19-mavzu. Diversifikatsiyalashgan kompaniyalarninig strategik tahlili


Matritsali taxlil yordamida diversiyalangan portfelni baxolash


Download 84.95 Kb.
bet2/11
Sana24.12.2022
Hajmi84.95 Kb.
#1055630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
strategik boshqaruv 19-mavzu

2.Matritsali taxlil yordamida diversiyalangan portfelni baxolash.
Diversiyalangan kompaniya faoliyati turlari sifatini baxolashning eng keng tarkalgan usullaridan biri uning xujalik portfelini matritsali taxlil kilish xisoblanadi. Xo’jalik portfeli matritsasi diversiyalangan kompaniyani xar bir tarkibiy birligining strategik pozitsiyalari takkoslangan jadval kurinishida buladi. Matritsa, strategik taxlil pozitsiyalarni tavsiflovchi xar kanday ikkita kursatkich asosida tuzilishi mumkin. Eng axamiyatli kursatkichlar bulib, tarmokning usish sur’atlari, biror ulushi, tarmokning uzok muddatli jozibaliligi, rakobatbardoshlik va u yoki bu maxsulot va bozorning rivojlanish boskichi kabilar xisoblanadilar. Odatda matritsaning bir chizigi tarmokning jozibaliligini kursatsa, boshkasi undagi anik faoliyat turlarining axvolini kursatadi. Xujalik portfeli matritsalarining quyidagi xillari eng kup kullaniladi:

Eng keng kullaniladigan birinchi matritsa - ishbop faollik portfeli matritsasi turtta kvadrantdan iborat bulib, yetakchi konsalting kompaniyasi «Boston Konsalting Group» (BKG 19-rasm) tomonidan ishlab chikilgan. Uk chiziklarda tarmokning usish sur’atlari va bozorning nisbiy ulushi kayd kilinadi. Xar bir xujalik kismi doira shaklida ifodalangan bulib, uning xajmi korporatsiyaning barcha turdagi faoliyatidan olingan umumiy foydasida mazkur kism foydasining ulushi bilan belgilanadi. Mazkur xujalik birligi bozor ulushini dollarda emas, nisbiy birlikda ifodalangan va asosiy raqobatchining nazoratidagi bozor ulushiga bulgan nisbati bozorning nisbiy ulushi xisoblanadi. Masalan, agar «A» biznes bozorning umumiy xajmini 15 % ni egallagan bulsa, yirik biznes «V» ning ulushi 30 % bulsa unda «A» biznesning bozordagi nisbiy ulushi 0,5 foizni tashkil etadi. Agar, «A» biznes bozorda eng katta - 40 % ulushga ega bulib, asosiy rakobatchi 30 % ulushga ega bulsa, unda «V» biznes uchun bozorning nisbiy ulushi 1,33 ga teng bo’ladi. Shunday qilib, fakatgina mos soxalarda bozor ulushi buyicha ilgor bulgan tarmoklarda bozorning risbiy ulushi 10 dan yukori buladi va aksincha ulardan ustun xisoblangan bitta yoki bir nechta rakobatchilarga bulgan kismlarda 1,0 dan past bo’ladi.

Yulduzlar

So’rov belgilari yoki murakkab bolalar

Download 84.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling