18–Seminar mashg`ulot Mavzu. Markaziy Osiyoda temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar


Download 20.95 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi20.95 Kb.
#1230877
Bog'liq
18-mavzu


18–Seminar mashg`ulot
Mavzu. Markaziy Osiyoda temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar.
Mavzuning o’quv maqsadi:
Marg‘inoiyning Xidoya asari, Forobiy asarlarida mehnat va mehnat taqsimoti, Nizomulmulkning Siyosatnoma asari, Qutadg‘u – bilik asari, Amir Temur davridagi iqtisodiy g‘oyalar.


Asosiy tushuncha va iboralar
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon), vazirlar vakolati, yer egaligining 5 ko‘rinishi, ulufa (oziq-ovqat, maosh), soliqqa tortish tartibi, tanho, Ulug‘bek islohotlari, «Fulusi adliya» tashqi savdoga e’tibor, tamg‘a bojidagi o‘zgarishlar, A.Navoiyning «Vaqfiya» (1482), «Mahbub-ul qulub» (1500) asarlari, Zahiriddin Muhammad Bobuming «Mubayyin», «Zakot to‘g‘risida asar» kitoblari, «Hiroj», «Muqassam», «Muvazzar».
Asosiy savollar

18.1 Marg‘inoiyning Xidoya asari.


18.2 Forobiy asarlarida mehnat va mehnat taqsimoti.
18.3 Nizomulmulkning Siyosatnoma asari.
18.4 Qutadg‘u – bilik asari
18.5 Amir Temur davridagi iqtisodiy g‘oyalar

Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, savdoda) muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunga to‘g‘ii tanlab olingan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi.


Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dm tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi.
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, tosh-u tarozi to‘g‘riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat’iy jazolangan, eng muhimi bu ish bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo‘yish mumkin bo‘lgan.
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: «Amr qildimki, sadrlarsadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg‘ol tariqasida berilgan yerlar va vaqflaming ahvolini, ulaming vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlami, kundalik xarajatlami yozib borish uchun bir kitob tayinlansin».
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko‘rinishi bo‘lgan:

  1. Suyurg'ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi markaziy xazinaga to'lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlami ishlatib, yer solig'i - xiroj olganlar.

  2. Tarxon yeriar. Bu yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.

  3. Ushr yerlar. Sayyid va xo‘jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning o‘ndan biri davlatga berilgan.

  4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etilardi. Masalan, Amir Temuming Ahmad Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdar. mablag‘ ajratilgan.

  5. Yevropadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo‘lgan. Davlat xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat’iy olib borilgan, taftish yo‘lga qo'yilgan edi. Buning uchun ma’lum mas’ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar.

A.Temuming davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari «Temur tuzuklamda to‘la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temuming 1342- 1405-yillar oralig'idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni mustahkamlash, qo'shni (27) yurt va mamlakatlami zabt etish masalalari yoritilgan bo‘Isa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o‘ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shohruh Mirzo va Mirzo Ulug‘bek davridagi iqtisodiy islohotlar A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug‘bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o‘sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi mamlakat» degani) 1428- yilda Ulug'bek tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti bilan bog‘liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr- qimmatini oshirish uchun harakat qilingan.
Ulug‘bek (1394-1449) tarixda ko‘proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e’tibor qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug‘orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak, qaynama,sharshara, osma ko‘prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham iqtisodiy g‘oyalar muhim o‘rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida, ayniqsa, tijorat, savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik ishi ma’qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo‘shdi. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari 1469-yilda Husayn Boyqaroning taxtga kelishiga bag‘ishlangan «Hiloliya» asaridir.
1482-yilda yozilgan «Vaqfiya» asarida A.Navoiy shaxsan o‘zining yerlaridan olingan daromadi misolida daromadning o‘z xarajatlari va oila ahliga yetarli qismini olib qolib, qolgan qismini aholining foydali mehnatiga sarflashga chaqirgan. 0‘g‘rilik, ta’magirlik va zo‘rlik hisobiga boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday ishlardan nafratlanadi va shu yo‘l bilan boylik orttirayotgan kishilami jamiyat hisobiga yashayotgan va boylik orttirayotgan qatlam deb ta’riflaydi.
A.Navoiy ijodining durdona asarlaridan bin 1500-yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asaridir.

  1. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g‘oyalar

Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483­1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma’lum. Xususan, Bobuming «Bobumoma» asarida, «Mubayyin» kabi to‘plamlarida iqtisodiyotga oid ma’lumotlarga, shu jumladan, soliq siyosatiga katta o‘rin berilgan. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob»da esa o‘sha davrdagi soliq, uning turlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirlladi. Bu asarlami mutolaa qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro‘y berayotgan iqtisodiy islohotlami, o'zgarishlami tahlil qilish, qisqacha xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz.
Bobuming «Mubayyin» asari qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan. Asaming nomi ham «qonunlar izohi» ma’nosiga ega.
Download 20.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling