9 mavzu: ishchi joylar tashkil qilish reja
Download 28.86 Kb.
|
9 MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Elektrmontaj ishlarini tashkil qilinishining umumiy prinsiplari
9 MAVZU: ISHCHI JOYLAR TASHKIL QILISH Reja: 1. Elektr montaj ishlarini bajarishning umumiy prinsiplari 2. Elektr montaj ishlarni bajarishga tayyorlash 3. Elektrmontaj ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi 1. Elektrmontaj ishlarini tashkil qilinishining umumiy prinsiplari Elektr montaj ishlari- qurilish ishlari tizimining bir qismi hisoblanadi va qurilish shartnomasi tarkibiga mos ravishda qurilish shartnomasida bajarilishi o„rnatilgan muddatda ishni bajarish bo„yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda ishni bajarish tashkil qilinadi. Ish bajaruvchi ishni bajarishni o„z zimmasiga oladi, buyurtmachi esa pudratchi ishni bajarishi uchun kerakli shart- sharoit yaratib beradi, bajarilgan ishlarni qabul qiladi va haq to„laydi. Buyurtmachi bo„lib yuridik shaxs (korxona, tashkilot), moliya vositasiga ega bo„lgan (investorlar) tashkilotlar hisoblanadi. Elektr montaj ishlarini moliyalashtirish, kengaytirish, qayta qurish va elektrtermik ob‟ektlarini qayta texnik jihozlash yangi qurliishga mo„ljallangan kapital harajatlar bo„limi hisobidan olib boriladi. Elekt rmontaj ishlarini bajarishda pudratchi bo„lib, odatda elektr montaj tashkilotlari va shaklidan qatiy nazar, o„rnatilgan tartibda soliq tashkilotlari va elektr montaj ishlarini bajarish litsenziyasiga ega va boshqa hujjatlari, tashkilotning mutaxassisligini tasdiqlovchi va sifatini kafolatlovchi hujjatlar bo„lishi yetarli hisoblanadi. Yirik hajmli elektr mntaj ishlarida ishni bajarishni xohlaganlar ko„p va bir necha talabgorlar raqobat bo„lganida ularni tanlashda buyurtmachi raqobat (konkursli) tender tashkil qiladi. Elektr montaj tashkilotlari ish faoliyati davrida qurliish-montaj maxsulotlari, iste‟molchilar qiziqishini va ularning huquqini himoya qilish maqsadida litsenziyalanadi. Kafolatlar buyurtmachi tomonidan bajaruvchiga shikoyat muddati bajarish shartnomasida aniqlanadi va elektr montaj ishlari bo„yicha odatda 1-2 yilni tashkil qiladi. Bajarish shartnomasi asosiy qonuniy hujjat bo„lib xizmat qiladi, pudratchi va buyurtmachi orasida munosabatlarni rostlovchi hisoblanadi. Bunday shartnoma ayrim hollarda ish bajarilishi, inshootni to„la tayyorlanganligi bilan tugaydi. Bunda to„la investitsiyali to„la bajariladigan davrli loyihalashga (ulash) kiritilishi, quriliish, elektr montaj, ishlarini rostlash ishlari va ob‟ektni ishlatishga topshirish ko„zda tutilgan. Tizimli yoki alohida qurliish ish turlari bajarilishi uchun, misol: ishga tushirish rostlash ishlari, bajaruvchi boshqa-maxsus mutaxassis yollanma ish bajaruvchi tashkilotlarni (subnaryadchilarni) jalb qilishi mumkin. Bu holatda pudratchi bosh bajaruvchi lavozimini egallaydi. Asosiy elektr montaj ishlari bajarilish bosqichlari 1.1. rasmda ko„rsatilgan. Elektr montaj ishlarini olibborishga tayyorlash, ko„pincha ob‟ekt qurliish bo„lim jihozlari montaj ishlarini bajarishga qabul qilishda, buyurtmachi qarshisida barcha ishlar turlari o„z vaqtida bajarilishi, shartnomada ko„zda tutilgan, va kerakli sifatda bajarilishi bosh pudratchiga yuklanadi. Pudratchi, ishlarni loyiha-smetasiga mos ravishda rejalashtiradi va kelishilgan narxda va ishlarning bajarilish, hajmini aniqlovchi, ish tartibi va narxida olib boriladi. Loyiha hujjatlari elektr montaj ishlarini bajarilishini belgilovchi me‟yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi kerak: qurilish me‟yorlari va qoidalari (QMvaQ);
iste‟molchi elektr jihozlarini texnikaviy ishlatilishi qoidalari (IEQTIQ). 1.1 rasm. Elektr montaj ishlari bajarilishining asosiy bosqichlari Bundan tashqari, bajaruvchi vazifasiga tabiiy, atrof-muhit himoyalari qonunlariga rioya qilishi va ishni bajarishda mexnat muhofazasini tashkil qilish kiradi. Ish bajarish davrida buyurtmachi va ish bajruvchi, loyihalash tashkiloti bilan o„zaro munosabatda bo„lgan holda ish bajarilishi shartnomada ko„rsatilgan tartibi o„zgartirilmasligi inobatga olinib texnik hujjatlarga, yoki shartnomada ko„rsatilgan talablarga o„zgartirish kiritish mumkin va yana ishga tushirish to„plamini umumiy loyiha hajmi ishlaridan ajratish mumkin. Asbob-anjomlar to„plami bilan elektrmontaj ishlarini ta‟minlash, to„plamli Jihozlarni, materallarni va konstruksiyalarni olib kelinish vazifasi va ma‟suliyati, odatda, pudratchiga yuklanadi. Buning uchun pudratchi loyihlash tashkilotidan kerakli asosiy jihozlar va asbob-anjomlar to„rlari, materiallar, konstruksiyalar haqidagi hisob-kitoblar, maxsuslashtirilgan hujjatlarni (spetsifikatsiyasini) oladi. Download 28.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling