19-mavzu: Etil spirtini quvvatini aniqlash va suyultirish usullari. Ishlatilgan spirtni hisobga olish Maqsad


Download 35.78 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi35.78 Kb.
#1507980
Bog'liq
1мавзу


19-mavzu: Etil spirtini quvvatini aniqlash va suyultirish usullari. Ishlatilgan spirtni hisobga olish


Maqsad: Etil spirtini quvvatini aniqlash, suyultirish usullari va hisobini olib borish haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish. Spirtli eritmalarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash bilan tanishish.
Mavzuning ahamiyati: Korxona sharoitida sarflangan spirtni hisobini to’g’ri va aniq olib borish, korxonaning iqtisodiy samaradorligini belgilashda katta ahamiyatga egadir. Xisobni to’g’ri va aniq olib borish uchun esa spirtni quvvatini aniqlash va suyultirish usullarini mukammal bilish lozim bo’ladi. Farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqariladigan eritmalar orasida spirtli eritmalarning tutgan o’rni katta. Shunday ekan, ularni tayyorlash usullarini kengaytirish, nomenklaturasini ko’paytirish katta amaliy ahamiyatga egadir.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Bumerang” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.

Vaziyatli masalalar

  1. Etil spirtini quvvatini aniqlash uchun kerak bo’lgan spirtomer yo’q.

  2. Etil spirtini xajm bo’yicha suyultirish uchun xech qanday jadvaldan foydalanilmadi.

  3. Korxona sharoitida ishlatilgan spirtni xisobini olib borish lozim.

Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar



  • Etil spirtini umumiy tavsifi.

  • Etil spirtini quvvatini aniqlash usullari.

  • Zichlik bo’yich spirtni quvvatini aniqlash.

  • Spirtni suyultirish usullari.

  • Massa va hajm bo’yicha spirtni suyultirish.

  • Tenglama yordamida spirtni suyultirish.

  • Yulduzcha bo’yicha spirtni suyultirish.

  • Ishlatilgan spirtning xisobi.

  • Davlat farmakopeyasi va DST jadvallarining mohiyati.

  • Spirtli eritmalar ta'rifi, tavsifi va nomenklaturasi.

1-laboratoriya ishi.


Shisha yoki metall spirtomer yordamida etil spirtini quvvatini aniqlash.
Vazifa.

  1. Noaniq kontsentratsiyali etil spirtining kontsentratsiyasini shisha spirtomer yordamida aniqlang.

  2. Metall spirtomer yordamida spirtni quvvatini aniqlang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:



  1. Hajmi 250, 500 yoki 1000 ml bo’lgan silindr.

  2. Tozalangan suv.

  3. Toza sochiq.

  4. Shisha va metall spirtomerlar to’plami.

  5. Termometr va shisha tayoqcha.


Ishni bajarish tartibi:
Shisha spirtomer yordamida spirtni quvvatini aniqlash.
Hajmi 250 yoki 500 ml li silindr iliq tozalangan suvda yuvilib, toza sochiq bilan artib quritiladi. Huddi shu usul bilan spirtomer, termometr, aralashtirish uchun shisha tayoqcha tayyorlab olinadi.
Tsilindrga spirt solib, ehtiyotlik bilan yuqori qismidan spirtomer ushlab turilgan xolda tushiriladi. Bunda spirtomer qalqimasdan, silindr devoriga tegmasdan turishi kerak. 3-4 daqiqadan so’ng spirtomer ko’rsatkichining pastki chizig’i yozib olinadi. Shu usulda termometr yordamida spirtnnig harorati aniqlanadi. Harorat 20oC bo’lganda spirtomer ko’rsatkichi spirtning hajmiy foiz miqdoriga to’g’ri keladi. Boshqa haroratda aniqlanganda DST nnig 3-jadvali bo’yicha hisoblanadi.
Natija.
Spirtomer ko’rsatkichi-------------------------------------------------------------
Termometr ko’rsatkichi-----------------------------------------------------------
20C dagi spirt quvvati, %------------------------------------------------------
Metall spirtomer yordamida spirtni quvvatini aniqlash.
Hajmi 500 yoki 1000 ml li silindr iliq distillangan suvda yuvib olinib, toza sochiq bilan artib quritiladi. Shuningdek, metall spirtomer, termometr, Aralashtirish uchun shisha tayoqcha tayyorlab olinadi. Spirtomer toshlari spirtga namlangan doka bilan artiladi. So’ngra silindrga spirt solinib, ehtiyotlik bilan yuqori qismidan spirtomer ushlab turilgan xolda tushiriladi. Bunda spirtomer qalqimasdan, silindr devoriga tegmasdan turishi kerak. Agar spirtomer spirtga botmasa, uning pastki qismiga toshlar osiladi. Spirtnnig quvvatini noma'lum bo’lsa, eng engil (90) tosh osiladi va spirtomer daraja ko’rsatkichi spirtga botguncha og’irroq toshlar bilan almashtiriladi. Agar spirtning quvvati taxminan ma'lum bo’lsa mo’ljaldagi tosh osiladi. Metall spirtomerning ko’rsatkichi 20oC da aniqlanganda ham, faqat shartli foiz miqdorini aks ettiradi. Bu ko’rsatkichdan foydalangan xolda spirt quvvati DST ning 4-jadvali bo’yicha topiladi.
Natija.
Spirtomer ko’rsatkichi-------------------------------------------------------------
Termometr ko’rsatkichi-----------------------------------------------------------
20oC dagi spirt quvvati, %------------------------------------------------------

2-laboratoriya ishi.


Areometr yordamida etil spirtini quvvatini aniqlash.
Vazifa.

  1. Areometr yordamida noaniq kontsentratsiyali etil spirtining kontsentratsiyasini aniqlang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Hajmi 250 yoki 500 ml li silindr.

  2. Tozalangan suv.

  3. Toza sochiq.

  4. Areometrlar majmuasi.

  5. Termometr.

  6. Shisha tayoqcha.

Ishni bajarish tartibi:
Hajmi 500 ml li silindr, areometr, shisha tayoqcha va termometr iliq distillangan suvda yuvilib, toza sochiq bilan artib quritiladi. So’ngra silindrga spirt solinib, ehtiyotlik bilan yuqori qismidan areometr ushlab turgan xolda tushiriladi. Bunda areometr qalqimasdan, silindr devoriga tegmasdan turishi kerak. 3-4 daqiqa o’tgach pastki chiziq bo’yicha ko’rsatkich aniqlanadi. Agar zichlik 20oC da aniqlansa, spirt quvvati XI DF ning 1-alkogolometrik jadvali yordamida, boshqa haroratlarda esa DST nnig 1- va 2-jadvallari yordamida aniqlanadi.
Natija.
Areometr ko’rsatkichi-------------------------------------------------------------
Termometr ko’rsatkichi---------------------------------------------------------
20oC dagi spirt quvvati, %----------------------------------------------------

3-laboratoriya ishi.


Spirtni massa bo’yicha suyultirish.
Vazifa.
Spirtni ma'lum quvvatgacha massa bo’yicha suyultiring.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Hajmi 100 ml bo’lgan silindr

  2. Etil spirti va tozalangan suv

  3. Toza sochiq va doka

  4. Shisha va metall spirtomerlar to’plami

  5. Termometr va shisha tayoqcha

Ishni bajarish tartibi: XI DF ning 2-jadvali bo’yicha kerakli spirt va tozalangan suv tortib olinib, aralashtiriladi va uning quvvati shisha hamda metall spirtomer yordamida aniqlanadi.

4-laboratoriya ishi.


Spirtni hajm bo’yicha suyultirish.
Vazifa
Spirtni ma'lum quvvatgacha hajm bo’yicha suyultiring.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Hajmi 100 ml bo’lgan silindr.

  2. Quvvati ma'lum bo’lgan etil spirti va tozalangan suv.

  3. Toza sochiq va doka.

  4. Shisha va metall spirtomerlar to’plami.

  5. Termometr va shisha tayoqcha.

Ishni bajarish tartibi:
XI DF ning 4-jadvali bo’yicha kerakli bo’lgan etil spirti va tozalangan suvning hajmi silindrda o’lchab olinib, aralashtiriladi va uning quvvati shisha yoki metall spirtomer yordamida aniqlanadi.

5-laboratoriya ishi.


Sarflangan etil spirtning xisobini DST ning 5- va 6-jadvallari bo’yicha olib borish.
Vazifa.

    1. Sarflangan spirtning hisobini 5-jadval bo’yicha hisoblang.

    2. Sarflangan spirtning hisobini 6-jadval bo’yicha hisoblang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. DST ning 5- va 6-jadvallari.

Ishni bajarish tartibi:
Sarflangan spirtning hisobini DST ning 5- va 6- jadvallari bo’yicha olib boring. Buning uchun sarflangan spirtning quvvati va miqdori shuningdek, harorat inobatga olinishi shart.
Download 35.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling