18–Mashg’ulot mavzu: daraxt poyasining tuzilishini o’rganish o’qitish jihozlari


Download 50.74 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi50.74 Kb.
#1287596
Bog'liq
18-lab kechki botanika


18–Mashg’ulot
MAVZU: DARAXT POYASINING TUZILISHINI O’RGANISH
O’qitish jihozlari: jo’ka poyasining ko’ndalang kesmasi, doimiy preparatlar, reaktivlar, floroglyutsin, HCl, xlor – sink – yod, kaliy yod, sudan III reaktivi, mikroskop, lupa, chizuvchi apparat, pintset, lezviya, britva, qaychi, skalpel, preparoval igna, buyum va qoplag’ich oynalar, salfetka, suv, darsliklar, qo’llanmalar va jadvallar.
Topshiriqlar:
1. Jo’ka poyasining ikkilamchi anatomik tuzilishi o’rganish.
1-ish. Jo’ka (Tilia cordata) poyasining tuzilishi.
Ishning borishi. Jo‘ka poyasining ikkilamchi anatomik tuzilishi. Jo‘kaning 3-4 yillik shoxchasini bo‘g‘im oralig‘idan kesma olish. Kesma qoplovchi to‘qima va o‘zakni o‘z ichiga olishi kerak. Olingan kesikni kaliy yod eritmasi yoki glitseringa solish. 2 xil rangga ega oddiy doimiy mikropreparatni ishlatish mumkin: yog‘ochlashgan hujayraviy qobiqlar qizil rangga, qobiqning sitoplazma va sellyulozasi ko‘k rangga bo‘yaladi.
Mikroskopning kichik obyektivida jo‘ka poyasining tuzilishi bilan tanishish, keyin katta obyektivda poya strukturasini o‘rganish (31 - rasm).
Ikkilamchi ksilema yillik halqa hosil qiladi, bahorgi uchastkalar tomirlaridan, yozgi – kuzgi uchastkalar traxeya va yog‘ochlik tolalari kichik diametrdagi elementdan iborat bo‘ladi.



31 - rasm. Jo’ka poyasi (Tilia cordata) tuzilishi:
1 – birlamchi po’stloq; 2 – ikkilamchi po’stloq; 3 – ikkilamchi yog‘ochlik;4 – o’zak; 5 – perimedullyar zonasi; 6 – birlamchi yog‘ochlik; 7 – sosudlar; 8 – yillik yog‘ochlik halqasini chegarasi; 9 – kambiy; 10 – ikkilamchi o’zak nuri; 11 – birlamchi o’zak nuri; 12 – qattiq lub; 13 – yumshoq lub; 14 –peritsikl parenximasi; 15 – peritsikl sklerenximasi; 16 – endoderma; 17 – birlamchi po’stloqning parenximasi; 18 – kollenxima; 19 – periderma.

Yog‘ochlik atrofida kambiy yotadi, uning orqasida esa trapetsiya ko‘rinishidagi floema qismlari joylashadi. Floema – yo‘ldosh hujayrali elaksimon naylar va lub tolalari qatlamlar bilan navbatlashuvchi lub parenximasidan tuzilgan. Floema qismlari orasida keng yuraksimon nurlar bo‘lib, yog‘ochlikda bir qator hujayralar ko‘rinishida siqilib joylashgan bo‘ladi.


Floemadan keyin lub tolalarning guruhlarini aylanmasi bo‘yicha navbatlashadigan va parenximadan iborat peritsiklik zona joylashadi. Floema, yuraksimon floema va uning qismlari va peritsiklik zona ikkilamchi po‘stloq hosil qiladi.
Ikkilamchidan keyin birlamchi po‘stloq boshlanadi. Uning ichki zonasi peritsiklik – epiderma tutashgan. Parenxima hujayralari yirik, kiritmalarga kollenxima va periderma joylashgan.
Ikkilamchi po‘stloq uchi o‘tkirlashgan, o‘lik tolalardan, qattiq va yumshoq lubdan iborat. Ko‘ndalang kesmada ko‘p sonli qobig‘li hoshiyali teshiklarga ega tomirlarning yumaloq va burchaksimon ko‘rinishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bahorgi yog‘ochlikda tomirlar juda ko‘p bo‘ladi. Bahorgi va yozgi yog‘ochlikning tomirlarining o‘lchamlari turlicha bo‘ladi. Bunday yog‘ochlik tipik tarqoq – tomirli deb nomlanadi. Jo‘kada tolalarning devori kam qalinlashgan. Shuning uchun uning yog‘ochligi yumshoq bo‘ladi.
Mikroskopning kichik obyektividan jo‘kaning ko‘p yillik poyasining ko‘ndalang kesimi tuzilishini chizish.


Savollar va topshiriqlar.
1. Jo‘ka poyasi qanday to‘qimalardan iborat?
2. Daraxtsimon o’simliklar uchun qanday o‘tkazuvchi boylamlar xos?
3. Jo‘kaning kambiy qavati qayerda joylashgan?
Download 50.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling