2. Yig‘ma temir-beton konstruksiya va elementlarini tashish va montaj qilish jarayonlarida xafvsizlik texnikasi va ishlar sifatini nazorat qilish.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalari va elementlarini tayyorlash qorxonalarida ishchilar sog‘ligiga ta’sir qiluvchi barcha salbiy holatlarni bartaraf qilish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqilishi va ularga qat’iyan rioya qilinishi kerak. Ayniqsa, betonga issiqlik ishlov berish jarayonlarida ishchilar shamollashi kabi kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun maxsus kiyinish – echinish xonalari , maxsus ishchi qiyimlarni quritish uchun sharoitlar, yuvinish va ishchilar dam olish xonalari tashkil etishlishi lozim.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarini yig‘ish jarayoni ishlarni bajarish loyihasiga to‘la amal qilgan holda bajarilishi kerak. Ishlarni bajarish loyihasida ko‘zda tutilgan texnika xavfsizligi qoidalarining barchasi yig‘ish ishlari jarayonida qatnashadigan barcha ishchilarga to‘la o‘rgatilishi kerak. Asosiy e’tibor ko‘tarish va yig‘ish mexanizmlari va elektr uskunalari bilan ishlash jarayonlariga qaratilishi kerak.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarini yig‘ish ishlarida, ushbu turdagi ishlarda qatnashish xuqiga ega bo‘lgan, maxsus guvoxnomali ishchilar qatnashishiga ruxsat etiladi. SHuningdek, yig‘ish ishlarida qatnashayotgan ishchilar texnik istruktajdan to‘liq o‘tishi va maxsus jurnallarda natijalar qayd qilinishi kerak. Qurilish maydonida barcha ogoxlantiruvchi belgilar, ish fronti zonalari, xafvli zonalar chegaralari, maxsus ko‘rgazmali plakatlar, ishlab-chiqarish bo‘yicha instruksiyalar, insonga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha ko‘rsatmalar bo‘lishi kerak.
Nazorat savollari
1. Yig‘ma temirbeton konstruksiya va elementlarini tashish jarayoni qanday tashkil qilinadi.
2. Yig‘ma temirbeton konstruksiya va elementlarini montaj qilish jarayonlari qanday amalga oshiriladi?
3. Yig‘ma temirbeton konstruksiya va elementlarini tayyorlash, tashish va montaj qilish jarayonlarida texnika xavfsizligi masalalarini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |