19- amaliy mashg’ulot. Mavzu: Sovuq urganda,kuyishda (pardan,kislotadan,ishqordan) ko’rsatiladigan birinchi yordam. Muzlab qolganda yordam ko‘rsatish


Download 294 Kb.
bet3/4
Sana16.03.2023
Hajmi294 Kb.
#1272788
1   2   3   4
Bog'liq
19-Amaliy mashg\'ulot(1)

KUYGANDA YORDAM KO‘RSATISh
Kuyishlar termik, kimyoviy va elektr kuyishlar bo‘ladi, olov, bug‘, qaynoq jismlar va moddalar ta’sirida termik quyishlar; kislotalar va ishqorlar, hamda ayrim og‘ir metallarning tuzlari ta’sirida — kimyoviy kuyishlar; elektr toki va elektr yoyi ta’sirida — elektr kuyishlar sodir bo‘ladi.
Jarohatlar chuqurligi bo‘yicha barcha kuyishlar to‘rtta darajaga bo‘linadi: birinchisi-qizarish va terining shishishi; ikkinchisi — suvli pufaklar; uchinchisi — terining sirtqi va chuqur qatlamlarining o‘lishi; to‘rtinchisi-terining ko‘mirga aylanishi, mushaklar va muskul paylari, suyaklarning jarohatlanishi.
Birinchi darajali termik va elektr kuyishlarda inson tanasiga xavfli omil (olov, issiq sirt, qaynoq suyuqlik, gaz yoki bug‘ va h.) ta’siri bartaraf etilganidan so‘ng tananing kuygan joylarini ustiga sovuq suv quyish yoki 15 — 20 daqiqaga qor qo‘yish lozim. Bu og‘riqni, hamda to‘qimalarga issiqlikni ta’sir etish vaqtini va kuyish chuqurligini kamaytiradi va to‘qimalarning shishib ketishining oldini oladi.
Kuyish maydoni katta bo‘lmagan birinchi va ikkinchi darajali kuyishlarda bint yoki dokadan foydalanib, kuygan joyga steril bog‘lam qo‘yish kerak.
Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilayotganda, infeksiyalarni yuqtirmaslik uchun terining kuygan joylariga qo‘l tegizish yoki unga surtmalar, yog‘lar, moylar, vazelin surtish, ichimlik sodasi, kraxmal va h. sepish mumkin emas. Pufakchalarni yorish, kuygan joyga yopishib qolgan mum, kanifol va boshqa smolali moddalarni ko‘chirib olish mumkin emas, chunki ular ko‘chirilayotganda kuygan terini ham ko‘chirib olishi mumkin va shu bilan jarohatlangan joyga infeksiyalar yuqishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Kuygan joydan kiyim va poyafzalni echib olish mumkin emas, ularni qaychi yoki pichoq bilan kesish va ehtiyotkorlik bilan echib olish lozim.
Agar kiyim kuyib teriga yopishib qolgan bo‘lsa, uning ustidan steril bog‘lam qo‘yib, jabrlanuvchini davolash muassasasiga yuborish kerak.
Og‘ir va katta maydonli kuyishlarda jabrlanuvchini echintirmasdan toza choyshab yoki matoga o‘rab qo‘yish, ustiga issiqroq narsa yopish, bitta yoki ikkita analgin yoki amidopirin tabletkasini berish, iliq choy ichirish va shifokor kelishiga qadar tinchlik yaratib berish lozim.
Yuz kuyganda uni steril doka bilan yopib qo‘yish kerak.
Shokning dastlabki alomatlarida: jabrlanuvchining rangi keskin oqarib, tez-tez va sirtqi nafas olsa, pulsi yaxshi sezilmasa, unga tezlik bilan 20 tomchi valeriana nastoykasidan ichirib yuborish lozim.
Ko‘zlar kuyganda, bor kislotasining (yarim choy qoshiq bor kislotasining bir stakan suvdagi) eritmasiga ho‘llab sovuq latta qo‘yish va jabrlanuvchini darhol shifokorga yuborish kerak.
Elektr yoyi va elektr toki ta’sirida kuyganda jabrlanuvchini (kuyish maydonining yuzasidan qat’iy nazar) davolash muassasasiga yetkazish kerak, chunki elektr tokining organizmga ta’sir etish xususiyatlarini e’tiborga olib, u doimiy ravishda shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi zarur. Uning yuragi, jarohatlangan vaqtdan bir necha soat yoki hatto bir sutka keyin to‘xtab qolishi mumkin.
Kimyoviy kuyishda, to‘qimalar jarohatlanishining chuqurligi ko‘p jihatdan kimyoviy modda ta’sir etish vaqtiga bog‘liqdir. Shuning uchun kimyoviy moddaning kuchi (konsentratsiyasi) va ta’sir etish vaqtini imkoni boricha tezroq kamaytirish maqsadida jarohat joyini darhol krandan, rezina shlangdan yoki chelakdan oquvchi katta miqdordagi sovuq suv bilan 15 — 20 daqiqa davomida yuvish kerak.
Agar kislota yoki ishqor kiyim orqali teriga tushgan bo‘lsa, oldin uni suv bilan kiyimdan yuvib tashlash, so‘ngra esa ehtiyotkorlik bilan kiyimni kesib, ho‘l kiyimni jabrlanuvchining ustidan echib olish va shundan keyin terini yuvish zarur.
Odam tanasiga qattiq modda ko‘rinishidagi oltingugurt kislotasi yoki ishqori tushsa, uni quruq paxta yoki toza mato bo‘lagi bilan olib tashlash, so‘ngra jarohatlangan joyni suv bilan yaxshilab yuvish va ustiga quruq steril bog‘lam qo‘yish lozim.
Kimyoviy kuyishda kimyoviy moddani suv bilan to‘liq ketkizib bo‘lmaydi. Shuning uchun yuvgandan keyin jarohatlangan joyni tegishli neytrallovchi eritmalarga ho‘llangan latta bilan artish kerak.
Kimyoviy kuyishlarda keyingi yordam xuddi termik kuyishlardagidek ko‘rsatiladi.
Kislotadan kuyganda ichimlik sodasining (bir choy qoshig‘i ichimlik sodasining bir stakan suvdagi) eritmasiga latta (bog‘lam) ho‘llab bosiladi.
Kislota suyuqlik, bug‘ yoki gaz ko‘rinishida ko‘zga yoki og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan bo‘lsa, oldin ularni katta miqdordagi suv bilan chayish, so‘ngra ichimlik sodasi (yarim choy qoshig‘i ichimlik sodasining bir stakan suvdagi) eritmasi bilan yuvish lozim.
Teri ishqor ta’sirida kuyganda bor kislotasi (bir choy qoshig‘i bor kislotasining bir stakan suvdagi) eritmasiga yoki sirka kislotasining kuchsiz (osh sirkasining teng miqdorda suvdagi) eritmasiga latta (bog‘lam) ho‘llab bosiladi.
Ishqor tomchilari sachrab yoki uning bug‘lari ko‘zga va og‘iz bo‘shlig‘iga tushganda, jarohatlangan joylarni katta miqdordagi suv bilan chayish, so‘ngra bor kislotasi (yarim choy qoshig‘i bor kislotasining bir stakan suvdagi) eritmasi bilan yuvish lozim.
Agar ko‘zga qattiq kimyoviy moddaning zarrachalari tushsa, oldin ularni nam tampon bilan olib tashlash lozim, chunki ko‘zlarni yuvishda ular shilliq pardani shilib yuborishi va qo‘shimcha jarohatga sabab bo‘lishi mumkin.
Kislota yoki ishqor qizilo‘ngachga tushganida zudlik bilan shifokorni chaqirish kerak. Shifokor kelguncha jabrlanuvchining og‘zidan so‘lagini va shilimshiqlarni chiqarib tashlash, o‘zini yotqizib issiq qilib o‘rash, qorniga esa og‘riqni kamaytirish uchun “muz” qo‘yib qo‘yish lozim.
Agar jabrlanuvchida nafas siqish alomatlari paydo bo‘lsa, unga og‘zining shilliq pardalari kuyganligi sababli “og‘izdan — burunga” usuli bilan sun’iy nafas oldirish zarur.
Qizilo‘ngachga tushgan ishqorni neytrallash maqsadida jabrlanuvchi qayt qilishi uchun oshqozonni suv bilan yuvish mumkin emas, chunki kuydiruvchi suyuqlik qizilo‘ngach bo‘yicha orqaga qaytayotganida shilliq pardani yana jarohatlaydi va halqum shishib ketishi mumkin.
Jabrlanuvchiga uch stakandan ko‘p bo‘lmagan miqdorda suv ichirish mumkin, bunda qizilo‘ngachga tushgan kislota yoki ishqor suyuladi va uning kuydiruvchi ta’siri kamayadi. Jabrlanuvchiga sut yoki suvga atalab aralishtirilgan (1 litr suvga 12 dona) tuxumning oqini ichirish yaxshi samara beradi.
Teri katta hajmda kuyganida, hamda ko‘zga kislota yoki ishqor tushganida birinchi yordam ko‘rsatilganidan so‘ng jabrlanuvchini davolash muassasasiga yuborish kerak.

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling