19-Maruza; O‘rish apparatlari, turlari va asosiy parametrlari. Motovilo. Vazifasi, turlari, tuzilishi, sozlanishi, kinematikasi


Tiraksiz o‘rish apparatlari poyadagi tolalarni kesmasdan uzib olishi sababli ko‘proq energiya sarflaydi


Download 1.27 Mb.
bet2/6
Sana09.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1470762
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19-maruza.

Tiraksiz o‘rish apparatlari poyadagi tolalarni kesmasdan uzib olishi sababli ko‘proq energiya sarflaydi.



Tirakli o‘rish apparatlari segment-barmoqli va ikki segmentli bo‘ladi. Bunday apparatlarda poya qo‘zg’almas barmoq 1 tig’i bilan qo‘zg’aluvchan segment tig’i 2 orasida siqilib, oddiy qaychi qirqqandagidek kesiladi (220- rasm).
Aksariyat o‘rish apparatlariga egiluvchan cho‘yandan tayyorlangan barmoq o‘rnatiladi. Unga maxsus po‘latdan yasalgan almashuvchan o‘rnatma tig’ (223- rasm) qotiriladi. Kerakli vaziyatda segment tig’i va barmoqning o‘rnatma tig’lari charxlanib yoki yangisiga almashtirib qo‘yiladi. Ammo, ayrim hollarda (masalan, „Keys“ g’alla kombaynida) po‘latdan tayyorlangan barmoq o‘rnatilib, ularga o‘rnatma tig’ qo‘yilmaydi. Bevosita barmoqning o‘zidan yasalgan tig’lar o‘tmas holatga kelganida ularni ta’mirlash talab qilinadi.
Kombayn o‘rgichlarida segment-barmoqli (220- a rasm) va ikki segmentli (220- b rasm) o‘rish apparatlaridan foydalaniladi.
Segment-barmoqli o‘rish apparatlari tiraksiz o‘rish apparatlariga qaraganda o‘simlik poyalarini maydalab yubormaydi va isrofqilmaydi, energiyani ham kam sarflaydi. Lekin segmentning ilgarilama-qaytarma harakatidagi inersiya kuchining o‘zgaruvchanligi tufayli o‘rish mashinalari tezligini oshirish imkoniyati cheklangan. Barmoqsiz, ikki segmentli apparatlar bir tomonga yotib qolgan g’alla ekinlarini yoki ayqash bo‘lib qolgan sholi va dukkakli ekinlarni o‘rishda qo‘llaniladi.

220- rasm.Tirakli o‘rish apparatlari:
asegment-barmoqli; bikki segmentli; 1 — barmoq; 2 - segment; 3 — poya




Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling