19 amaliy ish teshiklarni zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirish ishning maqsadi


Download 36.48 Kb.
bet1/4
Sana27.12.2022
Hajmi36.48 Kb.
#1069000
  1   2   3   4
Bog'liq
19 amaliy teshiklarni zenkovkalash, zenkerlash va yo‘nib kengaytirish


19 - amaliy ish
TESHIKLARNI ZENKOVKALASH, ZENKERLASH VA YO’NIB KENGAYTIRISH


Ishning maqsadi:
- stanoklarda, qo’l, elektr va pnevmatik mashinalar bilan parmalashda xavfsiz ishlash qoidalarini; parmalash, zenkovkalash, zen­kerlash va yo’nib kengaytirishda ishlatiladigan asbob va moslamalarni; ochiq va yopiq teshiklarni rejaga asosan, andoza va konduk­tor yordamida parmalash, teshiklarni zenkovkalash va yo’nib kengaytirish usullarini o’rganishlari;
- parmalash, zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirishda xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish; stanokni belgilangan rejimga sozlash va boshqarish; moclamalapdan foydaaanib, turli xil parmalash, zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirish; qo’l parmalar va tartaraklar bilan ishlash; parmalarni charxlash; parmalash va yo’nib kengaytirishda jadvallarga qarab va hisoblash yo’li bilan kerakli kesish rejimini aniqlash kabi amallarni egallashlari lozim.
Ishning vazifasi:

  1. Teshiklarni zenkovkalash.

  2. Teshiklarni zenkerlash.

  3. Teshiklarni yo’nib kengaytirish.

Taxminiy ish ob’ektlari: po’lat arra stanogi ramkasining ashyolari, parallel gira jag’lari, cho’yan taxtachalar, reysmas asosi va hokazo.
Jixozlar va asboblar:
20 mm. gacha diametrda parmalovchi stanok, charxlash burchagi 60, 90 va 120° li konus zenkovkalar, turli tsilindrsimon va konussimon (qo’l va mashina) razvyortkalar, turli kalibrli tiqinlar, har xil konus kalibrlar.
Moslama va materiallar: parallel gira, mashina girasi, razvyortkalar uchun turli parmadastalar, mineral moy, emulьsiya.



Teshiklarni zenkovkalash

1 Konus zenkovka bilan murvat (parchinmix) kallagi uchun joy o’yish —zenkovkalash.

1.Zagotovka parmalash stanogi stoliga o’rnatilib, maxkamlanadi. Zagotovkada chizma bo’yicha berilgan diametrda teshik parmalanadi. Stanok to’xtatiladi va zagotovka stoldan olinmay, parma mos keladigan konus zenkovka bilan almashtiriladi. Sta­nok sekin aylantirilib (ko’pi bilan 100 ayl/min) va zenkovka qo’lda surilib, chizmada ko’rsatilgan o’lchamgacha teshik zenkovkalanadi.

2.Doimiy yo’naltiruvchi (tsapfali) tsi­lindrik zenkovka bilan murvat (sharnirli birikma)ning tsilindrik kallagi uchun uch zenkovkalash.




2.3enkovkaning doimiy yo’nalti­ruvchi (tsapfa)si diametriga mos parma bilan teshik parmalanadi: stanok 60—100 ayl/min.ga sozlanib, ishga tushiriladi va vaqti-vaqti bilan uya chuqurligi o’lchanib, zenkov­kalash amalga oshiriladi; zenkovkalashda, albatta, emulьsiya qo’llanib, zenkovka qo’lda surilib bajariladi; zarur bo’lganida, teshik chizmada ko’rsatilgan o’lchamgacha parmalanadi.

Teshiklarni zenkerlash

1 Teshikni chizmada ko’rsatilgan o’lchamgacha zenkerlash.




1.Jadvalga binoan tanlanadigai zenkerlash qo’yimini hisobga olib, parma bilan teshik parmalashdan oldin kerakli diametrdagi (quyida berilganlardan) parma tanlanadi. Parma diametri — 16—55, 56—65, 66—76 mm.
Zenkerlash uchun qo’yim — 2,5, 3,0, 3,5 mm.
Parma diametri — 5- 24, 25 -35, 36—45 mm.
Zenkerlash uchun qo’yim — 1,0, 1,5, 2,0 mm.
Stanok to’xtatiladi va zagotovka sta­nok stolidan olinmay, parma tegish-li tsilindrik zenker bilan almash-tiriladi.Stanok zenkerlash uchun parmalash rejimlariga asosan sozlanib, ishga tushiriladi va zenker mexanik usulda surilib, parron teshik zenkerlanadi


Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling