19-§. Murakkab kontrapunkt tasnifi


Download 182.84 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi182.84 Kb.
#1104972
Bog'liq
19-мавзу


19-§. Murakkab kontrapunkt tasnifi
Murakkab kontrapunkt turlarni aniqlash, birinchidan kontrapunktik variatsiyalanish usullarigako‘ra, ikkinchidan, uning konkret obyektlari (ovozlari, kuyi) orqali aniqlanadi. Shu bois ham murakkab kontrapunkt tasnifining asosida bir tomondan materialni o‘zgartirish usullari (ya’ni ovozlaming siljish, o‘rin almashishlar, son jihatdan o‘zgarishlar), boshqa tomondan esa strukturaning variatsiyalanish turlari (ya’ni kuylaming o‘zi, ulaming o‘zaro joylashuvi va miqdori) bo‘lishi lozim. Hosila qo‘shilishlami hosil qilish tamoyillari bo‘yicha murakkab kontrapunkt quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) harakatchan;
2) strukturaviy-o‘zgaruvchan;
3) juftlanishi bilan kontrapunkt.
Harakatchan kontrapunkt - bu bir kuyning boshqasiga nisbatan harakatlanishi. Unda kuylar o‘zi o‘zgarmaydi. Ovozlaming yo‘nalishiga ko‘ra vertikal (ya’ni balandlik bo‘yicha), gorizontal (vaqt bo'yicha), gorizontal va vertikal (ham balandlik, ham vaqt bo‘yicha) kontrapunkt uch turga bo'linadi:
a) vertikal-harakatchan kontrapunkt;
b) gorizontal-harakatchan kontrapunkt;
v) ikki yoqlama kontrapunkt (ham gorizontal, ham vertikal).
Juftlanishi bilan kontrapunkt - bu murakkab kontrapunkt turi bo‘lib, unda hosila qo'shilishlari bir yoki ikki ovozlami ko‘pincha tersiya yoki sekstaga juftlanishi bilan amalga oshiriladi.
Strukturaviy-o‘zgaruvchan kontrapunkt - bu ham murakkab kontrapunkt turi bo‘lib, unda hosila qo‘shilishlari biror bir polifonik usul bilan (aylanma, orttirish, kamaytirish, orqaga qaytuvchi yo‘l) amalga oshirilgan kuylar o‘zgarishlaridan hosil bo'ladi.
20-§. Vertikal-harakatchan kontrapunkt
Vertikal-harakatchan kontrapunkt - bu hosila qo‘shilishida ovozlar (yoki bir ovoz)ning bir-biriga nisbatan (ya’ni, biror-bir intervalga) harakatlanishidir. Hosila qo‘shilishida ovozlar harakatining quyidagi turlari kelishi mumkin:
1) ovozlardan biri harakatlanadi, boshqasi esa o‘zjoyida qoladi;
2) ovozlar bir yo‘nalish tomon harakatlanadi - ikkisi ham yuqoriga yoki ikkisi ham pastga;
3) ovozlar qarama-qarshi tomonga harakatlanadi, ya’ni yuqorgi ovoz yuqoriga, pastki esa pastga (bir-biridan uzoqlashadi) yoxud yuqorgi ovoz pastga, pastki esa yuqoriga (bir-biriga yaqinlashadi);
4) ovozlar o‘zaro o‘rin almashadilar, ya’ni yuqorgi ovoz pastga tushadi, pastdagi ovoz esa yuqoriga ko‘tariladi. Hosila qo‘shilishlardagi ovozlaming harakatida ular (ovozlar)ning har biri funksional holatini saqlab qolganda (ya’ni, yuqoridagi ovoz yuqorigi, pastdagi ovoz pastki bo‘lib qoladi), ovozlaming bunday harakati to‘g‘ri harakat deb ataladi. Agar hosila qo‘shilishida ovozlar o‘zaro o‘rin almashsa, unda ovozlaming harakati qarama-qarshi deb ataladi.
Ta’kidlashjoizki, ovozlaming bir joydan boshqasiga surilishi natijasida ovozlar o‘rtasidagi masofa o‘zgaradi - ya’ni, ortadi yoki karaayadi.
S.Taneyev.o‘zining «Qat’iy uslubning harakatchan kontrapunkti» («Подвижной контрапункт строгого письма») asarida ovozlaming bir joydan boshqasiga surilishini aniqlash uchun algebraik yo‘lni qo‘llashni tavsiya etadi. Shunday qilib, yuqorgi ovozning yuqoriga yoki pastki ovozning pastga siljishi natijasida ovozlar o‘rtasidagi masofasi (intervalika) ortadi va shu sababdan ham «+ (plyus)» belgisi bilan belgilanadi. Yuqorgi ovozning pastga, pastki ovozning yuqoriga siljishida ovozlar o‘rtasidagi masofa kamayadi va « - (minus)» belgisi bilan belgilanadi.
Chizmada bu quyidagicha bo‘ladi:

I ovoz
II ovoz

Ovozlarni vertikal bo‘yicha siljishlarini belgilash va hisoblash uchun S.Taneyev Iv (Index verticalis) belgisini kiritadi; unda «I» (indeks) - ko‘rsatkich - bu intervallar miqdori bo’lib, ovozlar unga ko‘ra muayyan intervallarga harakatlanadi; «v» harfi esa - ovozning vertikal bo‘ylab siljishini bildiradi.


Ovozlarning turli ko'rinishdagi harakatlariga misollar keltiramiz:




Download 182.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling