan oddiy yigit katta bank egasi bolgan Sherzod Ataevichning nigohiga tushdi.Sherzod Ataevich ko'pni ko'rgan,katta savdo – sotiq ishlarida ishtirok etgan,ko'plab taniqli tadbirkoru qora bozor “katta"larini ko'rgan,zehnli,uzoqni ko'ra biladigan inson edi.U shu oddiy kassir bolada o’zining yoshligini ko'rdi.U ham yoshligida o'z karerasini kassirchilikdan boshlagan edi va ko'plab tadbirkorlarning biznes ishlarini,katta odamlar bilar muomilasini,ko'plab aksiyadorlarni ko'rib o'z oldiga katta tadbirkor bo'lish maqsadini qo'ygan,maqsadi yo'lida qaytmaydigan,tirishqoq o'smir edi.Shunday qilib u bankda 3-4 yil ishlab ko'plab biznesga aloqador bo'lgan bilimlarni oldi va o'z bankidan lizing ya'ni kredit oldi va boshlanisha minimarket ochdi.Minimarket ishini o'zi bilan birgalikda ishlagan, mikrokredit olishga ko'maklashgan do'stlari bilan birgalikda boshladi.Minimarket kichkina bo'lgani bilan u mahsulotlarni ko'p qismini bojxona orqali chet eldan litsenziyalangan firmalardan keltirdi va bu ishi uning minimarketi obro'sini,uning minimarketiga bo'lgan insonlar ishonchini ortdirdi.Sherzod minimarket bilan cheklanmadi va iqtisodiyot fanini ya'ni unumsiz mehnat,erkin narxlar,preskurant,mega iqtisodiyot kabi ko'plab iboralar nimani anglatishini ularni ma'nosini o'rganib o'z bilimini oshirdi.Sherzodning tirishqoqligi va bilimi birgalikda uni tadbirkorlar orasida hurmat topishiga katta xissa qo'shdi.Keyinchalik Sherzod O'zbekistondagi xususiy bank ochgan birinchi shaxsga aylandi.Shu tariqa u odddiy kassirchilikdan katta bank direktoriga aylandi.U yoshgina kassirni o'ziga o'hshab katta inson bo'lishi mumkinligini ko'rib uni o'z yoniga oldi va tadbirkorlik sirlarini o'rgata boshladi.Sherzodning niyati uni katta tadbirkor qilish va o'z biznesini yanada rivojlantirish edi.Bu kelishuv yoshgina kassirga ham,Sherzodga ham katta foyda bolishi mumkinligini Sherzod juda yaxshi bilardi.Shu tariqa oddiygina kassir bola tadbirkorlik saboqlarini katta tadbirkordan o'rganadigan bo'ldi,shu emasmi omadning yorqin ko'rinishi.
Download 14.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling