184 – guruh talabasi


TOPONIMLARNING PAYDO BO'LISHI


Download 32.2 Kb.
bet2/11
Sana08.01.2022
Hajmi32.2 Kb.
#238785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdullayeva Dinora - копия

TOPONIMLARNING PAYDO BO'LISHI.

Toponim - geografik nom ham so'z. Lekin toponimlar atoqli otlardir. Atoqli otlar til taraqqiyotining qiyosan keying bosqichlarida turdosh otlardan kelib chiqqan. Qadimiy tillarda atoqli otlar bo'lmagan deyishadi.

Avstraliya, Afrika va Amerikaning tub joy xalqlari – aborigenlar tillarida
atoqli otlar juda kam ekan. Bunday tillarda turdosh otlar, qandaydir so'z birikmalari
atoqli otlar vazifasini bajarar ekan. Ana shunday so'z birikmalari tobora turg'un shakl oladi.

Odamlar tevarak-atrofidagi o'zlariga tanish kichik hududdagi joylarni «Baliq


tutiladigan ko'l», «Sel keladigan soylik», «Qo'y qirilgan yayov», «Cho'chqali soy»
kabi butun bir gaplardan iborat so'z birikmalari bilan ataydilar.
Konkret geografik obyektlarni ifodalaydigan bunday so'z birikmalari va turdosh
otlar ko'p bo'lmaganidan bora-bora atoqli otlarga aylanadi.
Turdosh otlar ana shu yo'l bilan toponimlashadi, ya'ni toponimlarga aylanadi.
Masalan, olma so'zi umuman olma bog'larmi ifodalaydigan umumiy tushuncha ekan, turdosh otligicha qolaveradi. Bu tushuncha individuallashsa, konkret bir obyektni ifodalay boshlasa va shunday qilib ayrim bir tushurietiani bildirsa, atoqli otga aylanadi qoladi.
Katta jar so'zlari individuallashmas, konkretlashmas, ya'ni biron obyektni
ifodalamas ekan, salbiy relef shakllarini bildiradigan turdosh ot, apellyativ bo'lib
qolaveradi. Shunday qilib, toponimlar geografik tushunchalaming konkretlashishi
hamda individuallashishi jarayonida turdosh otlardan paydo bo'lgan va paydo
bo'laveradi.
Toponimlashish odatda dastlabki umumiy tushunchaning muayyan bir obyektga
bog'lanishi jarayonida ro'y beradi. Shuning uchun bir so'zning o'zi yoki so'z birikmasi ayni vaqtda turdosh ot bo'lishi ham (agar tushuncha konkret bir obyektni
ifodalamasa) yoki toponim ham bo'lishi mumkin (geografik obyektni bildirsa).
Masalan, bug'doyzor bug'doy ekilgan har qanday dala, Bug'doyzor esa konkret bir
joyning nomi kabi. Geografik nomlar turdosh otlar leksikasidan ajralib chiqqan paytdan boshlab o'zi ifodalagan geografik obyektning belgilaridan uzoqlasha boradi. Toponimlar nutqda shu obyektning boshqalardan farqli nishonalarini ta'kidlashga emas, balki konkret obyektni boshqalardan ajratib ko'rsatishga xiimat qiladi. Toponimga aylangan so'z yangi ma'no kasb etadi, endi bu so'z konkret, yagona, yangi bir tushunchaga aylanadi.

Geografik nomlar ko'pincha geografik obyektni ifodalaydigan tushunchadan


boshqa ma'no anglatraay qo'yadi. Masalan, Qoraqishloq deganda, kichikroq aholi
punkti tushuniladi. Qishloq ham qora rangda bo'larmikan degan savol hammada ham paydo bo'lavermaydi. Bu qishloqning nomi qora degan urug' nomidan kelib
chiqqanini o'zbek urug' qabilalarini mayda tarmoqlarigacha biladigan etnografgina
aytib bera olishi mumkin.
Yoki Chorshanba qishlog'ining nega shunday atalganligi to'g'risida ko'pchilik
o'ylab o'tirmaydi, uning qayerda, qaysi viloyat, qaysi tumanda, qanday qishloq
ekanligi muhimroq. Shu yerda chorshanbani bozor bo'lgani haqida tushuncha elaselas esga kelishi mumkin.

Toponimga aylangan so'z yangi ma'no kashf etish bilan ko'pincha tipik toponim


shakl oladi, toponimlar uchun xos bo'lgan qo'shimchalar (suffikslar) paydo bo'ladi.
O'zbekiston toponimlari, xususan - iston (Sho'riston, 3og’iston),-iya (O'zbekiya,
Mingiya), -kor {Paxtakor, Lalmikor), -cha (Quduqcha, Buloqcha) kabi affikslar
xarakterlidir.
Hozirgi vaqtda geografik oomlarning toponimlashish darajasi turlicha. Ba'zi bir
toponimlarda so'zlarning toponimga aylanmasdan oldingi ma'no aniq bilinib turadi,
boshqa bir xil toponimlarda qisman saqlanib qolgan, uchinchi bir xil nomlarda bilinear bilinmas seziladi, yana bir xillarida esa umuman yo'qolib ketgan. Shuning uchun ham ma'nosi tushunarsiz bo'lgan toponimlarni bir oz o'zgartirib tushunarli qilish to'g'ri emas, bunday nomlar qadimiy tillardan qolgan qimmatli lisoniy va tarixiy yodnomalar bo'lishi mumkin.

Asli geografik nomlar xalq ijodi mahsulidir. Ko'pincha toponimlar


dabdurustdan paydo bo'lmaydi. Datlabki geografik obyektlar, masalan, qishloq
turlicha atalishi mumkin. Aytaylik, relefiga, suv manbaiga uni o'zlashtirishga hissa
qo'shgan kishilarning ismlariga, qarab ―falonchi qishloq‖, «falonchining qishlog'i» deb yuritilishi mumkin. Bora-bora shu nomlardan biri yutib chiqadi. Masalan, u nayman urug'ining qishlog'i nomini oladi. Bunda chinakam toponimga aylanish jarayoni tugamaganidan toponim butun bir gapdan iborat va ishlatish uchun qo'pol bo'ladi va tilning leksik vositalarni tejash qonuniyatiga ko'ra bu toponim nihoyat Nayman shaklini oladi. Geografik nom uzoq tarixiy vaqt davomida turdosh ot shaklidagi qiyofasini butunlay o'zgartirib yuborishi ham mumkin. Masalan, otashparast – zardo'shtiylarni musulmonlar mug'lar deyishadi. O'zbekistonda Mugo’n, Mug'xona kabi toponimlar ana shu otashparastlardan qolgan. Miq, Miqtepa singari nomlar ham o'sha mug' so'zining jonli tildagi in'ikosidir. Yoki xonaqoh Xomqm, Dizak (diz, sug'd tilida «qo'rg'on») Jizzax, aqba (arabcha dovon) ovg'a shaklini olgan va hokazo.


Download 32.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling