19-ma'ruza neft, tabiiy gaz va suvlarni tayyorlashda issiqlik almashinish uskunalari. Reja
Download 0,68 Mb. Pdf ko'rish
|
19-Ma\'ruza
19-MA'RUZA Neft, tabiiy gaz va suvlarni tayyorlashda issiqlik almashinish uskunalari. REJA: 19.1. Issiqlikni almashtirib beruvchi uskunalar 19.2. Qobiq quvurli issiqlik almashinish apparatlari. 19.1. Issiqlikni almashtirib beruvchi uskunalar Gaz konlarida va gazkimyo majmualaridagi issiqlikni almashtirib beruvchi qurilmalar gaz va gazli kondensat konidagi hamda gazni qayta ishlash zavodlaridagi qurilmalarda isitish, sovutish, suyuqlik, gaz, bug‘ va ularning aralashmalarini kondensatsiyalash va bug‘latish uchun mo‘ljallangan. «Quvur quvurda yoki quvur ichida quvur», kojuxli quvur turlari va havoni sovutish uskunalari qo‘llaniladi. «Quvur quvurda» issiqlik almashtirgichlari bir oqimli bo‘lib, qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan xillari mavjud. Qismlarga ajralmaydigan issiqlik almashtirgichlar tashqi diametri 25-60 mm bo‘lgan va diametri kichik bo‘lgan issiqlik almashtiruvchi quvurlardan tayyorlanganda qismlarga ajraladigan turi 76-168 mm bo‘ladi. «Quvur quvurda» issiqlik almashtirgichlarning ichki va tashqi diametrlari quyidagicha bo‘lgan turlari ishlab chiqariladi: Ichki quvurning tashqi diametri, mm 60 76 89 108 133 159 Tashqi quvurning tashqi diametri, mm 89, 108, 133 108, 133 133,15 9 159, 194 194, 219 219 «Quvur quvurda» issiqlik almashtirgichlari issiqlik almashtiruvchi quvurlarni almashtirish yoki iflosliklardan tashqi yuzasini mexanik tozalash maqsadida vaqti- vaqti bilan chiqarib olish talab qilinmaganda qo‘llaniladi. Issiqlik almashtiruvchi quvurlar tashqi yuzasini mexanik tozalash zaruriyati tug‘ilganda ajratish yoyli issiqlik almashtirgichdan foydalanadilar. Uglerodli po‘lat tashqi va ichki devorlari orasidagi maksimal yo‘l qo‘yilgan haroratlar farqi 50° C, zanglamaydigan po‘latdan esa 40 °C. Ishchi muhit harorati manfiy -40 - +450 °C, shartli bosim: issiqlik almashtiruvchi quvurning tashqarisida 1,0; 2,5 va 6,4 MPa , ichkarisida esa - 1,0; 1,6; 4,0; 10,0 i 16,0 MPa . 13.1-rasmda «quvur quvurda» issiqlik almashtirgich tasvirlangan bo‘lib, u issiqlik almashtirgichning umumiy maydoni 75 m 2 (har seksiya 25 m 2 dan) bo‘lgan uchta seksiyadan tarkib topgan. Quvur ichidagi ishchi bosim 16,0 MPa, quvurlar orasidagi bosim esa 5,5 MPa. Quvurlar orasidagi haroratning o‘zgarishi +30 - –50 °C. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichlar «quvur quvurda» issiqlik almashtirgichga nisbatan qo‘llanish imkoniyatlari keng. Bu metall sarfi kamligi va gaz sanoati uchun yangi turdagi kojux quvurli issiqlik almashtirgichlarning ishlab chiqarilganligidadir. Gaz sanoati ob'ektlarini loyihalashtirishda VNIIneftmash tomonidan ishlab chiqarilgan standart kojux quvurli issiqlik almashtiruvchi qurilmalar qo‘llaniladi. Gaz sanoatida asosan namunaviy sxemalar bo‘yicha gaz tayyorlash qurilmalari uchun texnik talablar bo‘yicha neft uskunalari «Markaziy konstruktorlik byurosi» (SKBN) tomonidan ishlab chiqarilgan maxsus vazifani bajaruvchi kojux quvurli issiqlik almashtirgichlardan foydalanadilar. Download 0,68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling