19- amaliy mashg’ulot. Mavzu: Sovuq urganda,kuyishda (pardan,kislotadan,ishqordan) ko’rsatiladigan birinchi yordam. Muzlab qolganda yordam ko‘rsatish


ORGANLAR VA TO‘QIMALARGA BEGONA JISMLAR TUShGANIDA YORDAM KO‘RSATISh


Download 294 Kb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi294 Kb.
#1272788
1   2   3   4
Bog'liq
19-Amaliy mashg\'ulot(1)

10. ORGANLAR VA TO‘QIMALARGA BEGONA JISMLAR TUShGANIDA YORDAM KO‘RSATISh
Begona jismlar tomoqqa, qizilo‘ngachga, nafas yo‘llariga, ko‘zga, teri ostiga va h. tushishi mumkin.
Tomoqqa, qizilo‘ngachga, nafas yo‘llariga ko‘pincha ovqat yeyish vaqtida baliq va go‘sht suyaklari, hamda ish qilayotgan vaqtda og‘izga solinadigan to‘nog‘ich, knopkalar, mayda mixlar va boshqa jismlar tushishi mumkin. Bunda og‘riq paydo bo‘lishi, nafas olishning qiyinlashishi, yo‘tal tutishi, nafas siqib qolishi mumkin.
Begona jismni qizilo‘ngachdan oshqozonga o‘tishi uchun non, bo‘tqa yoki kartoshka yeyishga urinishlar ko‘p hollarda yordam bermaydi, shuning uchun albatta davolash muassasasiga murojaat qilish kerak.
Mayda zarrachalar ko‘rinishidagi (metall, tosh, yog‘och zarrachalari, qum, hashoratlar va boshqa) begona jismlar ko‘zga tushganida, og‘riq paydo bo‘ladi, ko‘z yoshlanadi va ular ko‘rish qobiliyatining buzilishi va sustlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar ko‘zga narsa tushgan bo‘lsa, uni ko‘zni (stakandan, paxta yoki dokadan, suv ichiladigan favvorachadan) suv oqizib ko‘zning tashqi burchagidan (chekadan) ichki burchagiga (burunga) qaratib yuvish yo‘li bilan chiqarish mumkin. Xuddi shuningdek, ko‘z qovog‘ini tashqariga ag‘darib toza nam paxta yoki toza dastro‘mol bilan jismni olib tashlash mumkin. Ko‘zni ishqalash mumkin emas.

45-rasm. Ko‘zni ko‘rib chiqish:
a — pastki qovoqni tortib turish;
b — tepadagi qovoqni ko‘tarish
Ko‘z pardasiga tushgan narsani o‘zicha olib tashlab bo‘lmaydi. Buni faqat tibbiyot xodimlari, iloji boricha tezroq qilishlari kerak, zarracha ko‘z pardasini qancha ko‘p vaqt davomida jarohatlasa, shuncha asoratlari ko‘proq bo‘ladi, hatto yara paydo qilishi mumkin. Ko‘zga quruq steril bog‘lam qo‘yilib (46-rasm), jabrlanuvchini iloji boricha tezroq davolash muassasasiga yuborish kerak.

46 - rasm. Ko‘z jarohatlanganda bog‘lam qo‘yish
Yumshoq to‘qimalarga (teri, tirnoq ostiga va h.) tushgan begona jismlar, ular bilan birga to‘qimalarga mikroblar kirishi bilan xavflidir, bu mikroblar begona jismning atrofida yallig‘lanish jarayoni boshlanishiga sabab bo‘ladi. Yumshoq to‘qimalardagi begona jismlarni faqat ularni oson va to‘liq olinishiga ishonch hosil bo‘lganda o‘zicha olish mumkin. Ozgina qiyinchilik paydo bo‘lsa ham shifokorga murojaat qilish kerak. Begona jism olib tashlanganidan so‘ng uning kirgan joyini yod bilan artish va ustiga steril bog‘lam qo‘yish kerak.



Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling