19-ma’ruza. Yig‘ma temir-beton konstruksiya va elementlarini tashish va yig‘ish ishlari. Reja


-rasm. Bortli avtomobillarda temir beton detallarni tashishda talofatlanishdan saqlash qurilmalari


Download 0.49 Mb.
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1161626
1   2   3   4   5
Bog'liq
19-маъруза lotin (1)

19.2-rasm. Bortli avtomobillarda temir beton detallarni tashishda talofatlanishdan saqlash qurilmalari:
a- plitalarni tashish uchun kassetalar chizmasi; b- T-shaklidagi detallarni tashish uchun shablon chizmasi; v- G-shaklidagi detallarni tortqichlar bilan mahkamlash chizmasi; g-bortli avtomobillarda plitalarni yotiq holatda joylashtirish; d–ikki o‘qli avtotirkama platformasida kasetadagi plitalar; e – bortli avtomobil korxonasidagi shablonlarda kichik deametrli quvurlar; j – katta diametrli quvurlar zvenosining bortli avtomobil yukxonasida tik holatda joylashishi.

Qurilish maydonchasiga keltirilgan betonlar mukammal ko‘riladi uning o‘lchamlari, shuningdek beton sirti va ko‘tarish ilgaklari butligi tekshiriladi. Detallarda sezilarli talofatlar aniqlanganda texnik nazorat xodimi uni ishlatish masalasini hal etadi.


Qabul qilingan detallar inshoot kotlovaniga shunday joylashtiradiki, bunda yig‘ish paytida kran to‘siqsiz detallarni yig‘iladigan inshootga uzatishi kerak. Detallarni taxlashda katta bo‘lmagan inshootlar qurilishda kran bir joydan turib detallarni uzatishni imkonini inobatga olishi kerak.
Qurilish maydonchasiga detallarni tashishni tashkil etishda qat’iy o‘rnatilgan grafik bo‘yicha detallarni bevosita yig‘iladigan inshootga transport vositasidan uzatish maqsadga muvofiq. Bunday ishni tashkil etish eng ilg‘or hisoblanib, «g‘ildirakdan inshootni yig‘ish» nomini olgan.
Yig‘ma temir beton detallaridan inshoot yig‘ish quyidagi operatsiyalarni o‘zi ichiga oladi: detallarni kotlovandagi ishchi holati joylariga uzatish; ishchi holatda detallarni vaqtincha mahkamlash; ishchi holatda detallarning to‘g‘ri o‘rnatilganini tekshirish; loyihaviy holatga detallarni yakuniy mahkamlash; detallar orasida chok va ulangan joylarni berkitish.
Temir beton detallar ishchi holatdagi joyiga kranlar bilan uzatiladi. Kran texnik ko‘rsatkichlari yig‘iladigan detallar o‘lchamlari va vazniga mos kelishi kerak. CHunki har bir inshoot bo‘yicha yig‘ish ishlari deyarli kam, inshootlar orasidagi masofa esa nisbatan uzoq, u holda 30-35 km/soat tezlikda harakatlanadigan avtokranlari ishlatish ma’qul. Ba’zi hollarda ekskavator-kranini ishlatish mumkin, ammo ularning harakatlanish tezligi atiga 3-3,5 km/soat. Yig‘iladigan detallarni kran ilmagiga mahkamlash tajribali yig‘uvchiga topshirilib, uning detallarni ishonchli mahkamlashi, ko‘chirish va ish holatida o‘rnatishda butligi ta’minlanishi kerak. Detallarni ilish uchun maxsus qamrovchi moslamalar – stroplar, traversalar, xomutlar, xalqa shaklidagi qamragichlar ishlatiladi (19.3-rasm).
Detalni kerakli joyga uni sekin tushirgan holda (zarba va silkinishlarsiz) o‘rnatadi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling