Parmalash dastgoh uchun ish tartibini belgilash. Ishdan maqsad


Download 283.45 Kb.
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi283.45 Kb.
#1757380
  1   2   3   4
Bog'liq
6-lab AU


Parmalash dastgoh uchun ish tartibini belgilash.
Ishdan maqsad: Talabalarni parmalash dastgohi bilan tanishtirish va parmalash jarayonlarini o‘rganish. Parma yordamida teshilgan teshiklarni zenkerlash va razvertkalash.
Umumiy ma’lumot:
-YAxlit materialda teshiklar ochish jarayoni parmalash deb ataladi. Quyish, shtamplash yoki boshqa usullardan olingan teshiklarning o‘lchamini kengaytirish parmalab kengaytirish deyiladi.
Parmalash va parmalab kengaytirishdagi asosiy asboblarga har xil tip va o‘lchamdagi parmalar, jihozlarga esa parmalash dastgohlari va dastaki parmalash mashinalari kiradi. Teshikka ishlov berish uchun asbob bir vaqtda ikki xil asosiy harakat (kirish harakati) aylanish harakat va surish harakati o‘q yo‘nalishida ilgarilanma harakat oladi. Bunda asbobning har bir nuqtasi vint chiziq bo‘yicha harakatlanadi.
Qirindi yaxshi chiqib ketmasligi sababli perosimon parmalar kam, asosan, pog‘onali teshiklarni parmalashda va oz miqdorda buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Spiral parmalar rasmda bilan parmalaganda qirindi yaxshi chiqib ketadi. Ularda ikkita spiral ariqcha bo‘lib, ular kesuvchi qirralar hosil qiladi, qirindini chiqarib yuborish va sovitish suyuqligini keltirish uchun xizmat qiladi. Ariqchalar o‘qqa burchak asosida qiya yotadi.
Ish qismi: kesuvchi konussimon va yo‘naltiruvchissilindrik qismlariga bo‘linadi.


41-rasm. Parmalash.

Parmalash va parmalar kengaytirish yo‘li bilan 5-sinf aniqlikdagi ayrim hollarda 4-klass aniqlikdagi va sirt Rz=320..80 g‘adir budurlikdagi teshik olish mumkin. Agar teshikning sirti bundan ham sifatli bo‘lish talab qilinsa, parmalangandan so‘ng teshik qo‘shimcha ishlanadi, ya’ni zenkerlanadi va uyib kengaytiriladi.
Parmalar. Slessarlikda perosimon va spiral parmalar ishlatiladi.
Perosimon parma 26-rasimda quyruqli kurak shaklida bo‘ladi. Uning kesuvchi qismi uchburchak shaklida bo‘lib, uchidagi burchagi va orqa burchagi .

Kesuvchi qismda rasm v, ikkita kesuvchi qirra va ular orasida burchak asosida ko‘ndalang qirra (perimechka) yotadi. Parmalash paytda peremichka metalni qirqmaydi, balki kiradi. U parmani bir tomonga surishga va teshikni bo‘zishga intiladi. Peremichka ariqchalar orasida uzak borligi tufayli hosil bo‘ladi. Uning o‘lchami parma deametrining 0,15-0,2 ulishini tashkil etadi. Kesuvchi qirralar orasidagi burchak ya’ni konus uchidagi burchak qirqish jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi: bu burchak kattalashganda asbobning mustahkamligi oshadi, lekin surish uchun ko‘proq kuch talab qilinadi; burchak kichrayganda qirqish osonlashadi, ammo parmaning kesuvchi qismi kuchsizlanadi.Parma tishining qismi qirquvchi qirraga perpindukulyar yo‘nalishda pona shaklida bo‘ladi.
Yo‘naltiruvchi qism parmani teshikka yo‘naltiradi va uni charh uchun zapas hisoblanadi. Ishqalanishni kamaytirish uchun tishning orqasi yo‘nib qo‘yiladi, yo‘naltirish uchun ikkita ensiz lentacha qoldiriladi. Parmaning teskari konusligi ham ishqalanishini kamaytirishga yordam beradi. Parma diametri quyruqqa tomon har 100mm uzunlikka 0,03-0,12mm kichrayib boradi.
Spiral parmaning quyrug‘issilindrik hamda konusimon bo‘lishi mumkun. (41-rasm). Silindrik quyruqli parmalar diametri 20mm gacha qilib tayyorlanadi. Quyruq parma ish qismining davomi hisoblanadi. Uning uch qismi silliq yoki uchida kemtigi bo‘ladi.ssilindrik quyruqli parmalar uch seriyaga bo‘linadi: uzun (diametni 1,95-20mm), o‘rtacha uzunlikda (diametni 0,25-20mm), kalta (diametni 1-20mm). Asbobsozlikda diametri 0,1-1mm bo‘lgan parmalar ham ishlatiladi.
Konusimon quyruqli parmalarni diametri 6-80mm bo‘ladi. Bunda quyruq Morze konus bilan hosil qilinadi. Morze konuslari nomerlar bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
Parmalar uchun 1,2,3,4,5 va 6 nomerli konuslar qo‘llaniladi.


A) B)

Download 283.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling