19-Maruza; O‘rish apparatlari, turlari va asosiy parametrlari. Motovilo. Vazifasi, turlari, tuzilishi, sozlanishi, kinematikasi
Download 1.27 Mb.
|
19-maruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 231- rasm. Segment o‘radigan maydonlarni aniqlash
- 233- rasm. Motovilo turlari
- 234- rasm. Motovilo parragining trayektoriyasi
- Tezyurar kombayn motovilosining kinematik rejim ko‘rsatkichi kichikroq qo‘yiladi.
- S m /z=
segment bir tomonga harakatlangandagi umumiy о’riladigan maydon F, sm2;
segment bir barmoq yordamida о‘radigan maydon fb, sm2. Segment o‘radigan maydon Fva bir barmoqda o‘riladigan maydon fbo‘zaro quyidagicha bog’lanadi: fb = kFs (136) k — proporsionallik koeffitsiyenti (segmentlar oralig’i t va barmoqlar oralig’i tb laming qiymatiga bog’liq). Baland o‘radigan o‘rish apparatida segment o‘radigan maydon F (231- a rasm) segment chetki nuqtalarining trayektoriyasi (SDF) va birinchi barmoqning o‘q chizig’i I—I bilan chegaralanadi. Pichoq 2- holatdan 3- holatga o‘tganda uning AB tig’i CF barmoqqa to‘qnashib, poyalarni o‘rish boshlanadi. Bunday apparatlarda t0=tbo‘lgani uchun, k= 1 ga teng, demak, fb=F bo‘lib, bu yerda, F = LS, sm2-, L — krivoship yarim aylangandagi mashinaning bosib о’tgan yo‘li, sm; S — segmentning qatnov yo‘li, sm. Past o‘radigan apparatlarda ham segment o‘radigan maydon F= LS ga teng bo‘lib, ammo o‘rtadagi barmoq F (231- b rasm) maydonni bir-biriga teng bo‘lmagan f1 va f2 bo‘lakka bo‘ladi. f1 = 0,68F va f2 = 0,32 F ekanligi aniqlangan. Demak, k = 0,68 va k=0,32 ga tengdir. Pichoq bir qatnashida ikki joyda qirqadigan baland o‘radigan apparatda (215- d rasm) segment o‘radigan maydon (segmentning AB tig’i 2- holatdan 3- holatga o‘tganda) birinchi va ikkinchi barmoqlarda o‘riladigan maydon f1 = 0,32F, f2= 0,18 F, demak, k=0,32, k=0,18 ga tengdir. Bundan f = f1 + f2= 0,32 + 0,18 = 0,5 F; f = 0,5 F. 231- rasm. Segment o‘radigan maydonlarni aniqlash: о— baland o‘radigan, b— past o‘radigan, d —bir qatnashda ikki joyda baland o‘radigan apparatlar. Poyani sifatli qirqish uchun har bir barmoqqa f = 60-80 sm2 maydondagi boshoqli ekin poyalari o‘rilishini rejalashtirish kerak. Ishlayotgan mashinaning tezligi Vm esa yuqorida aniqlangan f, nk, SvaК parametrlarining miqdoriga mos holda bo‘lishi kerak, ya’ni: 10-§.Motovilo Vazifasi vaturlari.Motovilo 4 (218- rasm) ma’lum miqdordagi g’alla poyalarini o‘rish apparatiga engashtiradi, o‘rish apparati poyani kesayotganda uni suyab turadi, apparat ustiga qirqilib tushgan poyalarni sidirib o‘rgich transportyori 9 ga irg’itadi. Motovilolar tuzilishi va ish bajarishiga ko‘ra qo‘zg’almas parrakli, ekssentrikli, universal (parallelogrammsimon), moslanuvchan turlarga bo‘linadi. Qo‘zg’almas parraklimotovilo(233- a rasm) val 4, krestovina (chig’iriq) 3, parraklar 1 dan tashkil topgan. Motovilo o‘z o‘qi atrofida aylanib, o‘rgich bilan birga ilgarilama harakat qiladi.Bunday turdagi motovilo tik holatdagi ekinlarni o‘rishga qoniqarli yordam beradi.Biroq, yotib qolgan g’allani o‘rib-yig’ishda esa poyani yerdan ololmaydi, aksincha, boshoqlarni urib, donni to‘kib yuboradi. Ekssentrikli (parallelogrammli) motovilo.Yetaklovchi val 4 ,nur2, parrak 1, krivoship 13, ekssentrikli krestovina 10 va parrak engashish burchagining rostlash dastagi 9 dan tashkil topgan. Yotib qolgan g’allani o‘rishda ekssentrikli motovilodan foydalaniladi (233- b rasm). Bu motoviloning parraklari ekssentrik o‘rnatilgan maxsus moslama yordamida o‘ziga-o‘zi parallel holatini saqlab aylanadi va ekin poyasining uzunligi bo‘ylab kirib, uni o‘rish apparatiga engashtirib beradi. Natijada parrak boshoqlarga urilmay, donning to‘kilishini kamaytiradi. Ekssentrikli motovilo tik o‘sgan va yotib qolgan g’allalarni o‘rishda qoniqarli ishlagani bilan bo‘yi past don ekinlarini o‘rib, shnekka yaxshi uzatib bera olmaydi. Moslanuvchan motovilo(233- d rasm) val4, nur 2, jilov 12 va g’altak harakatlanadigan murakkab shakldagi yo‘lakcha ABC dan tashkil topgan. Past bo‘yli ekinlarni o‘rib-yig’ishda poyaning o‘rilgan (qismi) bo‘yi kalta bo‘ladi va shu sababli o‘rish apparatining ustida to‘planib qolishi mumkin. Bu esa maqsadga muvofiq emas. Bunday hollarda parraklari o‘rish apparatiga juda yaqin kelib, unga moslanadigan va uni o‘rilgan poyalardan tozalab, shnekka uzatib beradigan moslanuvchan motovilo qo‘llaniladi. Motoviloni sozlash.Shuni esda tutish kerakki, motovilo parragichetining aylanma tezligi, boshoqli ekinlarni yig’ib olishda 2,5 m/s dan oshmasligi kerak, aks holda parraklar o‘rilayotgan g’alla boshoqlaridagi donni ko‘proq to‘kib yuborishi mumkin. Motoviloning aylanish tezligi o‘rgichning ishlash sharoitiga ko‘ra rostlanadi. Ko‘pgina o‘rgichlarda motoviloning tezligini mashina yurib turganida kabinadan o‘zgartirish mumkin.Agar bu ham kifoya qilmasa, motovilo validagi yetaklovchi yulduzchani almashtirish bilan o‘zgartirish lozim.Motovilo parraklari o‘rish apparatiga parallel bo‘lishi shart. Uning vali shunday balandlikda o‘rnatilgan bolishi kerakki, bunda uning parraklari o‘rilayotgan poyaning og’irlik markazidan balandroq va boshog’idan pastrog’iga tegib, uni o‘rish apparati tomon egishi kerak. 233- rasm. Motovilo turlari: a — qo‘zg’almas parrakli; b — ekssentrikli (universal, parallelogrammsimon); d — moslanuvchan; 1 — parrak; 2 — nur; 3 — chig’iriq; 4 — val; 5—kergich; 6— shnek; 7—o‘rish apparati; 8— quvur (truba);9 — prujinali barmoqlar; 10 — ekssentrik o‘rnatilgan chig’iriq;II — ekssentrik o‘rnatiladigan chig’iriqning ichki gardishi;12 — jilov; 13 — krivoship. Agar parraklar o‘rilayotgan poyaning og’irlik markazidan pastroq joyiga tegsa, o‘rilgan mahsulot o‘rgich korpusidan oshib o‘tib, yerga to‘kilishi mumkin. Agar parraklar poyaning og’irlik markazidan pastrog’iga tegsa, mahsulotlar o‘rish apparatiga nisbatan teskari tomonga engashib (yiqilib) yerga tushadi. Poyaning og’irlik markazi taxminan uni balandligining ustki 1/3 qismida joylashgan deb qabul qilish mumkin bo‘ladi. Motoviloni eng pastga tushirganda, parraklar bilan o‘rish apparati orasidagi masofa 10—25 mm, parraklar bilan o‘rgich shnegi orasidagi masofa kamida 15 mm bo‘lishi kerak. O‘rish apparatidan motovilo valigacha (gorizontal tekislikda) bo‘lgan masofa S (motoviloning oldinga surilishi,218-rasm), o‘rish apparatining ustini o‘rilgan poyalardan tozalashda va uni shnekka uzatishda muhim ahamiyatga ega. Ko‘pgina o‘rgichlarda motovilo valining oldinga chiqishi bilan uning balandligini bir vaqtda o‘zgartiradigan (blokirovka qiladigan) maxsus mexanizm bor. Bunday mexanizm bo‘lgan holda, motovilo valini segmentga nisbatan oldinga 60—70 mm ga surib, ramaga o‘rnatiladi. Agar g’alla juda baland yoki yotib qolgan bo‘lsa, motovilo vali ko‘proq oldinga suriladi. Past bo‘yli ekinlarni o‘rishda motovilo vali segmentga 20-50 mm masofagacha yaqinlashtiriladi. Shuningdek, vertikal tekislikka nisbatan parraklaming engashish burchagi α ham o‘zgartirib turiladi. G’alla zich o‘sgan bo‘lib, poyalarining balandligi 80-100 sm bo‘lsa, α= 0 dan 15° burchak ostida (233- rasm) qo‘yiladi. Yotib qolgan g’allani o‘rishda motovilodan parraklar yechib olinadi va ochiq qolgan tirmasi esa α=+15° dan +30° gacha burchak ostida engashtiriladi. 11-§.Motovilo kinematikasi Motovilo parragi ish jarayonida murakkab harakatga ega, ya’ni o‘z o‘qi atrofida burchak tezligi bilan aylanishi natijasida Vp = R nisbiy tezlikka va mashina bilan birgalikda ilgarilanma harakatining tezligi Vm bo‘lgan ko‘chirma tezlikka ega. Natijadaparrak ish jarayonida murakkab ko‘rinishdagi egri chiziqli trayektoriya bo‘yicha harakatlanadi (234- rasm). Motovilo parragi o‘z vazifasini to‘liq bajarishi uchun Vp>Vm bo‘lishi kerak. Bu tezliklarning o‘zaro nisbati motoviloning kinematik rejim ко’rsatkichi deyiladi: (144) Agar > 1 bo‘lsa, parrakning harakat trayektoriyasi cho‘ziq sikloida (234- a rasm) shaklida bo‘ladi va eng pastki holatida parrak orqaga harakatlanayotib poyalarni o‘rish apparatiga engashtirib beradi. Agar <1, ya’ni Vp< Vm bo‘lsa, aksincha, parrakning harakat trayektoriyasi qisqa sikloida (234- d rasm) bo‘lib, u poyalarni o‘rish apparatiga emas, balki teskari tomonga engashtiradi. Natijada o‘rilgan poyalar yerga yiqilib, hosil nobudbo‘ladi. Agar =1, ya’ni Vp=Vm bo‘lsa, parrak trayektoriyasi sikloida (234- b rasm) bo‘lib, poyalarni o‘rish apparatiga engashtirmaydi, demak, o‘z vazifasini bajarmaydi. 234- rasm.Motovilo parragining trayektoriyasi: a — cho‘ziq sikloida; b — sikloida; d — qisqa sikloida.
Amalda ning qiymati g’alla hosildorligiga, poyalarning zichligi va baland-pastligiga, yotiqligiga, poyalarning o‘zaro ayqashish holatiga va kombayn tezligiga qarab 1,2-2 oralig’ida tayinlanadi. Vmqanchalik katta bo‘lsa, parrakning absolut tezligi joiz bo‘lgan miqdoridan oshmasligi uchun kichikroq qabul qilinadi. Bu holda, kombayn tezligi katta bo‘lgani sababli, o‘rilgan poyalar o‘z inersiya kuchi ta’sirida o‘rgichning ustiga yiqiladi. Motovilo o‘z o‘qi atrofida bir marta aylangandagi mashinaning bosib o‘tgan yo‘li quyidagicha ifodalanadi: Sm=Vmt, m; bu yerda, Vm — mashina ilgarilanma harakatining tezligi, m/s; t — motoviloning bir marta aylanishiga ketgan vaqt, s. Motovilo parraklari ta’sirining qadami: Sz = Sm/z= 2πR/z. (145) z— parraklar soni. Parrakni ekinga bo‘lgan zarbasining soni (mashina 1 m ga siljiganda) quyidagicha aniqlanadi: K=1/Sz=z/2πR. (146) Zarbalar soni ortishi bilan boshoqdagi don yerga ko‘proq to‘kiladi va nobudgarchilik ortadi. Zarbalar soni tezlikka va parraklar soniga bog’liq bo‘lib, katta tezlikda ishlayotgan mashinalar uchun ularning sonini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Besh parrakli motovilo qo‘yilgan o‘rgichga qaraganda, uch parrakli motovilo o‘rnatilgano‘rgichning ish jarayonidagi nobudgarchilik 1,5-2 marta kam bo‘ladi. Motovilo parragining poyalarga nisbatan zarbasi kamroq bo‘lishi uchun uning absolyut tezligi pastga yo‘nalgan, ya’ni A holatida bo‘lishi (218- a rasm) (demak, parrak А burchagiga burilgandan so‘ng), parrak poyalar orasiga kira boshlashi kerak. Bu holda absolyut tezlikning gorizontal tashkil qiluvchisi Vx = 0 ga teng bo‘ladi. Demak, bundan: sinа= Vm/Vp= 1/yokiа = arcsin 1/deb aniqlanadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling