19-mavzu: Elektron pochta orqali xat yuborish va qabul qilish Reja: Elektron pochta haqida tushuncha


Download 174.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi174.75 Kb.
#1472944
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektron pochta

Elektron pochta dasturlari 
Internet xizmatida mavjud EPning dasturlari ko’p va rang-barang bo’lib, 
ularning ko’pchiligi UNIX OS boshqaruvida ishlaydi. Shuning uchun UNIXning 
ba’zi bir buyruqlari bilan tanishish foydali bo’ladi.
Uning fayl tizimsi MS DOS fayl tizimsiga juda yaqin, buyruqlari ham MS 
DOS buyruqlariga o’xshash. Lekin u ko’p vaqtlardan beri ishlatilayotgani uchun 
hamda uning boshqaruvida universal, super kompyuterlar ishlagani uchun ko’p 
dasturlar aynan UNIXda boshqariladi.
Hozirda EP dan foydalanishni yanada qulayroq holga keltirish ko’p dasturlar 
yaratildi. Bular MS Exchange, MS Mail, MS Outlook Express, Internet Mail, Visual 
Mail va boshqa dasturlardir. Ularning soni tez ko’payib borayotganini hamda undan 
foydalanish qulaylashib borayotganini sezish qiyin emas. Odatda, UNIXga mos EP 
dasturlariga qiziq-qiziq nomlar ham berishadi. Masalan, Elm, PINE (qara\ay), Mush 
(qo’ziqorin) va hakozo.
Elektron pochta manzillari. Elektron pochta abonentga etib borish uchun xalqaro 
andazalar talabi asosida va elektron pochtaning andaza adresi shaklida jo’natilishi 
lo-zim. Har bir foydalanuvchiga manzil u biriktirilgan provayderlar tomonidan 
belgi-lanadi . Xususan, quyidagi elektron pochta manzilini ko’rish mumkin: 
samarkand@samdu.uz 
akmal@mail.ru
Bunda samarkand abonentning nomi, @ (eyt-deb o’qiladi) belgisi esa abonent 
nomini domendan (aloqa koordinatalaridan) ajratish uchun xizmat qiladi. @ 
belgidan o’ng tomonda joylashganlar domen deb ataladi va u abonentning qaerda 
joylashganini aniqlaydi. Yuqoridagi adreslarda samdu.uz va mail.ru domenlarni 
bildiradi. Bunda samdu.uz quyidagilarni anglatadi: samdu tashkilot nomi (yuridik 
institut), kompyuter tarmog’i nomi, uz esa tarmoq va tashkilotni bildiradi. 
Domenning tashkil etuvchilari bir-biridan nuqta bilan ajratiladi.
uz mamlakat kodi. Masalan, uz (O’zbekiston), ru (Rossiya), uk (Buyuk 
Britaniya). Bu holda domen geografik tamoyil asosida tashkil qilinganligi bildiradi. 
Bu kodlar xalqaro andazalar (ISO) tomonidan aniqlanadi.

Download 174.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling