19 II bob. Vegetativ ko’payish va uning turlari
Download 497.31 Kb.
|
mahlubax
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. Vegetativ ko’payish va uning turlari
- III BOB. O’simliklarning ayrim bo’laklari yordamida ko’payish
- Mavzuning dolzarbligi .
MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….4 I BOB. O’simliklarning ko’payishi haqida tushinch……………………….5 1.1. Jinsiz ko’payishi…………………………………………...8 1.2. Jinsiy ko’payish …………………………………......19 II BOB. Vegetativ ko’payish va uning turlari ……….20 1.1. Ildizpoya, tugunaklar va piyozboshlar yordamida ko’payish …………….20 2.2. Jingalaklar, palaklar yoki gajaklar bilan ko’payishi…………… 2.3. Ildiz bachkilari yordamida ko’payish…………………….. III BOB. O’simliklarning ayrim bo’laklari yordamida ko’payish …………..23 3.1. Parxish qilib ko‘paytirish. ………………………..23 3.2. Qalamchalar yordamida ko‘paytirish ……………………………………...24 3.3.Tuplarni bo‘lish bilan ko’paytirish……………………………………….26 4.4. Payvandlash. Xulosa………………………………………………………………………29 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….30 KIRISH Har qanday tirik organizm uchun nafas olish, oziqlanish, rivojlanish, ko‘payish va oxirida nobud bo‘lish kabi jarayonlar xosdir. Barcha tirik organizmlarning o‘ziga o‘xshash yangi individlarni hosil qilishi ko’payish deb ataladi. O’simliklar dunyosida ko’payish usullari juda xilma-xildir. O‘simliklar dunyosida ko‘payishning turli xili mavjud. Tuban va yuksak o‘simliklar uch xil ko’payish: jinssiz, vegetativ va jinsiy ko’payish usullari bilan ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda yangi organizm ikki xil hayotiy xususiyatga ega bo‘lgan jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilishidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham jinsiy ko‘payish jinsiy yangilanish deb ham yuritiladi. Jinssiz ko‘payish ham jinsiy ko‘payish ham maxsus ko‘payish uchun xizmat qiluvchi hujayralar yordamida sodir bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida ko‘payishdir. Sporaning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u ikkinchi bir hujayra bilan qo‘shilmay turib, yangi individ hosil qiladi. Ikkinchidan, u ona o‘simlikdan har doim ajralib chiqib, ushbu turni uzoq masofalarga tarqalishini ta’minlaydi. O‘simlik sporalari uning tarqalishida va ko‘payish jarayonida har xil rol o‘ynashi mumkin. Ko‘pchilik yashil va qo‘ng‘ir suv o‘tlari hamda zamburug‘lar sporalarining o‘sishi natijasida ona organizm o‘xshash yosh individ rivojlanadi va ko‘payish jarayonini tugallaydi. Suvo‘tlar va barcha sporali yuksak o‘simliklarda yangi individning qayta tiklanishi faqat sporalar yordamida ko‘payish bilan jinsiy jarayonlarning birgaligida amalga oshadi. Mavzuning dolzarbligi . Vegetativ ko'payish tufayli o'simliklar tezda joylashib, yangi hududlarni egallaydi. Ba'zi hollarda urug'larni ko'paytirish qiyin va vegetativ ko'payish yagona mumkin bo'lgan usuldir. Bundan tashqari, vegetativ ko'payish odamlar tomonidan qishloq xo'jaligi va manzarali o'simliklarni ko'paytirishda faol qo'llaniladi, chunki. qimmatli nav xususiyatlarini saqlashga imkon beradi. Urug’idan yaxshi ko’paymaydigan o’simliklar hamda yo’qolib ketishi xavfi bor o’simliklarni saqlab qolish uchun vegetativ ko’paytirishdan foydalanish maqsad qilingan. Yangi navlarni yetishtirish uchun ham bu ko’payish turidan foydalanish nazarda tutilgan. Download 497.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling