19-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi. Sharq uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja


Download 85.02 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi85.02 Kb.
#1572938
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
19-mavzu

Toli’ yo’q jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi.
O’z erni qo’yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.
deb nadomadlar chekkan. Bоbur хаyotiy esdаliklаr yozish mаktаbini «Bоburnоmа» аsаri оrkаli bоshlаb bеrdi.
«Muхtаsаr», «Mubаyyin», «Vоlidiya», «Хаtti Bоburiy» kаbi аsаrlаridа tа’lim-tаrbiya mаsаlаlаrigа аlоhidа e’tibоr qаrаtgаn.
Uning ijоdigа mаnsub bo’lgаn «Хаtti Bоburiy» uzоq yillаr dаvоmidа mаktаblаrdа, mаdrаsаlаrdа sаvоd o’rgаtish kitоbi sifаtidа fоydаlаnilgаn.
Bоbur nаfаqаt buyuk dаvlаt аrbоbi, mоhir sаrkаrdа, shоir, bаstаkоr, аyni pаytdа mаshhur tаriхchi оlim hаmdir. Bu bоrаdа uning nоmini аbаdiylikkа muhrlаgаn аsаr - “Bоburnоmа”dir. Boburning she’rlari original ijod samarasi sifatida ko’p avlodlarga manzur bo’lib kelgan, ota-bobolarimiz serqirra faoliyatidagi ijobiy jihatlari uchun Boburni e’zozlaganlar, biz ham uni va uning ma’naviy merosini xususan yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga molik bo’lgan axloqiy, ma’rifiy va pedagogik g’oyalarni qadrlaymiz.
O’zbek xalqining ulug’ shoiri va dunyo adabiyotining klassiklaridan biri Alisher Navoiydir. U 1441 yil 9 fevralda Hirotda tug’ildi. Uning oilasi va qarindosh urug’lari temuriylar saroyiga yaqinlashtirilgan xizmatchi aristokratiyadan edi. Uning otasi G’iyosiddin kichkina Abulqosim Bobirning saroy xizmatchilaridan bo’lib, keyin sabzavorda hokim bo’lgan.
Alisher oilasi va Husayn Boyqarolar oilasi bir-birlari bilan yaqin edilar.Alisherning o’qishga havasi erta boshlandi. U maktabga Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi. Ular orasidagi do’stlik mana shu maktabdan boshlangan.Alisher o’quvchilik yillarida fors adibi Shayx Sa’diyning «Guliston va Bo’ston», eron shoiri Fariddin Attorning «Mantiqut-tayr» asarlarini zavq bilan o’qigan.Alisher otasining yordami bilan jiddiy o’qishga berildi, adabiyot va san’atni sevdi. O’zbek, Eron va arab adabiyoti bilan tanishdi.Alisher 1456 yil Hirotdan Mashhatga keldi va Husayn Boyqaro bilan Xuroson podshosi Abulqosim Bobir xizmatiga kirdi.1472 yil fevral oyida Navoiy Husayn Boyqaroning rasmiy vaziri qilib belgilandi.Zamonasining katta olimi, shoiri A. Jomiy, shoir Said Hasan Ardasherlar Navoiyning yaqin do’sti va maslahatdoshlari edilar.Navoiy xalqning hayotini bilar, uni sevar va xalq ma’rifati ustida doim o’ylar edi. Alisher o’zining butun faoliyatini xalq manfaati ustida doim o’ylar edi. Alisher o’zining butun faoliyatini xalq manfaati uchun muhim bo’lgan ishlarga bag’ishlashni istar edi.
Alisher va uning atrofidagi taraqqiyparvar kishilar xalqni izmiga, mansabdorlarning o’zboshimchalikdagi, davlat daromadlarini o’z foydasiga ishlatishga qarshi kurashdi.
Navoiy 1488 «Sirojul-muslimin», «Majolisun-Nafois» asarda 413 shoir va yozuvchilar haqida Navoiy ma’lumot beradi. 1490 yilda «Risolai Mufraft dar fani muammo» 1492 «Mezonul-avzon (vazn mezoni) 1492-94 yillarda «hamsatul-mutayyirin» («Besh hayrat») 1494 «holati pahlavon Muhammad» 1496 «Nasoimul-Muhabbat» («Sevgi shabadalari»). Bu asar darveshlar to’g’risida yozilgan.
Navoiy 1498-99 yillarda «Lison ut-tayr» («Qush tili») nomli doston yozadi. Bu asar Navoiyning bolalikda sevib o’qigan «Mantiqut-tayr» ga o’xshamaydi.
1499 yilda yozgan «Muhokamatul lug’atayn» asarida turkiy til-o’zbek bilining boyligi va bu tilda ilmiy, badiiy asarlar yaratish uchun to’la imkoniyat borligini isbot qiladi. 1500 yilda yozilgan asar «Mahbub ul-qulub» («Ko’ngillarning sevganidir») dir.
Navoiy 1501 yil 3 yanvar yakshanba kuni tong vaqtida vafot qildi.
Navoiy-o’zbek adabiy tilining asos soluvchisi, o’zbek adabiyotining eng buyuk klassigi, zamonasining entsiklopediyachi olimi, lingvist, adabiyotshunos, muarrixidir. Uning adabiy merosi juda boy ko’p qirralidir.
Navoiy o’z asarlarida, o’zbek tilining dunyodagi eng boy va go’zal adabiy va fanniy tillardan ekanini ko’rsatgan, bu tilda mislsiz badiiy va ilmiy asarlar yaratgan genial yozuvchi va mutafakkir sifatida maydonga chiqadi. O’zbek madaniyati va tarixida yangi bir davr ochadi. Navoiyning genial asarlari orqali bu til dunyoning eng boy va go’zal poetik tillari qatoridan o’rin oldi.
Turk nazmida chu tortib men alam,
Ayladim ul mamlakatni yakkalam.
Navoiyning insonparvarlik ideallarini targ’ib qildi.
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q, xalq g’amidin g’ami.
Navoiy mehnatkashlar hayotini yaxshilashni ularni ma’rifatli qilishni orzu qildi. U fan va bilimning sof vijdonli kishilar qo’lida umuxalq baxti uchun xizmat qilishiga ishondi. Hiylagar va munofiqlar bilan bilim olganlaridan so’ng yanada xavliroq bo’lib qoladilar. Ular ilm mo’’jizalaridan xabardor bo’lganliklaridan foydalanib, mehnatkash xalqni aldashga, harakat qiladilar, fanni firibgarlik va aldash vositasiga aylantiradilar.
Ilmni kim vositai joh etar,
O’ziniyu xalqni gumroh etar.
Olim agar joh uchun o’lsa zalil,
Ilmi aning jahliga bo’lgay dalil.
Navoiy vafo va muhabbat zaminiga aql va ilm urug’ini sepib, ularning guli va mevalari bilan hayotni bezamoqchi, ilm va ma’rifatning ildizlari keng yoyilgan bir mamlakat barpo qilmoqchi bo’ladi. Navoiyning fikricha, kishilar aql va adolatni shior qilsalar hayotning zangini oltinga aylantirish mumkin.Xuddi shuning uchun u ota-onalarning o’z farzandlarning ta’lim va tarbiyasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga e’tibor berishni qayd qiladi.
Qilmoq erur biri muallim talab,
Qil-ali ma’lum anga ilmu adab.
Itki, tallumda chu bo’ldi kamol.
Navoiy o’z zamonasidagi ayollarning o’ta ayanch ahvoliga yurakdan achinadi, ularning xo’rlanganliklaridan shikoyat qiladi, ayollardagi qobiliyatni, mahoratni, o’quvchi madh etadi.
Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq
Pok xotinlar oyog’ining izi.
Shoir kishilarni ota bilan birga onani ham juda hurmat qilishga, onalarni qadrlashga chaqiradi.
Boshini fido ayla ato qoshig’a,
Jismini qil sadqa ano qoshig’a.
Tun-kununga aylagil nur fosh,
Birisini oy angla, birisin quyosh!

Download 85.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling