1822 yilda Umarxon kasallanib vafot etganidan so‘ng, taxtga uning o‘g‘li Muhammadalixon


Xurosonda tinchlik hukm surmay, xonga qarshi isyonlar davom etdi


Download 177.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana05.11.2023
Hajmi177.6 Kb.
#1748666
1   2   3
Bog'liq
asliddin

Xurosonda tinchlik hukm surmay, xonga qarshi isyonlar davom etdi. 
Ogahiy ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad Aminxon Marv va Seraxs uchun
o‘n marotaba yurish qilgan, faqatgina 1854 yilda Marv qo‘zg‘oloni
qiyinchilik bilan bostiriladi. 1855 yil Seraxs ostonasida turkmanlar bilan
Xiva lashkarlari o‘rtasida bo‘lgan jangda Xiva qo‘shinlari mag‘lubiyatga
uchrab, Muhammad Aminxon, uning o‘n to‘rt nafar shahzodalari va saroy
amaldorlari fojeali halok bo‘ldilar.


1855 yil Said Abdullaxon (besh yarim oy – 1855 yil 20 mart – 27 avgust) Xiva taxtiga o‘tirdi. Ammo, bir
guruh saroy amaldorlari Said Abdullaxonni tan olmasdan unga qarshi fitna uyushtirib, yovmut
turkmanlari bilan aloqa o‘rnatdilar hamda ularni isyonga chorladilar. Yovmutlar isyon ko‘tarib
G‘azovot va Ilonli atroflarida qishloqlarni talay boshladilar. Said Abdullaxon Xivadagi fitnachilarni
fosh qilib, uning ishtiroqchilarini qatl ettirgach, isyonchilarga qarshi kurash boshladi. Dastavval, Xiva
qo‘shinlari bilan bo‘lgan jangda yovmutlar mag‘lubiyatga uchrab dasht ichkarisiga chekingan bo‘lsalar-
da, avgustning oxirida yovmutlar Xiva navkarlari qarorgohiga (Ilonli yaqinida) to‘satdan tunda hujum
qildilar. Bu hujumda Xiva navkarlari mag‘lubiyatga uchrab, Said Abdullaxon o‘ldirildi. Bu voqeadan
keyin saroydagi vazir Muhammad Yoqub mehtar boshchiligidagi bir guruh amaldorlar Sayid
Abdullaxonning o‘n yetti yashar ukasi Qutlug‘ Murodni xon qilib ko‘tardilar, Yoqub mehtar va Ibrohim
qo‘shbegi davlat boshqaruvida xonning eng yaqin kishilari edilar. Bu orada xonlikdagi siyosiy vaziyat
yana keskinlashib ketdi.

Download 177.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling