19. Mavzu: Idrokning umumiy tavsifnomasi Idrok tushunchasi lotin tilida «regserIo»


Download 20.19 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi20.19 Kb.
#1203660
Bog'liq
19.mavzi idrokning



19. Mavzu: Idrokning umumiy tavsifnomasi
Idrok tushunchasi lotin tilida «regserIo» , idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha regseryo idrok, qabul qilish) 
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, , xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, , ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning ob’yektivreallikdagi voqea-xodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to’laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va , ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-xodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo’ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir.
Idrok jarayonida narsalar obrazini to’la aks attrishining sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo’zg’aluvchilar ta’siri tufayli juda ko’p muvaqqat bog’lanishlarvujudga kelgan bo’ladi. Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo’lmaydi, ya’ni u idrok qilayotgan narsaning tub mohiyatiga tushunib yetmaydi. , inson nimaniqi idrok kilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura – shunday narsaki uni aniqlash, , ko’rish, eshitish va tuyish mumkin, fon esa aksincha noaniqrok, yumshokrok narsa bo’lib aniq ob’yektni ajratishga yordam beradi.
Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki u borlikdagi kuplab xilma-xil predmet va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan ob’yektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettishimizni taminlaydi. Ya’ni idrokning asosida narsa va xodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki bu obraz boshqalaridan fark qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. A.Karimov Barkamol avlod. O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. 1997 yil
2. A.V. Petrovskiy Umumiy psixologiya. T. 1992 yil.
3. N.P. Anikeyeva Jamoada ruhiy muhit. T. 1993
4. E.G. G'oziyev Psixologiya. T. 1994 yil.
5. E.G. G'oziyev Oliy maktab psixologiyasi. T. 1999 yil.
6. L.P. Xoxlova Talabalar uchun psixodogiyadan topshiriqlar. T. 1992 yil.
7. E.G. G'oziyev Tafakkur psixologiyasi. T. 1990 yil.
8. E.G.G'oziyev, M. Mamatov Talabalar psixologiyasi. T. 1992 yil.
9. E.G.G'oziyev. B.E. O'tanov Hamkorlik psixologiyasi. T. 1992 yil.
10. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum. T. 1991 yil.
Download 20.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling