4. Jingalaklar, palaklar yoki gajaklar bilan ko’payish. Sudralib o‘sadigan o‘simliklar yer usti novdalari yoki gajak (mo‘ylab)lari yordamida ko‘payadi. Palak otib, o‘rmalab o‘suvchi o‘simliklar (qulupnay, g‘ozpanja, o’rmalavchi sebarga) shunday usulda ko‘payadi. Gajakning tuproqda tegib turgan qismi qo‘shimcha ildiz hamda kurtak chiqarib, yangi o‘simlikni hosil qiladi. Ikki yil davomida bir tup qulupnaydan 200 gacha o‘simlik hosil bo‘ladi.
2.3. Ildiz bachkilari yordamida ko’payish
5. Ildiz bachkilar yordamida ko’payish. Ildiz bachkilar ildizda endogen yo‘li bilan qo‘shimcha kurtakning rivojlanishidan hosil bo‘ladi. O‘simliklar ildiz bachkilari yordamida tez ko‘payib, katta-katta maydonlarni egallaydi. Har qaysi novda o‘zining qo‘shimcha ildizlariga ega, shuning uchun ular alohida ekilsa ham nobud bo‘lmaydi. Bunday o‘simliklarga daraxtlar, butalar va ba’zi o’t o’simliklar: olcha, gilos, terak, akatsiya, do‘lana, zirk, maymunjon pechak, kakra, qizilmiya, bo’ztikon va boshqalar misol bo’ladi.
III BOB. O’simliklarning ayrim bo’laklari yordamida ko’payish
Daryo bo’yi va to’qayzorlarda o’suvchi ba’zi bir tol va terak turlari uchun xarakterli. Tollarning shamol yoki suv ta’sirida ajralgan bo’laklari loyga ko’milib qolishidan yangi individ o’sib chqadi.
O’simliklarni vegetativ yo’l bilan ko’paytirish usullaridan inson qadimdan mevali va rezavor mevali o’simliklarni ko’paytirishda, sabzavotchilikda, o’rmonchilik va gulchilikda foydalanib kelgan. Vegetativ ko’payish mazkur jarayonni tezlashtirish va maxsus sharoitlarga rioya qilgan holda qimmatli navlarni sof holda saqlab qolish imkonini ham beradi.
Sun’iy vegetativ ko’payishning ham bir necha usullari ma’lum:
1. Parxish qilib ko‘paytirish. O‘simlik novda va shoxlari yoysimon shaklda yerga egiladi hamda novdasining uchi yerdan chiqib turadigan qilib ko‘miladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng novdaning ko‘milgan qismida qo‘shimcha ildizlar paydo bo‘ladi, shundan keyin parxishni ona o’simlikdan ajratib boshqa joyga ko‘chirish mumkin. Parxish qilinadigan novdaning tilinishi tez ildiz otishiga yordam beradi. Parxish asosan erta bahor yoki kuzda qilinadi. Tut, anor, tol, tok, krijovnik, qoraqat anjir va ba’zi bir chinniguldoshlar, yukka, dratsenalar parxish qilib ko‘paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |