19-mavzu Elektron va multimediyali qo’llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar. Reja
Download 33.83 Kb.
|
8 маруза
O’quv materialining to’liq matni. Elektron darslikning muvaffaqiyatli bo’lishining sharti – unda o’quv materialining to’liq bo’lishidir, ya’ni matn, grafik, jadval, illyustratsiya, animatsiya, video va ovoz qismlarini o’z ichiga olishidir. Darslikning bitta sahifasida matn, va uning ichidagi grafik elementlar, sahifaning qisqacha mazmuni va materialni o’rganish jarayonini boshqarish elementlari joylashadi.
Elektron darslikda o’quv materialining to’liq bo’lishi, ta’lim jarayonida undan foydalanish va qog’ozdagi o’quv materialiga murojaat qilmaslikni ta’minlaydi. Matndagi turli iboralar va ta’riflarga, illyustratsiyalarga, jadvallarga, grafiklarga yo’llovchi gipermatnlar tufayli elektron darslik qog’oz materiallarga qaraganda o’quv jarayonida qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga uning ixchamligi va nisbatan arzonligi ta’lim oluvchining e’tiboridan holi bo’lmaydi. Elektron darslikda o’quv materialining to’liq berilishi sahifalarning ko’payib ketishiga olib keladi. Agar har bir sahifaga alohida ishlov berilsa, u holda bunday elektron darslikni yaratishga ko’p vaqt ketadi. Agar sahifaga matnni oddiy holatda joylashtirilsa, u holda bu jarayonni avtomatlashtirish osonlashadi. Bundan tashqari gipermatnlarni yaratishni avtomatlashtirish ham qulaylashadi. Kichik grafik obyektlar esa matn ichida ham joylashtirish mumkin. Qo’yilgan maqsad va vazifalariga qarab o’rgatuvchi kompyuter dasturlari illyustratsiyali, maslahat beruvchi, trenajer-dastur, olingan bilimlarni nazorat qiluvchi test dasturlari, muammoli holatlar, masala yechuvchi va olingan natijalarni vizual animatsiyaga aylantiruvchi dasturlarga bo’linadi. Ularning ba’zilari olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashga, boshqalari esa aniq hayotiy vaziyatda ma’lum bir qaror qabul qilishga o’rgatadi. Amalda aniq cheklashlar qo’yilmagan, ta’lim oluvchiga bilim olish uslubini tanlash imkoniyatini beruvchi dasturlar to’plamini o’zida jo etgan elektron kitoblardan ko’proq foydalaniladi. Elektron darsliklar quyidagi sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak: Download 33.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling