184 – guruh talabasi


O’zbekiston toponimlarining o’rganilish tarixi


Download 32.2 Kb.
bet3/11
Sana08.01.2022
Hajmi32.2 Kb.
#238785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdullayeva Dinora - копия

O’zbekiston toponimlarining o’rganilish tarixi.
O'zbekistonning tarixiy geografiyasini, jumladan toponimiyasini o'rganishda
inqilobdan oldin va sovet davrida ijod qilgan tarixchilar orasida V.L.Vyatkin alohida o'rin tutadi. Olimning Samarqand va Toshkent viloyatlariga bag'ishlangan va vaqf hujjatlari asosida yozilgan tarixiy-geografik asarlarida ko'pgina toponimlarning kelib chiqishi haqida so'z boradi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ijod qilgan rus sharqshunoslari orasida O'rta
Osiyoning, jumladan O'zbekistonning tarixiy geografiyasini va toponimikasini
o'rganishda akademik V.V.Bartold ijodi alohida o'rin tutadi. Bartold asarlarida
O'zbekistondagi yuzlab tarixiy geografik nomlar tilga olingan, bir qancha
toponimlarning etimologiyasi keltirilgan, olim, masalan, Bagdod shahri (Iroq) nomini «Xudo in'omi» deb izohlagan. Chunki qadimgi eroniy tillarda, jumladan sug'd tilida bog (fag-bag) «xudo», «yaratuvchi» degan ma'noni ham bildirgan. Birgina shu misol vaqt o'tishi bilan atamalarning ma'nosi o'zgarib turishini ko'rsatadi. Yana bir misol. Ilk o'rta asrlarda dehqon (dehigon) deganda «zamindor», «katta yer-mulkka ega bo'lgan boy» tushunilgan.

V.V.Bartold 9 jildli asarlarining har birida (Moskva, 1963-1977) vaqf, qarshi,


rabod, robot, to'rtko'l, chorsu, shohriston, hisor, o'rchin kabi yuzlab qadimiy
geografik, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy atamalar tilga olingan va imkon qadar
izohlangan.
O'zbekiston toponimiyasini tadqiq qilish bilan shug'ullanadigan har bir
mutaxassis M.S.Andreev, S.P.Tolstov, Ya.G'.G'ulomov, B.A.Ahmedov,
A.R.Muxammadjonov, M.Masson, O.D.Chexovich, A.A.Semenov, O.A.Suxareva
kabi olimlarning tarixiy-geografik asarlaridan O'zbekiston toponimlarining ma'nosi, kelib chiqishi haqida talay materiallar topadi.
O'zbekistonda toponimika fanining va geografik atamashunoslikning
rivojlanishida professor H.H.Hasanovning xizmatlari katta. Olimning «Geografik
nomlari imlosi» (1962) «O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan» (1965), ―Geografik
nomlar siri‖ (1985), «Yer tili» (1977), «Geografiya atamalari lug'ati» (1966), «O'rta
Osiyolik geograf va sayyohlar» (1964), «Sayyoh olimlar» (1981) kabi asarlarida,
ko'plab risolalari va maqolalarida O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda joy
nomlarini o'rganishga qadimdan ahamiyat berib kelinganni qayd qilingan. Ayrim
toponimlarning etimologiyasi aniqlangan. Olim tarixiy, geografik nomlarni izohladi, dunyodagi ko'plab nomlarning hozirgi o'zbek tilida yozilishi (transkripsiyasi) qonuniyatlarini ishlab chiqdi, eski o'zbek geografik terminologiyasini zamonaviy, ilmiy terminologiya asosida qayta ishladi: Masalan, uqiyonus – okean, ota – orol, yonartog' – vulkan, ko'rfaz – qo'ltiq, jug'rofiya – geografiya kabi. Tilshunos toponimistlardan professorlar T.Nafasov, Z.Do'simov, dotsent N.Oxunov O'zbekistonda toponimikaning rivojlanishiga, toponimlarning nominatsion (nomlanish) qonunlarini ochib berishga salmoqli hissa qo'shdi va ko'plab joy nomlarining etimologiyasini aniqlab berdilar.

O'zbekistonda toponimika fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan


olimlardan biri T.Nafasov O'zbekistonda birinchi bo'lib toponimikadan nomzodlik
dissertatsiyasinl yoqladi. Keyinchalik sohaga oid bir qancha risola, maqolalar chop
etdi. Uning «O'zbekiston toponimlarining izohli lug'ati» da (1988) asosan Janubiy
O'zbekistondagi mikrotoponimlar etimologiyasi yoritilgan. Shu bilan birga
mintaqadagi Boysun, Kesh, Chag'onyon, Qarsihi kabi ba'zi tarixini toponimlarga ham etimologik izoh berilgan.
Z.Do'simov Xorazm toponimiyasini o'rganib joy nomlarining tarixi va
etimologiyasi, ularning lingvistik xususiyatlari, modellari va tiplarini aniqlash
sohasida ishladi. «Xorazm toponimlari» monografiyasida (1985) Xorazm
toponimlarining shakllanishi va ularning taraqqiyot bosqichlarini tadqiq qildi.


Download 32.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling