19-ma’ruza. Yig‘ma temir-beton konstruksiya va elementlarini tashish va yig‘ish ishlari. Reja
Download 0.49 Mb.
|
19-маъруза lotin (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19.4 -rasm. Gidromeliorativ tizimda yig‘ma temirbetondan inshootlar qurish ishlarini bajarish sxemasi
- 1 9.5 -rasm. Nasos stansiya karkas tipidagi binosi yig‘ma temirbeton detallari montaj sxemasi
19.3- rasm. YUklarni ilib ko‘tarish moslamalari:
a) -ikki tarmoqli osma arqon; b)- «o‘rgimchak»simon universal osma po‘lat arqon; v)- yuk ko‘tarish ko‘rsatgichi 5 t bo‘lgan universal traversa; g)- quvurlarni ko‘chirish uchun xalqa shaklidagi qamragich; 1- ilmak; 2-po‘lat arqon; 3- xalqa; 4- to‘sin; 5- blok; 6- sim arqon. Detalni vaqtincha ishchi holatda mahkamlash uchun uni grunt bilan ko‘miladi: bunda, xomut, vintli tortqichlarni ishlatilib vaqtincha tirgaklar va ponalar o‘rnatiladi. Detallarni vaqtincha mahkamlab bo‘lgandan so‘ng inshoot balandligi va bo‘laklangan o‘qlariga nisbatan planda to‘g‘riligi tekshiriladi. Detallarning loyihaviy holatidan og‘ishi aniqlanganda kranlar, domkratlar yoki metal pona, pishang va boshqalar yordamida to‘g‘rilanadi. Loyihaviy o‘lchamdan og‘ish inshoot qismi vazifasiga qarab 5 ÷10 sm atrofida ruxsat etiladi. Har bir detalni loyihaviy ishchi o‘rniga o‘rnatishda, kran detallarga kerakli holat va turg‘unlik bermaguncha ushlab turishi kerak. Detallar to‘liq yig‘ilib hamda inshoot to‘liq tekshirilib bo‘linganda so‘ng ulangan joylar zich qilib berkitiladi. Ammo qurilish so‘ngigacha berkitib bo‘lmaydigan choklar va yig‘ish jarayonida detallarni joyiga qo‘yishda ishlatilgan choklar inshootni to‘liq yig‘ish jarayonida berkitiladi.
Ulangan joylarni berkitish ularning vazifasiga bog‘liq, holda quyidagi operatsiyalardan tashkil topadi: beton aralashmasi va sement qorishmasi tayyorlash; bitumni qizdirish; armaturani payvandlash va ulangan joylar bo‘shlig‘ini beton va sement qorishmasi yoki bitum bilan to‘ldirish; ulangan joylar choklariga bitum bilan to‘yintirilgan har xil tasmalar masalan, ikki qatlamdan iborat qopbob matodan qilingan gidroizolyasion tasma materiallar o‘rnatish; deformatsion choklarda bitumli shponkalar o‘rnatish. Ulangan joylarni berkitish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda quyidagi jihozlar qo‘llaniladi: elektr payvand apparati; bitum qaynatadigan qozon; qorishma bilan ulangan joylarni berkitishda qorishma nasosi; beton aralashmasi yoki qorishma bilan ulangan joylarni berkitishda ishlatiladigan xaydagich. Suv xo‘jaligi qurilishda gidrotexnik va meliorativ inshootlar bilan bir qatorda ko‘pincha konstruksiyasi jiћatidan sanoat binolariga mos bino va imoratlarni qurishga to‘g‘ri keladi: nasos stansiyalarning ustki qismlari, qurilish tashkiloti ishlab chiqarish bazasi inshootlari, omborlar binolari, ekspluatatsiya idoralari va boshqalar (19.5-rasm).
Sug‘orish va zax qochirish tizimlarida uncha katta bo‘lmagan inshootlar montajida ko‘pincha quyidagi kranlar qo‘llaniladi: avtomobil bazasidagi, traktor bazasidagi, pnevmatik va gusinitsali ekskavator-kranlar. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling