9 mavzu: ishchi joylar tashkil qilish reja
Elektr montaj ishlarini bajarishga tayyorlash
Download 28.86 Kb.
|
9 MAVZU
1.2. Elektr montaj ishlarini bajarishga tayyorlash
Elektr montaj ishlarini bajarishdan oldin quyidagi tashkiliy ishlar bajarilishi kerak: - buyurtmachi muhri bilan tasdiqlangan “ishni bajarishga” texnik-loyiha hujjatlarini pudratchi olgan bo„lishi kerak; - yetkazib beruvchi, korxona va pudratchi bilan kelishib texnologik ketma- ketlikni hisobga olib jihozlar keltirilish jadvalini etkazuvchi korxona, shaxsan shef montaj vakili bilan o„zaro munosabatda bo„lib montajda murakkab elektr jihozlar sonini yirik va og„ir-murakkb elektr asbob-anjomlar montaj joyiga etkazish shartlari kelishib olinadi; - mehnat himoyasi bo„yicha tashkiliy qoidalari va bajarilishi ko„zda tutilgan me‟yorlari va elektr jihozlar akt bo„yicha qurilish ob‟ektining bo„laklari montajga qabul qilish amalga oshirilgan yong„inga qarshi atrof muhitni himoyasi amalga oshiriladi. Elektr ta‟minot tizim jihozlarini montajga qabul qilishda uni qarab chiqish olib boriladi. Ishlab chiqarish korxona kafolat muddati amaldaligi va hamma narsalar borligi tekshiriladi. Tekshirish natijalari kerakli akt bilan hujjatlashtiriladi. Elektr jihozlar montajida tekshirish olib borilmaydi. Texnik shartlar yoki soha standartlarida va davlat qo„llanmalarida bu ko„zda tutilgan bo„lgan hollardagina va yana korxona ko„rsatmasi buzilib uzoq vaqt saqlangan hollarda tekshirilishi mumkin. Shakli o„zgargan va shikastlangan elektr jihozlar shikastlangan joylari va nuqsonlari bartaraf qilinganidan keyingina montajga olinadi. Saqlanish muddati tugagan elektr jihozlar va asbob-anjomlar davlat standartlarida yoki texnik shartlarda ko„rsatilishiga ko„ra montajga, faqat montaj oldi tekshirish ishlari o„tkazilib nuqsonlari to„g„rilanib va sinov natijalariga binoan yaroqli deb hisoblangach qabul qilinadi. Bajarilgan ishlar natijalari, elektr jihozlar pasporti va boshqa hujjatlariga tuzatish kiritilib kerakli akt tuziladi va bajarilgan ishlar ko„rsatiladi. Elektr montaj ishlari boshlanishidan oldin ochiq taqsinlash qurilmalar (TQ)larda bosh pudratchi rejalashtirilgan ishlarnii tugatishi kerak, ob‟ektni yer osti yo„llari, kabel kanallari, shinalarini o„rnatish va elektr asbob-anjomlar fundamentlarini qurish, TQ atrofini to„siqlash, shikastli maydon, yer osti ob‟ektlari va moy yig„ish idishlarini tayyorlash ishlari tugallanishi kerak. Izolyator shodalarini va asbob-anjomlarni mahkamlash uchun kabel kanallarida va tunellarda o„rnatish detallari kabel konstruksiyalarini mahkamlash uchun o„rnatilishi kerak. Bino ichida va ob‟ektlarda elektr asbob-anjomlarni montajga topshiriladigan ishni boshqaruvchi yoki to„g„ridan to„g„ri qurilishni bajaruvchi tomonidan doimiy chuqurlar arxitektorlik–qurilish chizmalarida ko„zda tutilganlari tagliklar devordagi teshiklar va qoplamalardagi elektr tarmoqlarida nazorat kabellarini joylashtirish va elektr asbob-anjomlarni siljitish uchun kerakli bo„lgan ishlar bajarilgan bo„lishi kerak. Download 28.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling