Abdurashidov Jasurbek (ix-80) O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosati


Download 25.29 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi25.29 Kb.
#1429748
Bog'liq
1 mavzu testO‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish


Abdurashidov Jasurbek (IX-80)
O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosati
Test 15 ta

  1.  Jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish ……….. nima deb ataladi?

  1. Jinoyat

  2. Qonunbuzarlik

  3. Huquqbuzarlik

  4. Tavakkalchilik

  1. Qilmish jinoyat ekanligini aniqlash uchun quyidagi umumiy belgilar uni ifodalay oladimi?

  1. Qilmishning ijtimoiy xavfliligi, aybning mavjudligi, jazoga sazovorligi

  2. Qilmishning ijtimoiy xavfliligi, aybning mavjudligi

  3. Qonunbuzarlikni oldini olish choralari

  4. Jinoyat predmetlarini oshkor etish

  1. Jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra necha turga bo’linadi?

  1. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan, ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlinadi.

  2. Ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlinadi.

  3. Ma’muriy qonunbuzarlik, ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlinadi.

  4. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, Ijtimoiy xavfi katta boʻlgan, oʻta ogʻir jinoyatlar

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarning necha turi belgilangan?

  1. 6 turi

  2. 5 turi

  3. 3 turi

  4. 4 turi

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarning belgilangan turlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

  1. Kam ahamiyatli qilmishlar, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish, buyruq yoki boshqa vazifalarni ijro etish, kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq asosli tavakkalchilik

  2. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish, buyruq yoki boshqa vazifalarni ijro etish, kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq asosli tavakkalchilik

  3. Zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish

  4. Buyruq yoki boshqa vazifalarni ijro etish, kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq asosli tavakkalchilik, Kam ahamiyatli qilmishlar, oxirgi zarurat

  1. Ijtimoiy xavflilik bu - ………….?

  1. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan manfaatlar (obyektlar)ga zarar yetkazilishi yoki shunday zarar yetkazish xavfi hisoblanadi.

  2. Bu faol xulq-atvor bo‘lib, nafaqat shaxs tana a’zola-rining (jismoniy) harakatida ifodalanadi, u aytilgan so‘zlar, ruhiy tahdidlar (qo‘rqitishlar)da ham namoyon bo‘lishi mumkin.

  3. Passiv xulq-atvor bo‘lib, bajarilishi shart yoki mumkin bo‘lgan majburiyatni bajarishning real imkoni bo‘la turib bajarmaslikda ifodalanadi.

  4. qonunda jinoyat deb belgilangan harakat-larni bajarmaslikdan iborat bo‘lib, bunda kelib chiqqan oqibatdan qat’i nazar, harakatni bajarmaganlik faktining o‘zi aybdor shaxsni javobgarlikka tortish uchun yetarli hisoblanadi.

  1. Huquqqa xiloflilik bu …………?

  1. Ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini ifodalaydi. Bu belgi qonuniylik prinsipining “qonunda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, demak jinoyatning o‘zi yo‘q” degan qoidasidan kelib chiqadi. 

  2. Huquqiy hodisa sifatida o‘ziga xos jihatlarni ifodalov-chi ma’lum bir belgilarga egadir.

  3. Obyektiv tomondan harakat va harakatsizlik yig‘indisidan iborat bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, harakat va harakatsizliklar natijasi hisoblanadi. Bunday jinoyatlar ko‘pincha ma’lum bir qoidani buzish bilan bog‘liq bo‘ladi.

  4. Bu faol xulq-atvor bo‘lib, nafaqat shaxs tana a’zola-rining (jismoniy) harakatida ifodalanadi, u aytilgan so‘zlar, ruhiy tahdidlar (qo‘rqitishlar)da ham namoyon bo‘lishi mumkin.

  1. Qachon O’zbekiston Respublikasining “Jinoyat, jinoyat protsessual hamda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlardan oldin esa, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qonunda ozodlikdan mahrum qilishga nisbatan yengilroq jazolar nazarda tutilgan jinoyatlar kiritilgan edi?

  1. 2001-yil 29-avgustda

  2. 2003-yil 13-sentabrda

  3. 1999-yil 23-oktabrda

  4. 2011-yil 11-martda

  1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qaysi moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foyda-lanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar”, - deyiladi?

  1. 223-moddasi 3-qismida

  2. 222-moddasi 2-qismida

  3. 198-moddasi 3-qismida

  4. 176-moddasi 2-qismida

  1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Basharti shaxsga nisba-tan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod etiladi.”, - deyiladi.

A) 211-moddasining 4-qismida
B) 223-moddasining 2-qismida
C) 220-moddasining 3-qismida
D) 205-moddasining 2-qismida


  1. O’zbekiston Respublikas Jinoyat kodeksining qaysi moddasida jinoyatlarning tasnifi jinoyatning moddiy va formal belgilarini birlashtiradi?

  1. 15-moddasida

  2. 27-moddasida

  3. 17-moddasida

  4. 82-moddasida

  1. ……….. ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat va jamoat tartibi, boshqaruvning belgilangan tartibi va hokazolar hisoblanadi. Bu huquq sohasining umumiy obyekti – jamiyat hayotining ma’lum bir sohasi-dagi fuqarolarning yurish-turish qoidalari hisoblanadi.

Nuqtalar o’rniga mos keluvchi to’g’ri javobni toping.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2- va 10-moddalariga ko‘ra

  2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasiga ko’ra

  3. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 13- va 24-moddalariga ko’ra

  4. O‘zbekiston Respublikasi jinoiy protsessual kodeksining 24-va 31-moddalariga ko’ra.

  1. ……. - Har qanday jinoyat uchun jazo tayinlanishining muqarrarligini bildiradi. Jazo esa sud hukmi bilan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasidir. 

  1. Jinoyatning jazoga sazovorlik belgisi

  2. Aybdorlik

  3. Jinoiy huquqqa xiloflilik

  4. Huquqqa xiloflilik

  1. Jinoyat qonunida berilgan jinoyat tushunchasi nechta jinoyat-huquqiy institutdan iborat?

  1. Uchta

  2. To’rta

  3. Oltita

  4. Beshta  

  1. Jinoyat qonunida berilgan jinoyat tushunchasining jinoyat-huquqiy institutlarini sanab o’ting.

  1. Jinoyat qonuni, jinoyat, jazo institutlari.

  2. Mulkiy sherikchilik, jinoiy tafovut, jazo, ayblilik

  3. Jinoiy tarafkashlik, qasdli g’arazgo’ylikga qarshi, jinoiy taftish, jazo, ayblilik

  4. Jinoyat va jazo qonuni, ma’muriy, huquqbuzarlikka qarshi, tomonlar tengligi.

Download 25.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling