19 mavzu 3 –reja


Download 46 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi46 Kb.
#144048
Bog'liq
lotin


19 mavzu 3 –reja

Tabiiy narsalar bilan ishlash metodikasi

Tabiiy material bilan ishlashda darsni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi qolgan turlardan darsdan oldin tabiiy materialni to‘plash tashkil etilishi bilan farqlanadi. I sinfda odatda tabiny material o‘qituvchi rahbarligida ekskursiyalarda to‘planadi.

Dars temasi: «Quritilgan barglardan kapalak applikatsiyasi».

I sinfda ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo‘lajak ish namunasi ko‘rsatiladi. Bolalar uni diqkat bilan ko‘rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. SHundan so‘ng uyushtiriladigan ekskursiya plani tuziladi. Zkskursiya marshruti, alohida e’tibor beriladigan ob’ekt (eman, zarang, akatsiya daraxtlari, hasharotlar, ninachi)lar aniqlanadi. Uquvchilarning e’tiborlari va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan ob’ektdan mehnat darslarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy muhim belgilari, elementlari va xususiyatlarini ajratishga, to‘planayotgan materialni to‘g‘ri baholashga yo‘llaydigan savollar ro‘yxati tuziladi.

Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Ular kuzning butun go‘zalligini, uning ranglarini, to‘kilgan barglar hidi va ular o‘zining elastiklik xususiyatini yo‘qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo‘lib qolganligini ko‘radilar. Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga karatiladi. Ana shu vaqtda o‘simliklarda sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli formada bayon etib beriladi: o‘simlik yangi sharoitlarga moslashib, qishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Barglarni to‘kish bu o‘ziga xos himoya turidir, chunki barglar suvni ko‘p buglantiradi, qishda esa tuproqdan namlik juda kam miqdorda keladi.

SHundan keyin bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan kapalak, ninachilarga, ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi. Uchib yurgan hasharotlar, ularning tuzilish formalari mehnat darslarida hasharotlar applikatsiyasini tayyorlash uchun obraz, to‘plangan barglar material xizmatini o‘tashi kerak.

Bolalar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglari, shakllarini qiyoslashni o‘rganadilar, bu ular-ning kuzatuvchanligi va e’tiborligini o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar oldindan tayyorlab quyilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. SHundan keyin o‘quvchilarga barglarning mehnat darslarigacha rangini yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada o‘quvchilarning e’tibori insonning yaratuvchilik mehnatiga aloatta jalb etilishi kerak. Ekskursiya oxirida unga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, o‘kuvchilarga uylarida kapalak va ninachilar tasviri tushirilgan rasmlarni ko‘rish, ularning tanasi va qanotlarining shakli, rangi qandayligiga alohida e’tibor berish topshiriladi.

Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi darsda bolalar applikatsiyalarni zo‘r ishtiyoq bilan namoyish qiladilar, agarda applikatsiyani o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi. Bunday dars kuyidagi sxemaga ega bo‘lishi mumkin:


  1. Dars temasi va maqsadini aytish.

  2. Utkazilgan ekskursiya bo‘yicha suhbat:

a) ekskursiyada qaerda bo‘ldik?

b) qanday daraxtlarni ko‘rdik, ularning nomi qanday?

v) ularning barglarining shakli bir xilmi?

g) qanday xasharotlarni ko‘rdnk?

3. Namuna razbori:

a) kapalak qanday qismlardan tashkil topgan?

b) uning qismlari qanday joylashgan?

v) uni tasvirlashda qaysi daraxtlar barglaridan foydalanilgan?

4. Ishni bajarish tartibini aniklash:

a) kapalakning ayrim qismlarn (tanasi, qanotlari)ning joylashishinn grafik tasvirlash;

b) kapalakning tanasi va kanoatlari uchun shakli hamda o‘lchamlari bir xil bo‘lgan barglarni topish;

v) ularni kog‘ozda joylashtirish;

g) ishni amaliy bajarish.

5. O‘qituvchining ishni bajarish usullari haqidagi tushuntirishlari.

6. Applikatsiyani bajarish bo‘yicha mustaqil ish:

a) kapalakning ayrim qismlarini kog‘ozda to‘g‘ri tasvirlash;

b) shakl, o‘lcham va bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash;

v) elimlash ishlarini tartibli bajarish;

g) kapalakning ko‘z va mo‘ylarini to‘g‘ri tasvirlash;

d) ish bajarilgan qog‘ozning orqasida barglaridan foydalanilgan daraxtlarning nomlarini yozish;

7. Ishni baholash.

Ijodiy xarakterdagi ishlar: Masalan: «Baliqlardan kompozitsiya tuzish». O‘qituvchi umumiy vazifa be-radi, o‘quvchilar esa o‘qituvchi namunasi asosida o‘z variantlarini izlaydilar.

Uqituvchi kelgusi darsda baliqlardan apshshkatsiya qilinishini aytib, uyda baliqlarning rasmlarini ko‘rish va kerakli materiallar (barg, urug‘, gul tojibarglari va shu kabilar)ni to‘lab olib kelishni topshiradi. Darsning sxemasi oldingisi bilan bir xil. Doksaga baliq rasmi tasvirlangan plakatni osib qo‘yib, bolalar bilan birgalikda baliq tanasi, baliqning boshi, kanotlari, dumining shakli razbor qilinadi. Baliq turiga ko‘ra baliqning tanasi, qanot va dumlari xar xil bo‘lishi mumkinligi aniqlanadi, shuning uchun bu nshda turli tabiiy materiallardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

SHundan so‘ng ishni bajarish tartibi aniqlanadi.

Avval baliq qismlari uchun material tanlash, uning umumiy konturini chizish kerak. SHundan keyin kaysi detalning qanday tartibda elimlanishini, detallarning joylarini aniqlash va so‘ngra ishga kirishish lozim. Bunday yumushlar bajarilayotgan ishga ijodiy yondoshishni o‘stirishga yordam beradi. Darsga yakun yasash va bajarilgan ishni baholashda o‘qituvchi foydalanilgan materiallar nomini so‘raydi.

Bu tabiiy materiallar bilan ishlash darsining taxminiy tuzilishidir. Har bir dars kompozitsiyalar tuzish, tanlash, material, o‘quvchilarning mustaqil ishlashlariga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.



20 mavzu 4 reja

1 – sinfda o‘quvchilar kogoz va kartonga ishlov berish­ning quyidagi usullarini o‘rganadilar:



  1. Qogozni turn, navi, rangi, razmeriga ko‘ra tanlash.

  2. Bo‘lajak narsani shakllantirishda varaqqa ishlov berishning eng oddiy usuli sifatida qogozni bukish. Urtasidan va to‘rtburchak qilib buklash (uzunasiga va ko‘ndalangiga).

  1. Ingichka qog‘oz parchalarini to‘g‘rilash, bukilgan
    joylarni ikki tomonidan silab mustahkamlash.

  2. 45 — 90° burchak qilib buklash.

  3. Qog‘ozni andaza bo‘yicha belgilash. Qalam bilan chiziq bo‘yicha oddiy belgilash.

  4. Qogozni bukib belgilangan chiziq bo‘yicha qaychi bilan qirqish, asbobni ushlash, xavfsizlik choralarini qo‘llash.

7. Qaychi bilan kvadratlar, to‘g‘riburchaklar, uchburchaklar, doiralar qirqish.

  1. Qaychi bilan murakkabroq shakllar: barglar, qo‘ziqorinlar, mevalarni qirqish.

  2. Qogozdan qirqilgan applikatsiya detallariga elim surtish usullari.

10. Applikatsiya detallarini yopishtirish. Tayyor mahsulotlarni quritish.

  1. Qogozning elim surtiladigan qismlarini oldindan ko‘chirib buyum detallarini bir-biriga yopishtirish.

  2. Turli o‘yinchoqlarni kvadrat asos, to‘g‘ri burchak asosdan bukib yasash.

  3. Daftar, kitoblarni o‘rash.

  4. Qog‘ozni bukik joyidan taxlash, tikish.

  5. Qogoz pslosalarini oddiy chirmovlash.

  6. Grafik savod asoslari.

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling