19-ma’ruza. Yig‘ma temir-beton konstruksiya va elementlarini tashish va yig‘ish ishlari. Reja
–rasm. GES yig‘ma temir beton elementlarini mantaj qilish sxemasi
Download 0.49 Mb.
|
19-маъруза lotin (1)
19.1 –rasm. GES yig‘ma temir beton elementlarini mantaj qilish sxemasi
1–yuqori yuk ko‘tarish qobilyatiga ega bo‘lgan ko‘priksimon kran ( 100, 150, 200, 250t ) 2 – yirik temir beton elementi ( 50,75, 100….200t ). 3 – GES mashina zalining murakkab temir beton elementi ( 10, 15, 20, 25, 30 t ) 4 – qoplamalar uchun yig‘ma temir - beton elementlari. 5 – minorali kran ; 6 – GES binosining pastki b’efi bo‘limlari qurilishi uchun yig‘ma temir – beton elementlari; 7 – suv xaydovchi quvur qoplamalarning yig‘ma – monomet elementlari. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalari va elementlarini yig‘ish ishlari quyidagi jarayonlardan iborat: - yig‘ma temirbeton konstruksiyasi yoki elementini joylashish o‘rnini tayyorlash; - konstruksiya yoki elementlarni yig‘ish jarayoniga tayyorlash, konstruksiya yoki elementlarning loyixaviy ishchi chizmalarga mos kelishini, tayyorlanishi va olib kelinish sifatini, yig‘ish qurilmalarining to‘g‘riligini tekshirish; - kran bilan konstruksiya yoki elementlarni ko‘tarish uchun kerakli asbob – uskunularni tayyorlash; - konstruksiya yoki elementni yig‘ish joyiga uzatish; - konstruksiya yoki elementlarni o‘rnatish va vaqtinchalik mahkamlash; - maxsus qurilmalar yordamida konstruksiya yoki elementlarni loyihaviy o‘rnashish holatiga keltirish; - yakuniy maxkamlash va payvandlash ishlarini bajarish va vaqtinchalik mahkamlashlarni echish; - konstruksiya va elementlarning inshoot qismlariga biriktirilgan joylarini betonlashtirish va ishlov berish. Yig‘ish jarayonini boshlashdan oldin eng asosiy talablardan biri – konstruksiya yoki elementning hujjatlarini tahlil qilish va ayniqsa ularning massasining yig‘ish krani yuk ko‘tarish qobiliyatiga mos kelishi shart. Yig‘ish ishlari jarayonida dastlabki bosqichdagi konstruksiya yoki element to‘liq o‘rnatilib bo‘lmasdan, keyingi bosqich montaj ishlariga o‘tish mumkin emas. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalaridan inshoatlar tiklanganda, ularni o‘zaro bog‘lash va maxkamlash eng asosiy va qiyin masalalardan hisoblanadi. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarining birlashmalari yig‘ish jarayonida ko‘p mehnat talab qiladi, ya’ni konstruksiyadan chiqib turgan armaturalarni to‘g‘irlash, tekislash va sifatli payvandlash, birlashmalarga kichiq qoliplarni o‘rnatish va kam miqdorda beton qorishmasini quyish, zichlash va hakoza ishlar ko‘p mehnat talab qiladi. SHunga qaramasdan konstruksiyalar birlashmalari talab darajasida sifatli tekislanishi kerak. SHundagina birlashmalardan suv sizib o‘tishi nabi salbiy holdatlar oldi olinishi mumkin. Temir beton plitalarini qurilish maydonchasiga keltirish quyidagilardan iborat: transport vositalariga detallarni ular tayyorlangan joyda yoki qurilish bazasi omborlaridan yuklash; detallarni qurilish maydonchasigacha tashish; transport vositasidan detallarni tushurish va ularni qurilish maydonchasiga taxlab qo‘yish. Transport vositalariga detallarni yuklash qurilish ombori yoki etkazib beruvchi tashkilotdagi mavjud kranlar bilan bajariladi. Asosiy detallarni odatda yuk ko‘tarish ko‘rsatgichi 4-10 t bo‘lgan bortli avtomobilllarda tashiladi. YUpqa devorli va uzun o‘lchamli detallar qurilish maydonchasiga yarim tirkama pritseplar va panel tashigichlarda keltiriladi. Temir beton detallarini tashishda bir-biriga tegishidan, qo‘zg‘alishi va yiqilib ketishi oldini olish uchun maxsus echiluvchi va doimiy shablon, kasseta, homut, tortqichlar ko‘rinishidagi moslamalar ishlatiladi (19.2-rasm). Detallarni qurilish maydonchasiga grunt yo‘llarida yoki hatto detallardan tashib keltirgani uchun yo‘l sifatiga bog‘liq holda detallarni tashishda avtotraksprot tezligi 10-25 km/soatdan oshmasligi kerak. Transport vositasidan detallar o‘zi yurar hartumli kranlar bilan tushiriladi. Bu kranlar inshootni qurishda detallarni uzatish uchun ham ishlatiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling