19-ma’ruza. Avtomatikaning funksional elementlari


Avtomatik eslab qolish uskunalari


Download 0.69 Mb.
bet7/8
Sana14.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1460805
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19-ma’ruza. AVTOMATIKANING FUNKSIONAL

Avtomatik eslab qolish uskunalari. Avtomatik eslab qolish uskunalari (AEU) signalini yozish, saqlash va tarqat-ish uchun xizmat qiladi. Eslab qolish uskunalarida barcha ma‘lumotlar hisoblash-ning ikkilik sistemasiga o‘zgartiriladi va saqlanadi. Eng oddiy eslab qolish uskunalari perfokartalar va perfolentalar hisoblanadi. Bu uskunalar eslab qolish va yozish tezligi juda past, taxminan 100 sifr/sek. Shu sababli bunday uskunalar hozirgi kunda qiymatlarni hisobga olish va hisoblash na-tijalarini olish uchungina xizmat qiladi. Magnitli motorlarda ma‘lumotlarni yozish uchun magnitli ovoz yozish usu-lidan foydalaniladi. Bu usulda yozish signali magnit lentasini yaqinda joylashadi-gan magnitli golovkaga uzatiladi. Lentaning bir qismi magnitlanadi va magnitlan-ish holati signal to‘xtagandan keyin ham saqlanib turadi. Impulsning qutblanish holatiga qarab turlicha qutblangan yulakcha hosil qillinadi, ya‘ni «0» va «1» son-lariga mos keladi. Magnit lentasining magnitlangan qismidagi qatori magnit yo‘lakchasini hosil qiladi, hisoblash esa magnitli galovka orqali amalga oshiriladi. Bu vaqtda cho‘lg‘amda e.yu.k hosil qilinadi, ya‘ni «0» va «1» sonlariga mos ke-ladi. Bu usulning afzalliklari: katta miqdorda saqlash qobiliyatiga ega va saqlash muddati chegaralanmagan. Kamchiliklari: harakatlanuvchi qismlarini mavjudligi, kerakli ma‘lumotlarni olishda kutish holati.
Katta ma‘lumotlarni olish, yozish va saqlash uchun triggerlar ishlatiladi (trig-ger-2ta elektron lampadan va 2ta tranzistorlardan tashkil topgan bo‘ladi.Trigger yordamida eslab qolish qurilmasining sxemasi 1-rasmda keltirilgan.



6-rasm. Triggerli registr sxemasi.

Bu sxema (registr) 4-ta triggerlardan (T1…T4) va 3ta kechikish liniyasi (L3-liniya zaderjka)dan va L3 rezistorlar va kandensatorlar zanjiridan tuzilgan bo‘ladi. Masalan registorda 13-sonini yozish kerak. Ikkilik sistemasida 1101 shaklida va o‘nlik sistemasida (1*23+1*22+0*21+1*20) ko‘rinishida almashtiriladi. Registrga sonni kiritishdan oldin registrdan oldingi yozuvlar o‘chiriladi, har bir triggerning chiqishida «0» raqami o‘rnatiladi.


Birinchi razryad uzatilganda T1 triggerni chiqishida «1» raqami paydo bo‘ladi, registr bo‘yicha esa «1000». So‘ng kirishga «siljish» impulsi keladi va T1 trigger chiqishida yana «0» paydo bo‘ladi. «1» ni yozish paytida T1 chiqishida musbat impuls hosil bo‘ladi va bu impuls T2 ga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Siljish impulsi ta‘sirida esa manfiy impuls hosil bo‘ladi va L3 (kechikish liniyasi) orqali T2 trig-gerni kirishiga ta‘sir qiladi va uni chiqishida «1» raqamini yozadi (endi registrda «0100» yoziladi). Keyingi etapda T1 holati o‘zgarmaydi va kelayotgan siljish im-pulsi sonni bir razryad o‘ngga siljitadi, ya‘ni («0010»)3.
Keyingi uchinchi impuls «1» T1 registrga 1 raqamini yozadi («0010»)3 siljish impulsi esa 1 raqamini T1 va T3 triggerlaridan T2 va T3 triggerlariga o‘tkazadi, ya‘ni («0010»)3 . Nihoyat oxirgi impuls T1 triggerga yoziladi va regis-trda kerakli son «1101», ya‘ni 13 raqami paydo bo‘ladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling