18–MA‘ruza. Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash, sinash va o‘lchash hamda begona tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash reja: 1


Download 0.5 Mb.
bet6/8
Sana25.09.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1687756
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18–MA‘ruza. Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositala

54-rasm. Dielektrik gilamchani sinashni almashtirish sxemasi: 1-sinalayotgan dielektrik gilamcha; 2-silindrik elektrodlar; 3-sinov transformatori; 4-kuchlanishni rostlagichi


6. Kuchlanish ko‘rsatkichlarini sinash tartibi
Kuchlanish ko‘rsatkichlarini, 1000 Voltgacha bo‘lgan kuchlanishda himoya vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Kuchlanishni tekshirish uchun nazorat lampasi-dan foydalanish mumkin emas.
1000 Voltgacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlari.
Kuchlanishi 1000 Voltgacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatkichlarni sinash, o‘z ichiga izolyasion dastasini sinashga va ikki qutbini tutashtiruvchi o‘tkazgichini teshib o‘tishiga yuqori kuchlanishda, hamda lampasini yonishini tekshirishga sinaladi. Bundan tashqari, yuqori bo‘lmagan ishchi kuchlanishda, undan o‘tuvchi tokni o‘lchash bilan ham sinaladi.
1000 Voltgacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlarini qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlari, izolyasiyani yuqori kuchlanishda sinash, sxemani yuqori kuchlanishda tekshirish, yonish kuchlanishini aniqlash va eng katta ishchi kuchlanishga mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rsatgichidan o‘tadigan tokni o‘lchashdan iboratdir.
Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi izolyasiyasini tekshirish uchun, izolya-siyalangan har ikki tanasi (korpus) butun uzunligi bo‘yicha ajratgich halqaga folga bilan o‘raladi va tanalarni ulovchi sim suvli vannaga, dastakka 5-10 mm qolguncha va to‘la ko‘milguncha tushiriladi. Sinov uskunasining bir simi kontakt-uchliklarga ulanib, ikkinchisi, erga ulangani esa, folgaga ulanib suvga tushiriladi (55-rasm).



55-rasm. Kuchlanish ko‘rsatgichi dastagi va simi izolyasiyasining elektr mustahkamligini sinashning almashtirish sxemasi: 1-sinalayotgan kuchlanish ko‘rsatgichi; 2-sinalayotgan transformator; 3-suvli vanna; 4-elektrod sim

Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining izolyasiyalovchi tanasi (korpusi) butun uzunligi bo‘yicha ajratgich halqasi davomida folga bilan o‘raladi. Folga bilan dastak boshidagi kontakt orasida kamida 10 mm ochiq joy qoldiriladi. Sinov uskunasining bir simi kontakt-uchlikka ulanib, ikkinchisi yerga ulangan simi folgaga ulanadi.


500 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan kuchlanish ko‘rsatgichi uchun sinov kuchlanishi 1 kV ni, 660 Voltgacha bo‘lgan elektr uskuna-larida 2 kV ni tashkil qiladi. Sinovning davom etish muddati 1 daqiqa.
Cho‘ntakda olib yuriladigan voltmetrning izolyasiyalovchi qismi, ushbu asbob-ni ishlatishga mo‘ljallangan kuchlanish sinfida, asbobning o‘zi esa, "Elektr uskuna-larini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari" bo‘yicha sinaladi.
Sinovlarni dielektrik qo‘lqop, etik va kalishni sinash uchun mo‘ljallangan uskuna vositasida o‘tkazish tavsiya qilinadi (56-rasm).


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling