19-kazusga javob Jinoyat tarkibi


Download 14.62 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi14.62 Kb.
#1500576
Bog'liq
19-kazus


19-kazusga javob
Jinoyat tarkibi:
Jinoyatni to’g’ri tahlil qilish uchun uning tarkibini aniqlab olish zarur. Jinoyat tarkibi deb, jinoyat huquqida jinoyat qonuni bilan belgilangan, aniq ijtimoiy havfli qilmishni jinoyat, deb baholash uchun zarur obʼektiv va subʼektiv belgilar yigʼindisi tushuniladi. Jinoyat tarkibining belgilari quyidagilar: jinoyat obʼekti, jinoyatning obʼektiv tomoni, jinoyat subʼekti va jinoyatning subʼekti tomoni.
Jinoyat ob’ekti – jinoiy tajavuz qaratilgan va anashu tajavuz orqali unga zarar yetkailishi mumkin bo’lgan ijtimoiy munosabatdir.Mazkur vaziyatda “Asli gulzor’’ mol-mulki ya’ni uyiga nisbatan huquqi, jinoyatning ob’ekti hisoblanadi.
Jinoyatning obʼektiv tomonini shaxsning ongli hatti-harakati tashkil etadi. A. Axunov o’zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida bosqinchilik qilishga harakat qilishlari , jinoyatning ob’ektiv tomonidir.
Jinoyat sub’ektijismoniy aqli raso, jinoiy qonunda belgilangan muayyan yoshga yetgan shaxs hisoblanadi. Bosqinchilik sub’ektlari voyaga yetgan shaxslar.
Jinoyat sub’ektiv tomoni – deb shaxsning oʼzi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga va uning oqibatlariga uning ruhiy munosabatini ifodalaydi. Sub’ektiv tomondan bosqinchilik qasddan qilingan. J.K ning 21-moddasi 3 – qismiga ko’ra : Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi. Chunki jinoyat tashkilotchisi, dalolatchisi yoki yordamchisining qilmishi faqat to’g’ri qasddan qilinadi.
Avvalo jinoyat tarkibiga to’htalamiz.Bular jinoyatning obyekti, obyektivligim, subyekti, subyektivligi hisoblanadi.Bu holatda jinoyatning obyekti ozganing mulki yani “Asli Gulzor” xk ning qozonlarga bolgan egalik huquqi hisoblanadi. Obyektivligi bu Axunovning o’zganing mulkini tslon taroj qilish maqsadida sodir etishi yani,oz ishini javobgarligini bilgan holda g’arazli niyatda sodir etganligi sanaladi. Jinoyatning subyekti bu A. Axunovning o’zi hisoblanadi.Bunda uning aqli raso sog’lomligi inobatga olinadi.Subyektivligi esa jinoyatni to’gri qasddan sodir etganli sanaladi. Bular Axunov sodir etgan jinoyat ishining tarkibi hisobladi. Bunda shaxs noqonuniy yo’l bilan boylik orttirish sababi ham hisobladi.

Jinoyat belgilari:
Jinoyatning belgilari to’rt turga bo’linadi bular: ijtimoiy xavflilik, ayblilik, huquqga zidlilik, jazoga loyiqlilik hisoblanadi. Qonun bilan qo’rqlanadigan buyum, inshoat kabi vositalarga zarar yetkazish, o’g’rilik qilish bu ishning jamiyat uchun ijtimoiy xavfli deb topilishiga sabab boladi.Axunovning ishi qasddan sodir etilishi esa uning ishini aybli deb topadi. Qonun bilan taqiqlangan ishni sodir etilishi bu huquqga zidlilik hisobladi. Huquqga zid ishning belgilangan tartibda sodir etilishi albatta jazoga olib keladidan omil hisobladi.
Xulosa:
A. Axunov tomonidan sodir etilgan jinoiy ish tamom bo’lmagam jinoyat ishining jinoyat ishiga tayyorgarlik ko’rish va jinoyatni qasddan sodir etish kabi turlariga kiradi. Bu ish Jinoyat kodeksining 25-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Hamda bu 169-modda 2-qismining g bandi bo’yicha o’zganing mulkini yashirin tarzda talon taroj qilish deb topilib eng kam ish haqqining 300 barobarigacha jarima, 2 yildan 3 yilgachaga axloq tuzatish, yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlik mahrum qilish kabi bandlariga taalluqli deb topilishiga sabab bo’ladi. Jinoyatga sanksiya qilish bo’yicha 58-modda bo’yicha tamom bo’lmagan jinoyatlarga jazo qo’llash bandlariga ko’ra 169-moddaning har biri jazo turi uchun 3/4 yani to’rtdan uch qismi bo’yicha jazoga loyiq deb topiladi. A. Axunov tomonidan sodir etilgan jinoyat ijtimoiy xavfli deb topilib, jinoyatni qasddan sodir etganligi uchun jazoga loyiq deb topildi. Bu jinoiy ish jinoyat belgilarining 4 ta belgisiga mos kelganligi uchun jinoiy ish deb topildi.
Download 14.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling