19-ma’ruza. Avtomatikaning funksional elementlari


Analog-raqam o’zgartkichlari (ARU)


Download 0.69 Mb.
bet6/8
Sana14.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1460805
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19-ma’ruza. AVTOMATIKANING FUNKSIONAL

Analog-raqam o’zgartkichlari (ARU). Avtomatik boshqarish, rostlash va boshqa tizimlarida datchiklarning axbaroti analog ko‘rinishida olinadi. Ushbu axbarotni raqamli boshqarish qurilmalarga yoki EXM larga kiritish uchun ARU lar hizmat qiladi.
Ko‘pincha ARU lar kuchlanish yoki tok ko‘rinishidagi kirish signalini par-allel yoki ketma-ket ko‘rinishdagi ikkala yoki ikki-o‘nli raqamli kodga o‘zgartiradi. Uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikni uning ma‘lum vaqt t ichida oniy qiymati bilan almashtirish vaqt bo‘yicha kvantlash deb ataladi. t vaqt intervali kvantlash qadami deb ataladi, o‘zgartirish chastotasi esa f=1/t kvatlash chasto-tasi.
Kvantlash qadami ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism davrida analog sig-nali raqam ko‘rinishiga o‘zgartiriladi, ikkinchi davrida esa rezistrga yozilib undan moslamani boshqa qismlariga uzatiladi. Bu yerda bu kirish signali haqidagi qiymat axbarotga aylantiriladi. Analog signalini raqam signaliga o‘zgartirishi o‘zgartgichining razryadlar maksimal soni bilan aniqlanuvchi darajada erishish mumkin. Bu tamoyil satx bo‘yicha kvantlash ataladi. Ko‘p tarqalgan ARU lardan biri integrallash usulida ishlaydigan o‘zgartkich. O‘z navbatda bu usul yana bir necha guruhga ajratsa bo‘ladi: bir qiyalik, ikki qiyalik ARU lar (5.5.-rasm).
Bu ARU chiziqli tavsifnoma va kichik narhga ega. Uning ish sikli 3 davrga ega; birinchi — nolning korreksiyasi ikkinchi — kirish signalning integrallash va uchinchi — tayanch kuchlanishini integrallash. Birinchi davrda siljish kuchlanishini rostlash yo‘li bilan signalning avtomatik korreksiyasi amalga oshiri-ladi. Shu davrning o‘zida SA2 kalit yordamida o‘zgartgichning kirishi massa bi-lan tutashadi va hato haqidagi axborot S2 kondensator yordamida xotiraga kiri-tiladi.



5.- rasm. Ikki qiyalik integrallash ARU si. a-prinsipial sxemasi, b-vaqt diagrammasi.


TKG-tayanch kuchlanish generatori NAKS-nulning avtomatik korreksiya sxe-masi. TIG-takt impulslar generatori. BK- boshqarish qurilmasi. IX- impulslar hisoblagichi. Ikkinchi davr mobaynida kirish signali integrallanadi va takt impulslarni bir nechasi hisoblanadi. Bu davrning ohirida DA1 integratorning chiqishida kirish signalning qiymatiga proporsional signal hosil bo‘ladi.


Uchinchi davrda DA1 integratorning kirishiga kirish signalning o‘rniga teskari qutbli tayanch kuchlanishi uzatiladi. Buning natijasida integratorn-ing chiqish kuchlanishi kamayadi. Shu vaqtning o‘zida takt impulslarining soni hisoblanadi. Kuchlanishning kamayishi DA2 komparator belgilagan kuchlanishi-gacha davom etadi.
Agar T 2 birinchi intervalning davomiyligi T3 ikkinchi intervalning davomiyligi chiqish signalning raqam qiymati quyidagicha aniqlanadi:



Ushbu ARU larning aniqligi faqat tayanch kuchlanishning stabilligiga bog‘liq.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling