3-mavzu: Shtangen asboblar


Download 138.75 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi138.75 Kb.
#1340619
Bog'liq
3--mavzu


3-mavzu:
Shtangen asboblar
Shtangenasboblar mashinasozliqsa ko’p qo’yalaniladi. Udardan de-tallarning ichki, tashqi diametrlari, uzunligi, eni, qalinyaigi, chuqurligi va boshqa qismlarini o’lchashda foydalaniladi.
Shtangensirkullarning uch turi — ShS-1, ShS-P, ShS-Sh ishlatiladi. Ularning o’lchash chegaralari har xildir: 0—125 mm (ShS-1); 0-160 mm (ShS-I); 0-400 mm (ShS-Sh). Nonius bo’yicha sanoqvdri 0,1 mm (ShS-1) va 0,05 mm (ShS-I va ShS-Sh).
Shtangensirkul ShS-1 bilan tashqi, ichki o’lchamlar va chuqur-likni o’lchash mumkin (366-rasm). Shtangasi (1)ning bshta uchida o’lchash jag’lari (2 va 7), ikkinchi uchida chizg’ich (6) bo’lib, undan chuqurlik-ni o’lchashda foydalaniladi. Shtanga bo’ylab qo’zg’aluvchi ramka jag’lari suriladi. O’lchash jarayonida shtangaga qisqichni (4) vint bilan mah-kamlab qo’yiladi. Shtangensirkulning ostki jag’i (7) tashqi, ustki jag’i (2) esa ichki o’lchamlarni o’lchash uchun xizmat qiladi. Ramka-ning qsya qirrasi (3)ga nonius shkala (5)si zarblangan.
Noniusning bitta bo’linma oralig’i 19:10=1,9 mm. gateng. Bu kattalik millimetrning butun sonidan 0,1 mm. ga kam, ya’ninoniusningsanoqboshi — 0,1 mm. Jag’lar yopiq turgan holatda noniusning boshlan-g’ich shtrixi nolinchi shtrix bilan ustma-ust tushadi. O’lchavdsa ostki (7) jag’ bilan o’lchanayotgan detal orasidan yorug’lik o’tmasligi kerak.
Detalni o’lchashda shtan-gensirkulni o’ng qo’lga olib, chap qo’l bilan shtanga jag’i-ni yoki detalni (agar uning o’lchamlari katga bo’lmasa) ush-lab turish kerak. Surgichni mikrosurish vinti bilan qoti-rib, o’ng ko’l bilan ramkaii su-rilganda, jag’lar tekshiriladi-gan yuzaga tegib tursin. Ramka-ni yeyilmaydigan qilib qoti-rib qo’yiladi. Shtangensirkulni detalga perpendikulyar qilib o’rnatish kerak, o’lchash chizig’i-da qiyshayish bo’lmasin, u noto’g’ri o’rnatilganda ko’rsatish ortib ketadi.
Shtangensirkul ShS-N yuqori aniqpiqda o’lchash imkonini beradi. Asbobning ustki jag’i o’tkirlangan bo’lib, undan rejalash ishla-rida foydalaniladi. Suriluv-chi ramkaning shtangasi nisbatan aniqo’rnatish uchun mikrometrik surish (vint-gayka) mexaniz-mi bilan ta’minlangan.
Shtangensirkul ko’rsatkichnni o’qish. Shtangensirkulni ko’zning ro’parasida tutib, millimetrlarning butun sonlarini o’ngga qaratib, noniusning nolinchi shtrixi bilan sanaladi va nonius-ning shtanga shkalasi shtrixi bilan ustma-ust tushadigan shtrixi topiladi. Millimetrning yuzdan bir ulushlarini ifodalovchi chap-dagi yaqinroq raqamga sanoq boshi katgaligini nonius qisqa xinning tartib raqamiga ko’paytirishdan chiqqan natija qo’shiladi.




Turli yuzalarni o’lchashda shtangensirkulning ko’rsatkichlarini o’qish misollari 368-rasmdako’rsatilgan.
Shtangensirkul ShS-Sh tashqi va ichki o’lchashlarda qo’llanila-di (370-rasm, a). U ramka (1), uning qisqichi (2), mikrometrik surish ramkasi (3) va uning qisqichi (4), millimetrlarga bo’lingan shtanga (5) dan iborat bo’lib, o’lchash va ko’rsatkichlarni o’qish ShS-P dagidek amalga oshiriladi (370-rasm, 6). Ichki o’lchamlarni o’lchashda jag’larning qalinliga qo’shib hisoblanadi.
Shtangenglubinomer bilan berk teshik, chuqurlik, o’yiq va ariq-chalarni o’lchanadi. Uning o’lchash chegarasi 0—250 mm (nonius bo’yicha sanoq boshi 0,1 mm).
Shtangenglubinomer (371-rasm) ramka (7) li asos (8), nonius (1), ramka qisqichi (2), millimetrlarga bo’lingan shtanga (4), mik-rometrik surish vinti (5), gaykasi (6) hamda qisqich (3) dan ibo-rat. Asbobning yassi asosi (8) va shtanga toresi (9) o’lchov sirti vazifasini bajaradi. O’lchashdan oddin asbobning nolinchi holati tekshirib ko’riladi. Natijasi esa shtangensirkul kabi hisoblana-di (asosiy shkala bo’yicha butun millimetrlarnI) nonius bo’yicha millimetr ulushlarini).
Ayrim hollarda qo’l yetmaydigan chuqurliklarni uchi egilgan shtanga bilan o’lchanadi.
Shtangenreysmas tekis yuzadan va rejadan balandlikni o’lchash uchun xizmat qiladi. U asos (7) ga mahkamlangan shkalali shtanga (6), to’xtatgychly vinTX4), ramKa (5), mikrometrik surish qurilma-si (3), almashuvchi oyoqchalar (1), oyoqchalarni mahkamlash vinti (2) dan iborat.
O’lchashda chap qo’l bilan asosni taxtaga bosib, oyoqchani o’lchanadi-gan sirtga qo’yiladi (372-rasm, a). Keyin o’ng qo’lda mikrometrik


Foydalanilgan adabiyotlar
1. J.R.Kulmuxamedov. Chilangarlik ishlari. -Toshkent: O’qituvchi, 2003.
2. Chilangarlik ishlari buyicha amaliy ishlar. -M.: VO’sshaya shkola, 1999.
3. Spravochnik molodogo slesarya po texnicheskomu obslujivaniyu i remontu avtomobiley. -M.: VO’sshaya shkola, 1989.
4. V.M.Berkov. Texnik O’lchov. (albom) -M.: VO’sshaya shkola, 1983.
5. N.I.Maknenko. Chilangarlik ishi umumiy kursi. -M.: VO’sshaya shkola, 1998.
6. V.S.Starichkov. Slesarlik ishlari buyicha amaliyot. -M.: Mashinostroyeniye, 1983.
7.V.A. Skakun. Chilangarlik ishiga O’rgatish buyicha qo’llanma. -M.: VO’sshaya shkola, 1982.
Download 138.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling