19-mavzu Elektron va multimediyali qo’llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar. Reja
Download 33.83 Kb.
|
8 маруза
19-mavzu Elektron va multimediyali qo’llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar. Reja Elektron qo’llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari. Multimediyali qo’llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari. Elektron darsliklar endigina ishlab chiqila boshlangan vaqtda ular kelajakdagi ta’limda asosiy o’rinni egallaydi va ular asosiy bilim olish vositasiga aylanadi deb qaralgan. Ekspertlarning ko’z oldida butun maktablar o’quvchilari qo’llarda elektron gadjetlar bilan o’qiyotgani, talabalar esa qo’llarida elektron o’quv qo’llanmalari bilan ta’lim olgani ketayotganlari gavdalangandi. Yaqin-yaqinlarda ham onlayn tarzda o’qiydigan talabalar barcha o’quv faoliyatlarida to’la elektron darsliklardan foydalanishadi deb qaralardi. O’sha kunlardagi orzular hozirgi kunda qanday tarzda amalga oshirilayotganini guvohi bo’lishimiz mumkin. Joriy asrning 10-15 yillarida Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim vaziri Arne Duncan oddiy pechat qilingan materiallardan to’la elektron variantga o’tishga chaqirdi. Uning aytishicha “Bir necha yillardan so’ng qog’oz variantda chop qilingan o’quv qullanmalar, darsliklar eskiradi. Hozirda qo’shma shtatlarda bu sohada ilgarilab ketgan davlatlar changida qolib ketish ehtimoli mavjud”1. Janubiy Koreya hozirgi kunda eng yuqori kompyuterlashgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. 2010 yillar boshida Janubiy Koreya 2015 yillarga kelib elektron darsliklarga o’tib ketishni rejalashtirgan. Hozirgi kunda bu ishlarning birinchi bosqichi amalga oshirildi. 2012 yil sentyabrida Arab amirligi Apple kompaniyasi bilan shartnoma tuzganligini va bu shartnomaga asosan barcha kampuslarda ruchka va qog’oz chiqarilib yuborilishini ularning o’rnini iPad lar egallashini e’lon qilishdi. Ko’zda tutilishicha barcha darslar iPad larda olib boriladigan bo’ldi. Bu o’zgarishlar 21500 ta talabalarni o’z ichiga olishi aytildi. Taklif qilinayotgan yangi texnologiyalar ko’proq yoshlarni ta’lim olishgan intilishini (AE hozirda ta’lim olayotganlarning 30 foizidan ortiqrog’ini yoshlar tashkil qiladi) orttirishini nazarda tutadi. Bu taklif qilingan texnologiya o’qituvchilarning fikricha talabalarni yanada samarali ta’lim olishlarni, bilim olish bilan real hayot o’rtasidagi farqni qisqartirishini ta’minlaydi. Bugungi kunda eng ommabop mavzu – multimedia loyihasini yaratish. Bu yerda har kim o‘zining bor ijodiy o‘ziga xosligini, aql-zakovatini, bilimini, nozik didini namoyon qilishi mumkin. Afsuski, taqdimot tayyorlash va ma'lumotlar bazasi yaratish bilimlariga ega bo‘lmasdan multimediali loyiha tayyorlab bo‘lmaydi, shunga qaramasdan maxsus dasturiy vositalar borki, ularning ishlash texnologiyasini o‘rganib, ko‘pfunksiyali ishlash vositalariga ega bo‘lish mumkin. Biz sizga namunali dasturiy vositalar yordamida amalda shunday qilishni o‘rgatamiz. Vositalarni qanday o‘zlashtirishingiz emas, balki multitimedia mahsulotini yaratish texnologiyasining o‘zi muhim hisoblanadi. Multimedia mahsuloti o‘zi nima? Bu hujjatli filmga juda o‘xshash, faqat kompyuterda mavjud mahsulot. Bu yerda musiqa, rang effektlari, harakat (animatsiya), ovoz bor. Multimedia mahsulotida asosiy narsa nima? Har bir filmda bo‘lgani kabi bu – ssenariy. Siz bir vaqtning o‘zida ham ssenarist, ham rejissyor, ham rassom, ham operator bo‘lishingiz kerak. Faqatgina o‘z mavzusini o‘ylab topish emas, balki uni kompyuter ekrani maydoniga mos ravishda qismlarga bo‘lib taqdim etishni ham o‘rganish kerak. Siz rejissyor va rassom sifatida har bir kadr bezagi va ularning o‘zaro aloqasini o‘ylab topishingiz kerak. Alohida slaydlar, fragmentlar, ma'lumotlar bazalari yaratish bo‘yicha oldindan ko‘p ishlash talab qilinadi. Faqat shundan keyingina avvaldan tayyorlangan barcha fragmentlarni irlashtirishga kirishish mumkin. Kompyuterdagi ensiklopediyalar, elektron darsliklar, dam olish va bilim olish uchun zarur dasturlar va boshqalar haqida gap ketganda hozirgi vaqtda asosan multimedia mahsuloti yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Multimedia mahsuloti o‘zi nima? Birinchidan – foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya'ni inson va kompyuter o‘rtasida komandalar va javoblar almashinuvini ta'minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot. Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U tomoshabinga o‘zicha u yoki bu ssenariyni tanlash imkonini beruvchi videofilmni juda eslatadi. Multimedia mahsuloti – tarkibiga musiqa taralishi, videokliplar, animatsiya, kartinalar va slaydlar galereyasi, turli ma'lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kompyuterda ishlangan mahsulot. Multimedia mahsulotlarini quyidagilarga bo‘lish mumkin: - ensiklopediyalar; - o‘rgatuvchi dasturlar; - ongni rivojlantiruvchi dasturlar; - bolalar uchun dasturlar; - o‘yinlar. So‘nggi yillarda multimedia mahsulotlari keng xaridorlar olishi mumkin bo‘lgan darajaga keldi. Ularning ishlatilishi har doim ham bir xil emas. Turli multimedia jihozlarini sotib olishda quyidagi ko‘rsatkichlarga ahamiyat berish kerak: - berilayotgan materialning sifati va ishonchliligi; - berilayotgan grafik materialning sifati; - ovoz jo‘rligi (matn, musiqiy bezak va b.); - videomaterial mavjudligi va ularning sifati; - interfaollik imkoniyatlari (turli yo‘nalishlarda ko‘rish, materialni chuqur o‘rganish, chop etish imkoniyati va boshqalar); - do‘stona interfeys. Har bir tayyor multimedia mahsuloti ham ushbu talablarga javob beravermaydi, qolaversa, sizning shaxsiy qiziqishlaringiz mualliflar tomonidan taklif qilingan yo‘nalishdan farq qilishi mumkin. Bu holatda siz tanlagan mavzuingizni ochib beradigan o‘z dasturiy mahsulotingizni ishlab chiqishingiz va xususiy interfeysingizni yaratishingiz mumkin. Multimedia mahsuloti ishlab chiqish qiyin va qimmat turadigan jarayon bo‘lishiga qaramasdan nafaqat dasturchilar, balki ko‘plab rassomlar, dizaynerlar ushbu o‘ziga tortuvchi ishga qo‘l urmoqdalar. Multimedia mahsuloti yaratish uchun quyidagilarni jalb qilish mumkin: 1. Butun malakali dasturchilar guruhi bilan ishlashni talab qiluvchi dasturlash tili. 2. Instrumental vositalar, ya'ni Macromedia Director, Formula Graphics Multimedia System, Multimedia Creator, Asymetrix ToolBook, AuthorWare Professional va boshqa shu kabi maxsus dasturiy mahsulotlar. Bu shaklda yaratilgan loyihalar birmuncha arzon, shu bois unchalik universal emas, qo‘llanilgan instrumentlar imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, malakali foydalanuvchilar bunday instrumental vositalar yordamida ishlay oladilar. Ta'lim berish maqsadida multimedia mahsulotini Microsoft Office dasturlari asosida ishlab chiqish mumkin, materialni tayyorlash uchun esa PhotoShop (rasmlarni qayta ishlash), Adobe Premier yoki Vstudio2 (videokliplarni qayta ishlash), Stoik Software (tasvirlarni qayta ishlash va morfing yaratish), fonograf Windows 95 (ovoz yozish va uni qayta ishlash uchun) kabi qo‘shimcha dasturlardan foydalaniladi. Multimediali dasturiy mahsulot ko‘pincha ishlatish mumkin bo‘lgan ma'lumotlar bazalaridan tarkib topadi, masalan, Access yoki Works yordamida. Rasmlar yoki kliplar namoyishi PowerPoint dasturi yordamida amalga oshiriladi. Interfaollik rejimini yaratish uchun to‘liqroq izohga murojaat qilishga yordam beradigan gipermurojaatlardan foydalaniladi. Birinchi navbatda ta'lim beradigan multimediali loyihani yaratib, uning asosida belgilangan mavzular bo‘yicha darslar yoki tematik ensiklopediyalar ishlab chiqishingiz mumkin (musiqa yo‘nalishlari, sevimli qo‘shiqchilar, mashhur artistlar, kino yangiliklari va b.). Buning uchun ikki xil dasturiy vositalarga ega bo‘lish lozim: - multimedia mahsulotiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan materialni tayyorlash; - mahsulotning o‘zini yaratish. Material tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlarning umumiy sharhi Multimedia mahsulotiga qo‘shiladigan material rasmlar, audio va videoyozuvlar, matnlar holida berilishi mumkin. Bular ishlash uchun munosib instrumentlarga ega bo‘lgan o‘z dasturiy vositalari mavjud ma'lumotning turli ko‘rinishlaridir. Quyida ma'lumotning turli shakllari uchun nisbatan mashhur dasturiy mahsulotlar keltiriladi. Grafik ob'yektlarni qayta ishlash Grafik ob'yektlar bilan ishlashda faoliyatning ikki shaklini ajratib olish kerak: skanerlash va rasm yaratish (tahrirlash). Skanerlash deganda qog‘oz ko‘rinishidagi ma'lumot tashuvchilardan maxsus qurilma – skaner yordamida axborotning avtomatik o‘qilishi va kompyuterga kiritilishi jarayoni tushuniladi. Rasmlarni skanerlash uchun quyidagi dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi. - PhotoEditor – Microsoft Office tarkibiga kiruvchi rasm skanerlashga yordam beruvchi hamda grafik material tayyorlash uchun ba'zi operatsiyalarni bajaruvchi dastur (kontrast, yorug‘lik, ranglilik va rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish). - PhotoPaint – rasmni skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga imkon beruvchi dastur (to’zatish, rang o‘zgartirish, oriyentatsiya, masshtab, gamma nurlari bilan to‘yinganlik va b. ni o‘zgartirish). Rasm yaratish va tahrirlash sizga tanish. Bu yerda keng tarqalgan dasturiy vositalarga qisqacha ta'rif berib o‘tamiz: - PhotoShop – grafik fayllarni qayta ishlashga imkon beruvchi dasturiy mahsulot. Ushbu tahrir dasturi ko‘pgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF va boshqalar) bilan ishlaydi, rasmlarni standart qayta ishlashdan tashqari ularni turli filtrlardan (qayirish, bo‘rtma ko‘rinish berish, donadorlik, yoritilganlik darajasi va boshqalar) o‘tkazishga imkon beradi. - Stoik ArtMen – Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga kiradi va turli rassomlar tomonidan chizilganga o‘xshatib qayta ishlashga yordam beradi, masalan, akvarelda, moybo‘yoqda, o‘yma naqsh, emal va b. - Paint – rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish, tozalash, belgilangan maydonni kesib olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX fayllari bilan ishlaydi. Videoyozuvlarni qayta ishlash. Videoyozuvlar bilan ishlash videomagnitofon yordamida yozib olingan tasvirni oldindan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishni talab qiladi. Tasvirni raqamli shaklga o‘tkazish deganda materialni analog shaklidan kompyuterga kiritish mumkin bo‘ladigan raqamli shaklga o‘zgartirish tushuniladi. Tasvirni raqamli shaklga o‘tkazish uchun kompyuter maxsus videokarta, TV-tyuner va unga hamroh bo‘lgan dasturiy mahsulot bilan jihozlanishi kerak. Raqamli shaklga o‘tkazilgan videoyozuv TV-tyuner talab qilmaydi, quyidagi dasturiy mahsulotlar bo‘lishi yetarli: - Vstudio2 – videomagnitofondan videoyozuvni raqamliga o‘tkazish uchun ishlatiladi; videoparchalarni turli shaklda montaj qilishga imkon beradi. - Adobe Premier – fragmentlarni raqamlashtirish va ular orasida ko‘plab o‘tishlar bilan montaj qiluvchi murakkabroq dasturiy mahsulot. Adobe Premier kadrlar o‘lchamini va ularning oriyentatsiyasini (aylanish, kadr harakati trayektoriyasini) o‘zgartirishi mumkin. - MorphMan – Stoik Software tarkibiga kiruvchi va videomaterial montaji hamda morfing yaratishga imkon beruvchi dastur. Morfing deganda bir tasvirning boshqasiga qadamba-qadam o‘zgarib o‘tishi tushuniladi. Ushbu dastur statik morfing bilan birga alohida videofragmentlar orasida ham morfing yarata oladi. Bunday qayta ishlovlar natijasida AVI kengaytmali videofayl yaratiladi. Tovushni qayta ishlash. Fonograf – Windows 95ning (CD-disklar, mikrofon va chiziqli) ovoz yozishga va uni tahrirlash (ovozni ko‘tarish/pasaytirish, tezlikni ko‘tarish/pasaytirish, exo effekti yaratish)ga imkon beradigan standart dasturi. Matnni qayta ishlash. Matn bilan ishlashda uning qaysidir qismini bevosita klaviatura yordamida kompyuterga kiritish mumkin, katta hajmdagi o‘zgarmaydigan matnlarni keyinchalik maxsus dasturiy mahsulotlar yordamida qayta ishlashni ko‘zda tutib skaner yordamida kiritish qulay. FineReader – keyinchalik matn muharrirlarida tahrirlash uchun skanerlangan materiallarni matn shakliga o‘tkazuvchi dastur. Multimedia mahsulotlari yaratishga mo‘ljallangan dasturlar sharhi - Macromedia Director – taqdimot va multimedia mahsulotlari yaratishga xizmat qiladi. Ushbu dastur MMX-texnologiyalar bilan ishlaydi va tugmalar, slaydlar, klip va animatsiyalar bilan ishlashga imkon beradi. - Formula Graphics Multimedia System – interfaol rejimda shlovchi multimedia dasturlarini tayyorlashni ta'minlaydi. Sanab o‘tilgan dasturlar qimmat turadi, shuning uchun foydalanuvchilar orasida bular kam ishlatiladi. Maktabda multimedia loyihalarni ishlab chiqish uchun nima qilish kerak, buning uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan Microsoft Office dasturlaridan foydalanish yetarli. Agar loyihangizga ma'lumotlar bazasi qo‘shishni istasangiz, sizga Access, animatsiya effektlari bilan taqdimot tayyorlashingiz uchun esa PowerPoint dasturi kerak bo‘ladi. Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari Multimedia loyihasini ishlab chiqishda o‘rtacha holatdagi mahsulotdan a'lo darajadagi mahsulotni farqlay olish uchun ayrim mezonlarga e'tibor qaratish lozim bo‘ladi. Birinchidan, e'tiborga olinishi kerak bo‘lgan narsa – bu loyihaning mavzusi. U ko‘pchilik foydalanuvchilarga qiziqarli bo‘lishi kerak, shundagina ushbu mahsulot tanila boshlaydi. Mavzuni tanlashda uning dolzarbligi, ko‘rib chiqilayotgan masalalarning o‘tkirligi, ijodiy va madaniy rivojlantirish imkoniyatlari, dunyoqarashni kengaytirish darajasi ham o‘ta muhim sanaladi. Loyihani yaratishda ikkinchi muhim narsa – bu uning quyidagilardan iborat bo‘ladigan amaliy maqsadidir: - qandaydir axborotni namoyish etishda (masalan, yoqtirgan qo‘shiqchilaringizni tanlash); - qaysidir malakalarga o‘rgatishda (masalan, sochni qanday turmaklash yoki ovqat tayyorlash); - qaysidir soha bo‘yicha bilimlarni berish (masalan, o‘quv fanlari bo‘yicha multimedia darslari yoki ma'lumotnoma yaratish). Loyihani yaratishda e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan uchinchi narsa yaxshi yozilgan ssenariy va ish jarayonida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatidir. Sizning loyihangizga bo‘lgan talab siz taqdim etayotgan axborotlar bilan ishlashning qulayligiga bog‘liq. Grafik va videomateriallarning sifati to‘rtinchi muhim narsa hisoblanadi. Videomateriallarning mavjudligi har qanday axborotni o‘zlashtirishni yaxshilaydi, grafikaning yuqori sifatliligi esa rasm va slaydlarni zavqlanib ko‘rish imkoniyatini beradi, sifatning past bo‘lishi noqulaylik tug‘diradi va materialning o‘zlashtirilishiga xalaqit beradi. Bunday sifat loyihaga jalb etilgan matnlarga ham taalluqli. Hyech qanday orfografik yoki stilistik xatolarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axborotlarning tezkorligi, to‘liqligi va haqqoniyligi ham muhimdir. Loyiha ustida ish boshlaganda ma'lumotlarni taqdim etish modelini tanlash lozim va u quyidagi talablarga javob berishi kerak: - axborotlar taqdim etilishining ko‘rgazmaliligi; - axborotlar kiritishning soddaligi; - axborotlarni qidirish, ko‘rish va tanlash qulayligi; - boshqa dasturiy mahsulotlardan axborotlarni ishlatish imkoniyati; - loyihani qayta to’zatish imkoniyati (yangi ma'lumot qo‘shish yoki o‘chirish); - interfaol rejimni ta'minlab beruvchi yaxshi interfeys. Multimedia loyihasini ishlab chiqishda ish bosqichlarining muayyan ketma- ketligini saqlash kerak bo‘ladi. I bosqich. Mavzuni tanlash va muammoning qo‘yilishi. Mavzu aniqlangandan so‘ng multimedia mahsulotini yaratish uchun aniq topshiriqlarni yozish kerak bo‘ladi, u yerda maqsad va vazifalar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. II bosqich. Ob'yektni tahlil qilish. Ushbu bosqichda loyiha qanday ob'yektlardan tashkil topishi, shuningdek, bu ob'yektlar qanday parametrlar bilan ajralib turishi ko‘rib chiqiladi. Agar siz biologiya bo‘yicha multimediali ensiklopediya yaratayotgan bo‘lsangiz, ob'yekt sifatida har bir hayvon turi uchun alohida dasturiy mahsulotni ko‘rib chiqish mumkin. Multimediali dars ishlanmasini tayorlashda tushuntirish qismi, materiallar bilan ishlash, nazorat qismi kabi tarkibiy tashkil etuvchilarni nazarda to’tish kerak. Multimedia loyihasini tayyorlagandan so‘ng har bir ob'yektning alohida xususiyatlarini ko‘rib chiqish kerak. Bu ma'lumotlarni alohida yozuv va jadvallar ko‘rinishida joylashtirish mumkin. III bosqich. Stsenariyni ishlab chiqish va modelni sintez qilish. Stsenariyni ishlab chiqishda mahsulot bilan ishlash ketma-ketligi, ishning o‘zgarishi mumkinligi va undan chiqish (ishni tugatish)ni nazarda to’tish kerak bo‘ladi. Avariya holatlarining oldini olish maqsadida ularni hisoblab chiqish muhim, shuningdek, ishning ko‘p variantlilik darajasini, ya'ni bir xil natijaga turli yo‘llar bilan erishish imkoniyatlarini tekshirib ko‘rish kerak. Stsenariyda ish jarayoniga tovush jo‘rligi kiritilgan bo‘lishi, masalan, ekranda matn musiqiy yoki istalgan tovush jo‘rligida paydo bo‘lishi kerak. Bunda unisi ham, bunisi ham ishga xalaqit bermasligi va toliqtirmasligini hisobga olish lozim. Agar dastur imkoniyatlari yo‘l bersa, tovushni o‘chirib qo‘yishni ham nazarda to’tish mumkin. Ikkinchi bosqich tahlili natijalaridan foydalangan holda kelgusi loyihaning muayyan modelini tanlash kerak. Model tanlanganidan so‘ng ilovalar yoki bo‘g‘inlar orasidagi bog‘lanishlarni ko‘rsatgan holda uning chizmasini chizish kerak. IV bosqich. Axborotlarni taqdim etish shakli va dasturiy mahsulot- larni tanlash. Stsenariy ishlab chiqilib, model yaratilganidan so‘ng loyihani realizatsiya qilish uchun dasturiy mahsulotni aniqlash kerak bo‘ladi. Bu bosqichda ikki xil dasturiy mahsulotlar ta'minlangan bo‘lishi kerak: - proyektni tashkil etuvchi: grafik ob'yektlar, audio- va videoyozuvlar, matnlarni tayyorlash va materiallarni qayta ishlash uchun; - multimedia mahsulotini yaratish uchun, ya'ni bevosita ish qurollari. Dasturiy vositalar tanlab olingandan so‘ng axborotlarni taqdim etish shakli va uni realizatsiya qilish instrumentlarini tanlash zarur. Agar sizning loyihangizga Access ilovasida tayyorlangan ma'lumotlar bazasi kiritilgan bo‘lsa, axborotlarni jadval yoki shakl ko‘rinishida berish mumkin. Instrumentlar sifatida “Panel instrumentov” yoki shakl va tugmachalarni yaratish bo‘yicha masterlar xizmat qilishi mumkin. PowerPointda axborotlar alohida slaydlar yoki ob'yektlar (matnli yoki grafik) ko‘rinishida bo‘ladi. PowerPointda instrumentlar sifatida animatsiyalar, rasm chizish yoki formatlash paneli ishlatiladi. V bosqich. Ob'yektning kompyuter modelini sintez qilish. Ko‘rib chiqilgan barcha imkoniyatlar tanlab olinganidan so‘ng loyihangizni kompyuterda amalga oshirishga kirishish mumkin. Kompyuter modelini yaratishda yana ikkita bosqichdan o‘tishga to‘g‘ri keladi. 1-bosqich. Ishlash uchun materiallarni tayyorlash. Bu bosqichda siz tanlagan dasturiy mahsulotlar yordamida grafik, matnli, audio, video materiallar tayyorlanadi. Grafik axborotlar bilan ishlashda shunga ahamiyat beringki, siz tanlagan rasmlarning sifati qancha yuqori bo‘lsa, ular vinchesterda va kompyuter xotirasida shunchalik katta joyni egallaydi va sizning mahsulotingiz sekinroq ishlaydi. Videokliplarni yaratishda kadr o‘lchamlari va axborotlarning siqilish darajasiga e'tibor qarating. Kadr o‘lchami ekran kattaligida bo‘lgan videokliplarni yaratishda faylning hajmi bir necha yo’z megabaytlarni tashkil qiladi. Kadr o‘lchamlari katta bo‘lganda va kam darajada siqilganda klipni namoyish qilish tezligi keskin pasayadi. U yoki bu parametrlarni tanlash kompyuteringizning imkoniyatlariga bog‘liq. Materiallarni tayyorlash bo‘yicha ishlash tajriba orttirish orqali paydo bo‘ladigan yuqori malakani talab etadi. 2-bosqich. Multimedia mahsulotini yaratish. Bu bosqichda tayyorlangan materiallar va tanlangan dasturiy vositalar yordamida multimedia loyihangizning kompyuter modeli yaratiladi. Keyingi mavzu bu jarayonlarning to‘liq texnologiyasini ko‘rib chiqishga bag‘ishlanadi. VI bosqich. Multimedia mahsuloti bilan ishlash. Endi siz yaratgan multimedia mahsuloti bilan ishlash, ya'ni ko‘rish, izlash, axborotlarni tanlab olish mumkin. Raqamli multimedia va yangi axborot texnologiyalarini elektron interfaol o‘quv qo‘llanmalari va taqdimotlarini yaratishda qo‘llash o‘quv jarayonida kuchli yordamchi vosita hisoblanadi. O‘qitishning elektron vositalari arxitekturasi o‘qitish uslublariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin. Taqdimot yoki film xohishga ko‘ra – axborot uchun ma'lumotlar, bilim berish, namoyish qilish vazifalarini bajarishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari real holatga o‘xshagan virtual modellarni yaratish imkonini beradi. Kompyuter grafikasi yangilikdan zaruratga aylandi, lekin multimedia texnologiyalari turli Web-taqdimotlarni loyihalashtirishda alohida ahamiyatga ega, ma'ro’zalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari shular jumlasidandir. Ular loyihani yaratishda ijodiy yondashuvga e'tibor qaratishga yordam beradi. O‘qituvchi yoki kursni loyihalashtiruvchi taqdimotlarni yaratishda turli murakkablikdagi vizual materiallarni taklif etishi mumkin. Bundan tashqari, yakuniy mahsulotga ta'sir etuvchi ishtirokchilarning aqliy rivojlanish darajasi, psixologik barqarorligi va shu kabi omillarni e'tiborga olish zarur. Va nihoyat, ehtimol, hal qiluvchi omil – vizual grafik animatsiyalar va interfaol ishlanmalar ish jarayoniga ko‘lam va o‘ziga yarasha joziba beradi. YUqorida ko‘rib o‘tilgan yondashuvlarni umumlashtirgan holda ta'kidlash mumkinki, yuqori ilmiy-uslubiy saviyada elektron o‘quv nashrini yaratish o‘quv uslublarini takomillashtirish yo‘llaridan biri hisoblanadi. Elektron o‘quv nashrini loyihalashtirishning quyidagi asosiy bosqichlarini ajratish mumkin: - o‘quv materiallari mazmuni modelini to’zish; - qo‘llanma uchun ssenariy ishlab chiqish; - o‘quv paketi uchun ssenariylar va algoritmlar to’zish. Shunday qilib, zamonaviy sharoitda elektron o‘quv nashrining axborot ta'lim muhiti o‘qitish vositalarining majmui bo‘lishi mumkin. Uning vazifasi esa muayyan hajmdagi yangi bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Hozirgi vaqtda dunyo bo’yicha 62 tada ortiq kollej va universitetlarda elektron darsliklarga o’tish ishlari amalga oshirilmoqda. AQSh ning yirik universitetlari, Kaliforniya universiteti, Brukli universiteti, Kornnuell universiteti, Verdjini universiteti, Minnesoti universiteti, Viskonsina universitetlari iBook2 bazasi asosidagi elektron o’quv darsliklariga o’tishni reja qilishdi va bu ko’rinishda ayrim fakultetlargina faoliyat olib boradi. Turli xil manbalarda elektron o‘quv qo‘llanmalarga quyidagicha ta‘tiflar berilgan: Elektron o‘quv qo‘llanma – bu garfik, matnli, raqamli, tovushli, musiqiy, vodeo, foto va boshqa turdagi axborotlar majmuasi. Elektron nashr ixtiyoriy ma‘lumot tashuvchilarda – magnit va optik disklarda, shuningdek kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilishi mumkin; Elektron o‘quv qo‘llanma – mos ilmiy-amaliy bilimlar sohasiga oid tartiblangan materiallardan iborat bo‘lishi kerak, ta‘lim oluvchilar va talabalarning faol va ijodiy tarzda bu sohaga oid bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlashi kerak. Elektron o‘quv nashri yuqori darajada ijro etilganligi va bezatilganligi, axborotlarning to‘liqligi, metodik ko‘rsatmalar sifati, texnik ijro sifati, ko‘rgazmalilik, mantiqiylik va ketma-ket ifoda uslubi bilan ajralib turishi kerak. Elektron o‘quv qo‘llanma – ma‘lum yo‘nalish va mutaxassislikning davlat ta‘lim standartlariga to‘liq mos tuzilgan yuqori ilmiy uslubiy darajada yaratilgan o‘quv nashridir. Elektron o‘quv qo‘llanma – bu o‘quv qo‘llanmani qisman yoki to‘liq o‘rnini bosuvchi va mazkur turdagi nashr sifatida rasmiy tasdiqlangan elektron nashrdir. Elektron o‘quv qo‘llanma - bu elektron shaklda taqdim etilgan va uning bir qismidan boshqa qismiga bir zumda o‘tish imkonini beradigan tarmoqlanuvchi aloqa tizimi bilan ta‘minlangan matn. Odatda elektron o‘quv qo‘llanmalar shaxsiy kompyuterlar xotira qurilmalarida joylashtiriladigan o‘qitish, nazorat qilish, modellashtirish va boshqa dasturlar majmuasidan iborat bo‘lib o‘quv predmetining asosiy ilmiy mazmunini 6 aks ettiradi. Elektron o‘quv qo‘llanma oddiy o‘quv qo‘llanmani to‘ldiradi va quyidagi hollarda yanada samaralidir: bir lahzada qayta bog‘lanishni ta‘minlaydi; oddiy o‘quv qo‘llanmalarda izlash qiyin bo‘lgan ma‘lumotlarni tez topish imkonini beradi; gipermatnli izohlarga ko‘p marta murojaat qilishda vaqtni sezilarli darajada tejaydi; qisqa matn bilan birga namoyish qiladi, aytib beradi, modellashtiradi va hokazo; muayyan bo‘lim bo‘yicha bilimlarni tez tekshirish imkonini beradi. Elektron o‘quv qo‘llanmalarning kamchiligi displeyning ma‘lumot olish vositasi sifatida noqulayligi va kitob bilan narxi orasidagi farqning yuqoriligidir. Oxirgi 20 yil mobaynida elektron o‘quv qo‘llanma bilan bog‘liq tushunchalar va unga bo‘lgan talablar ahamiyatli tarzda o‘zgardi. Elektron o‘quv qo‘llanmalarni mualliflari ko‘plab bahs munozaralar va eskicha qarashlarga qarshi chiqishlari natijasida elektron o‘quv qo‘llanma tushunchasining ma‘lum shaklshamoili, talablari yuzaga keldi. Quyida elektron o‘quv qo‘llanmaka bog‘liq asosiy tushunchalarni keltirib o‘tamiz: Elektron nashr (EN) – bu grafikli, matnli, raqamli, nutqiy, musiqiy, video–, foto– va boshqa ma‘lumotlar, shuningdek foydalanuvchining bosma xujjatlari majmuasidir. Elektron nashr istalgan elektron ma‘lumot tashish qurilmalarida tarqatilishi mumkin – magnitli (magnitli lentalar, magnitli disk), optik (CD–ROM, DVD, CD–R, CD–I, CD+), shuningdek, kompyuter tarmoqlari orqali tarqatish mumkin. O’quv elektron nashr (O’EN) ilmiy-amaliy bilimlar sohasiga mos keladigan tartiblashtirilgan ma‘lumotlarni o‘z ichiga olishi, talabalar va o‘quvchilar tomonidan bu sohaga oid bilim, ko‘nikmalarni ijodiy va faol egallashlarlarini ta‘minlashi kerak. Elektron darslik (ED) – ma‘lum yo‘nalish va mutaxassislikning Davlat ta‘lim standartlariga to‘liq mos tuzilgan yuqori ilmiy-uslubiy darajada yaratilagan asosiy o‘quv elektron nashrdir. Elektron o’quv qo’llanma (EO’Q) – bu o‘quv qo‘llanmani qisman yoki to‘liq o‘rnini bosuvchi va mazkur turdagi nashr sifatida rasmiy tasdiqlangan elektron nashrdir. Gipermatnt – bu elektron shaklda berilgan va tarmoqlangan, tizimli bog‘lanishli, bir fragmentdan ikkinchisiga bir lahzada o‘tishni ta‘minlaydigan matndir. Intellektual yadro (IY) – matematik amallarni sonli va belgili shakllarda ifodalovchi maxsus dasturlar uyg‘unligi. Kompyuterli tushuntirish – induktiv xulosa chiqarish va savollarga ―ha‖ ―yo‘q‖ qabilidagi javoblar orqali ko‘rgazmali tushuntirish. Vizuallashtirish – rasm, grafik va animatsiyalar vositasida ko‘rgazmali tarzda taqdim etish. Barcha murakkab tizimlarni yaratishdagi kabi elektron o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda ham ishning muvafaqqiyati muallifning qobiliyatiga bog‘liq. Shunga qaramay, elektron o‘quv qo‘llanma tayyorlash uchun o‘quv qo‘llanma asosini tashkil etuvchi elementlar mavjud. Ular quyidagilar: Test. Tashqi ko‘rinishidan bu elektron o‘quv qo‘llanmaning oddiy shakli. Asosiy qiyinchilikni savollarni tanlash va aniq ifodalash, shuningdek savollarga javoblarni izohlash tashkil etadi. Yaxshi test ma‘lum fan sohasi bo‘yicha o‘quvchilardagi bilim, mahorat va ko‘nikmalar haqida ob‘ektiv xulosa qilish imkonini beradi. Bu esa bilim cho‘qqilariga erishish uchun optimal yo‘lni tanlash imkonini beradi. Ensiklopediya. Bu elektron o‘quv qo‘llanmaning asosiy shakli. Ma‘no jihatidan ensiklopediya atamasi elektron o‘quv qo‘llanmada to‘plangan ma‘lumot to‘liq va ta‘lim standartlariga nisbatdan ortig‘i bilan bo‘lishi kerakligini bildiradi. Chunki u barcha foydalanauvchilarni qanoatlantirishi kerak. 8 Masalalar to’plami. Bu elektron o‘quv qo‘llanmaning muhim shakllaridan biri. Elektron o‘quv qo‘llanmada masalalar to‘plami o‘qitish vazifasini hammadan ko‘ra ko‘proq amalga oshiradi. Elektron masalalar to‘plamida yordam tizimi mukammal bo‘lishi kerak. O‘quvchilar muayyan masalani yechish uchun kerakli o‘quv-ta‘limga oid ma‘lumot oladilar. Asosiy muammo butun nazariy ma‘lumotlarni qamrab oluvchi masalani tanlashda bo‘ladi. Ijodiy muhit. Zamonaviy elektron o‘quv qo‘llanmalar o‘quvchilarni o‘rganilayotgan ob‘ektlar va o‘zaro bog‘liq ob‘ektlar sistemasi modellari bilan ijodiy ishlashlarini ta‘minlashi kerak. Aynan o‘qituvchi tomonidan ifodalangan ijodiy ish o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga, shakllantirishga yordam beradi. Dasturchi nuqtai nazaridan ijodiy muhit elektron o‘quv qo‘llanmaning eng murakkab qismlaridan biri hisoblanadi. Ijodiy muhit o‘quvchilarni loyha ustida jamoa bo‘lib ishlashini ta‘minlaydi. Mualliflik muhiti. Elektron o‘quv qo‘llanma o‘qitish jarayoniga moslasha oladigan bo‘lishi kerak. Ya‘ni, muayyan bir o‘quv sohasini, muayyan yo‘nalishni va muayyan talabaning xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Bu esa o‘quv materiallarining ortiqchaligi bilan ta‘minlanadi. Ammo tajriba shuni ko‘rsatadiki, ijodiy faol o‘qituvchilar elektron o‘quv qo‘llanmaning materiallarini o‘zlari shakllantirishni xoxlashadi. Buning uchun mos mualliflik muhiti kerak bo‘ladi. Bunday muhit, masalan, qo‘shimcha materiallarni elektron entsiklopediyaga kiritishni ta‘minlaydi, masalalar to‘plamini to‘ldirish, tarqatma materiallar va fan bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash imkonini beradi. Elektron o‘quv qo‘llanmalarni qo‘llash tuzimlaridan biri sifatida masofaviy o‘qitishni qarash mumkin. Masofaviy o‘qitish – mamlakatdagi va chet davlatlardagi axolining keng qatlamiga masofadan turib ta‘limga oid ma‘lumotlarni almashish vositalariga (kompyuterli aloqa, radio, suniy yo‘ldosh aloqasi va h.k.) asoslangan ixtisoslashtirilgan informatsion ta‘lim muhiti yordamida taqdim etiladigan o‘qitish xizmatlari kompleksi. Masofaviy o‘qitishning axborot-ta‘lim tizimi muntazam tashkil etilgan ma‘lumot uzatish vositalari, axborot resurslari, o‘zaro hamkorlikda 9 ishlash protokollari, texnik-dasturiy va tashkiliy-uslubiy ta‘minotlar majmuasidan iborat bo‘lib, foydalanuvchilarning ta‘lim ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Masofaviy o‘qitish uzluksiz ta‘lim shakllaridan biri hisoblanadi. Masofaviy o‘qitish deganda o‘qituvchi va o‘quvchi bir biridan vaqt va fazo bo‘yicha ajralgan holda bilimlarni uzatishning har qanday turi tushuniladi. Masofaviy o‘qitishning asosiy tamoyili o‘qituvchi va o‘quvchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlarini ta‘minlamasdan ular o‘rtasida interaktiv muloqotni o‘rnatish, tanlangan kusr bo‘yicha ma‘lum bilim va ko‘nikmalar massivini mustaqil o‘zlashtirishdir. An‘anaviy va masofaviy o‘qitish bir biridan ancha farq qiladi. Bular: 1) o‘qituvchi va o‘quvchining fazo jihatdan ajralganligi; 2) ta‘lim jarayonida o‘quvchining faol ishtirokini kuchaytirish: ta‘lim maqsadlarini belgilash, o‘qitish shakli va sur‘atini tanlash; 3) masofadan turib o‘rganish uchun mo‘ljallangan materiallarni tanlash. Masofaviy o‘qitishni rivojlantirishning asosiy muammosi telekommunikatsion muloqot muhiti talablariga javob beradigan o‘qitish metodlari va texnologiyalarini yaratish hioblanadi [2, 12]. 2. Elektorоn o’quv qo’llanmani Qozoqistonda bir qator sotsial-gumanitar va lingvistika yo’nalishlar bo’yicha elektron darsliklar yaratildi. Ushbu elektron darsliklarni yaratish bilan bir qatorda ushbu yo’nalish bo’yicha ilmiy ishlar olib borildi. V.V. Grinshkun tomonidan ma’lumotlar strukturasi ierarxiyasi va elektron darsliklar uchun pedagogik asoslar ishlab chiqildi va D.E. Sagimbaeva tomonidan elektron darsliklardan foydalanilganda ingliz tili o’qituvchilarini metodik tayyorgarligi qay darajada o’zgarishi o’rganildi2. Amerikalik olim Uilyam Vulf o’zining ishlarida qayd qilishicha “elektron darsliklar o’z tarkibida animatsiyalar, ovozli matnlar bo’lishi bilan birga ular foydalanuvchidan o’rganilayotgan ma’lumotni taxlil qilishda alternativ fikrlarni uyg’otishi kerak”. Ular faqat fakt ma’lumotlar manbalariga muraojat qilivchigina bo’lib qolmasligi kerak [4] Ba’zi xorijiy mamlakat tadqiqotchilari kompyuterli o’qitish texnologiyasining quyidagi salbiy jihatlarini ham ta’kidlaydilar. Xususan, yapon pedagogi S.Sudzuki «Kompyuterli o’qitish, bir tomondan, ta’lim oluvchilar aqliy taraqqiyotini rivojlantirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan esa bilimni mustahkam egallashni ta’minlay olmaydi» degan fikrni bildiradi. Fransuz pedagogi L.Legren «Kompyuterli mashg’ulotlar ta’lim oluvchilarning asabi buzilishiga va ko’rish qobiliyatining pasayishiga olib keladi» deydi. Umuman xorijiy tadqiqotchilar zamonaviy o’qitish vositalarini qo’llashda tizimli yondashuvni, ya’ni o’qituvchilarni sifatli tayyorlash va qayta tayyorlash hamda pedagogik texnologiyalar sohasidagi olimlar, pedagoglar va mutaxassislar bilan hamkorlikni rivojlantirishni tavsiya etadilar. I.G.Zaxarova fikricha, kompyuterli o’qitishda har bir ta’lim oluvchi ma’lum bir vaqtda «virtual talaba» sharoitida bo’ladi. Demak talabaning virtual muhitga ko’nikib borishi ta’minlanishi kerak. 2011 yildan boshlab Rossiya davlati maktablarida elektron darsliklardan foydalanishni abrobatsiya qilish ishlari boshlangan. O.V. Jigulina fikricha zamonaviy elekton darsliklar o’zining tarkibida quyidagi komponentlarni tutgan bo’lishi kerak. Test. Ko’rinishidan oddiy elektron darslik tarkibini tashkil qiluvchi bo’lim. Uni yaratishdagi asosiy qiyinchilik savollarni tanlash va ularni berilish formasini tanlash. Yaxshi tuzilgan test o’quvchini fikrlashga undaydi va bilim saviyasini orttiradi. Ensiklopediya. Bu elektron darslikning ma’lumot yetkazib berishning bazaviy formasi. Ensiklopediya materiallari oddiy o’quv adabiyotlariga nisbatan chuqur bilim va belgilangandan ko’p miqdorda informatsiyaga ega bo’ladi. Albatta bu qaysi ensiklopediyani tanlanishiga qarab. Masalalar to’plami. Elektron darslikda masalalarning berilishi ta’limni tabiiylashuviga olib keladi. O’quvchilar masalalarni echishda aniq bir masala ustidabosh qotiradilar. Bu erda xam asosiy muammolardan biri masalalarni tanlash xisoblanadi. Tanlangan masalalar o’rganilgan o’quv materialini o’zlashtirishni o’z ichiga olishi kerak bo’ladi. Muxit. Zamonaviy elektron darsliklar o’quvchini ijodiy ishlashiga majbur qilishi kerak. Aynan o’qituvchi tomonidan elektron darslikda yaratilgan muxit ijodiy izlanish uchun asos bo’lib xizmat qilishi kerak. O.V. Jigulina fikricha zamonaviy elekton darsliklarni yaratish bosqichlari quyidagilarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak: Manbani tanlash. Mundarija yaratish. Matnlarni modullar bo’yicha taqsimlash. Matnlarda gippermurojaatlarni tashkil qilish. Biron bir dasturiy ta’minotdan foydalanish. Multimediya materiallarni tanlash, yaratish va kerakli joylarga joylashtirish. Ovozli ma’lumotlarni tayyorlash. Materiallar dizayni ustida ishlash. Download 33.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling